1-savol
Xudo O‘zi kim?
«Xalqlar isming Yahova ekanini, zamin uzra yolg‘iz Sen Alloh Taolo ekaningni bilib olsin».
«Yahova Xudo ekanini bilib oling. Bizni U yaratgan va biz Unga tegishlimiz».
«Men Yahovaman. Bu — Mening ismim. O‘z ulug‘vorligimni hech kimsa bilan, Menga atalgan madhlarni o‘yma butlar bilan bo‘lishmayman».
«Yahovaning ismini aytib chaqirgan har bir odam qutqariladi».
«Albatta, har qanday uy kimdir tomonidan quriladi, borliqning bunyodkori esa Allohdir».
«Ko‘zlaringizni osmonga tikib, qaranglar. Bularning barini kim yaratgan? Kim yulduzlarni qo‘shin singari soni bo‘yicha chiqarib, har birining nomini aytib chaqiradi? U buyuk kuchi va mahobatli qudrati tufayli hech birini esdan chiqarmaydi».