Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

18-savol

Allohga qanday yaqinlashish mumkin?

«Ey, ibodatlarni Eshitguvchi, har turli insonlar huzuringga keladi».

Zabur 65:2

«Yahovaga butun qalbing bilan tayan, o‘z aqlingga ishonma. Har ishingda Uni yodda tut, U yo‘llaringni ravon qiladi».

Hikmatlar 3:5, 6

«Abadiy hayotga ega bo‘lish uchun, Seni — tanho haq Xudoni va Sen yuborgan Iso Masihni tanib-bilish kerak».

Yuhanno 17:3

«Zero U [Alloh] har birimizga yaqindir».

Havoriylar 17:27

«Sizlarning sevgingiz aniq bilimda va Xudoning irodasini to‘liq tushunishda tobora ortib borishi haqda doimo ibodat qilib so‘rayman».

Filippiliklarga 1:9

«Agar orangizdagi biror kishiga donolik yetishmayotgan bo‘lsa, hammaga saxovat bilan, ta’na qilmasdan beradigan Xudodan so‘rab tursin. Shunda unga beriladi».

Yoqub 1:5

«Allohga yaqinlashinglar, shunda U ham sizlarga yaqinlashadi. Ey gunohkorlar, qo‘llaringizni yuvinglar. Ey jur’atsizlar, qalblaringizni poklanglar».

Yoqub 4:8

«Allohga bo‘lgan sevgi Uning amrlariga rioya qilishdan iboratdir va Uning amrlari og‘ir emas».

1 Yuhanno 5:3