17-savol
Muqaddas Kitobning oilangiz uchun qanday foydasi bor?
ERLAR/OTALAR
«Xuddi shunday, erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O‘z xotinini sevgan o‘zini o‘zi sevadi. Hech bir kishi o‘z tanasidan nafratlanmaydi, aksincha, uni oziqlantirib, ardoqlaydi... Xullasi kalom, har biringiz o‘z xotiningizni o‘zingizni sevganday seving».
«Siz otalar, bolalaringizning g‘ashini keltirmanglar, aksincha, Yahovaning tarbiyasini berib, Uning pand-nasihati bilan ularni o‘stiringlar».
XOTINLAR
«Xotin esa erini chuqur hurmat qilsin».
«Siz xotinlar, Hazratimizning izdoshlariga xos ravishda erlaringizga bo‘ysuninglar».
BOLALAR
«Farzandlar, Rabbimizning irodasiga muvofiq tarzda ota-onalaringizga quloq solinglar, chunki bu to‘g‘ridir. Zero va’da bilan bog‘liq birinchi amr shudir: “Ota-onangizni hurmat qiling. Shunda yaxshilik sizga yor bo‘lib, yer yuzida uzoq umr ko‘rasiz”».
«Siz farzandlar, har narsada ota-onangizga quloq solinglar, chunki bu Hazratimizga ma’qul keladi».