Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

14-DARS

Allohning do‘stlari yovuz ishlar qilishmaydi

Allohning do‘stlari yovuz ishlar qilishmaydi

Shayton odamlarni yovuz ishlar qilishga undayapti. Kimki Allohning do‘sti bo‘lmoqchi bo‘lsa, U nafratlanadigan narsalardan nafratlanishi lozim (Zabur 96:10). Misol uchun, Xudoning do‘stlari quyidagi narsalarni qilishmaydi:

Jinsiy axloqsizlik. «Zino qilma» (Chiqish 20:14; Matto 5:27). Nikohdan oldin jinsiy aloqada bo‘lish ham noto‘g‘ridir (1 Korinfliklarga 6:18).

Ichkilikbozlik. «Ichkilikbozlar... Xudoning Shohligidan bahramand bo‘lmaydilar» (1 Korinfliklarga 6:10).

Qotillik, abort. «Odam o‘ldirma» (Chiqish 20:13; Matto 5:21).

O‘g‘rilik. «O‘g‘rilik qilma» (Chiqish 20:15; Mark 10:19).

Yolg‘on. Yahova Xudo «yolg‘onchi til»dan nafratlanadi (Hikmatlar 6:17).

Zo‘ravonlik va g‘azab. «Zo‘ravonlar esa Uning [Xudoning] nafratiga yo‘liqar» (Zabur 10:5). «Bashariy tabiatning ishlari... rashk-g‘azab»ni ham o‘z ichiga oladi (Galatiyaliklarga 5:19, 20).

Qimor o‘yinlari. «Tamagir... kishi bilan aloqa qilmang» (1 Korinfliklarga 5:11).

Irqchilik va millatchilik. «Dushmanlaringizni sevinglar. Sizga jabr-zulm o‘tkazganlar uchun ibodat qilinglar» (Matto 5:43, 44).

Allohning so‘zlari, bizga faqat foyda keltiradi. Yomon ishlardan qochish har doim ham oson emas. Lekin, Yahova Taolo hamda Uning Shohidlari yordamida, Xudoni ranjitadigan qilmishlardan qochishingiz mumkin (Ishayo 48:17; Filippiliklarga 4:13; Ibroniylarga 10:24, 25).