Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6-savol

Muqaddas Kitobda Masih haqida qanday bashoratlar bor?

BASHORAT

«Ey Baytlahm-Efrata,.. Isroilda irodamni bajaradigan hukmdor sendan chiqadi».

Mixo 5:2

BAJARILISHI

«Iso shoh Hirod davrida, Yahudiyadagi Baytlahm shahrida tug‘ilganidan so‘ng, sharqdan Quddusga munajjimlar keldi».

Matto 2:1

BASHORAT

«Ular kiyimlarimni o‘zaro bo‘lishib olib, libosim uchun qur’a tashladi».

Zabur 22:18

BAJARILISHI

«Askarlar Isoni mixlashgandan so‘ng, uning ustki kiyimini to‘rt qismga bo‘lishdi... Shuningdek ichki ko‘ylagini ham olishdi. U bo‘lsa boshdan-oyoq choksiz to‘qima edi. Shunda ular o‘zaro kelishib: “Kelinglar, uni yirtmay qur’a tashlaymiz. Qani kimga tusharkin?” — deyishdi».

Yuhanno 19:23, 24

BASHORAT

«Uning barcha suyaklarini saqlaydi, ulardan hech biri sindirilmaydi».

Zabur 34:20

BAJARILISHI

«Isoning oldiga kelishganda, u allaqachon o‘lganini ko‘rib oyoqlarini sindirishmadi».

Yuhanno 19:33

BASHORAT

«U bizning gunohlarimiz uchun sanchildi».

Ishayo 53:5

BAJARILISHI

«Ammo askarlardan biri nayza bilan uning biqinini teshganida, shu zahoti o‘sha joydan qon va suv oqib chiqdi».

Yuhanno 19:34

BASHORAT

«Ular menga 30 shekel kumush haq to‘lashdi».

Zakariyo 11:12, 13

BAJARILISHI

«Shunda 12 shogirddan biri Yahudo Ishqariyot bosh ruhoniylarning oldiga borib: “Agar uni qo‘lingizga tutib bersam, menga nima berasizlar?” — dedi. Ular 30 kumush tanga berishni va’da qilishdi».

Matto 26:14, 15; 27:5