7-savol
Muqaddas Kitobda hozirgi zamon haqida qanday bashoratlar mavjud?
«Xalq xalqga qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko‘tariladi... Bularning bari esa to‘lg‘oqning boshlanishi, xolos».
«Talaygina soxta payg‘ambarlar paydo bo‘lib, ko‘plarni yo‘ldan uradi. Qonunsizlik ko‘payishi tufayli, ko‘pchilikning sevgisi soviydi».
«Urushlar shovqinini va urushlar xabarlarini eshitganingizda, vahimaga tushmanglar, axir bu voqealar yuz berishi muqarrar. Ammo bu hali oxirat emas».
«Kuchli zilzilalar yuz beradi, bir joyda, keyin boshqa joyda oziq-ovqat yetishmovchiligi hamda o‘latlar bo‘ladi. Shuningdek, odamlar qo‘rqinchli narsalarni va osmondan tushgan alomatlarni ko‘rishadi».
«Ammo shuni bilginki, oxirzamonda nihoyatda og‘ir vaqtlar keladi. Sababi, o‘sha paytda odamlar o‘zini sevadigan, pulparast, maqtanchoq, kekkaygan, kufr so‘zlarini aytuvchi, ota-onaga itoatsiz, noshukur, sadoqatsiz, mehrsiz, murosasiz, tuhmatchi, o‘zini tuta bilmaydigan, shafqatsiz, yaxshilikdan nafratlanadigan, sotqin, o‘zboshimcha, mag‘rur, Allohni emas, aysh-ishratni sevadigan bo‘ladilar. O‘zlarini xudojo‘y qilib ko‘rsatishadi-yu, amalda esa bunga rioya qilishmaydi. Bundaylardan qoch».