Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yetakchi kengashdan xat

Yetakchi kengashdan xat

Tangri Yahovani va Uning Kalomini sevadiganlarga:

Hazrati Iso: «Sizlar haqiqatni bilib olasizlar va haqiqat sizlarni ozod etadi»,— deb aytgan. (Yuhanno 8:32) Muqaddas Kitobdagi haqiqatni ilk bor eshitganingizda nimalarni his qilganingizni bir eslab ko‘ring! Yolg‘onga to‘lib-toshgan ushbu dunyoda haqiqatni topganimiz naqadar ajoyib bo‘lgan. (2 Timo‘tiyga 3:1)

Xudovand Yahova haqiqatni bilishimizni xohlaydi. Biz odamlarni yaxshi ko‘rganimiz uchun ularga haqiqatni aytib berishni istaymiz. Ammo Xudoga xizmat qilish ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi. Masihiy sifatida hayot kechirish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilishimiz kerak. Sababi Yahovaning prinsiplarini chuqur hurmat qilamiz. Iso Yahovaga bo‘lgan sevgimizni isbotlashning asosiy yo‘llaridan birini tushuntirgan. U shunday degan: «Men Otamning amrlarini bajo keltirib, Uning sevgisidan ayrilmaganim kabi, sizlar ham amrlarimga rioya qilsangiz, mening sevgimdan ayrilmaysiz». (Yuhanno 15:10)

Iso Otasini chin dildan yaxshi ko‘radi va Otasi unga nimaiki aytmasin, u hammasini bajaradi. Agar Isoga taqlid qilib yashasak, Yahova bizni sevadi va biz chinakam baxtga erishamiz. Iso shu so‘zlarni aytgan: «Bulardan xabardor ekansiz, ularga rioya qilsangiz, baxtiyor bo‘lasiz». (Yuhanno 13:17)

Umid qilamizki, ushbu adabiyot Muqaddas Kitobdagi haqiqat bo‘yicha yashashingizga va Xudoning do‘sti bo‘lishingizga yordam beradi. Xudoga bo‘lgan sevgingiz tobora kuchayib borsin hamda «abadiy hayotga erishish uchun... o‘zingizni Xudoning mehr-muhabbatida saqlanglar» deya ibodatlarimizda so‘rab qolamiz. (Yahudo 21)

Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi