2-savol
Xudoni qanday tanib-bilsa bo‘ladi?
«Ushbu Tavrot kitobidagi so‘zlar og‘zingdan tushmasin. Unda yozilganlarga sidqidildan amal qilish uchun, uni tun-u kun past ovozda o‘qi. Shunda donolik bilan yo‘l tutib, muvaffaqiyatga erishasan».
«Ular haq Tangri bergan Tavrotni qiroat qilib, aniq tushuntirishar va ma’nosini ochib berishardi. Shunday qilib, xalqga o‘qilganlarni anglashga yordam berishardi».
«Yovuzlarning maslahati bo‘yicha yo‘l tutmaydigan,.. inson baxtlidir. U Yahovaning qonunidan zavq olib, qonuni ustida tun-u kun fikr yuritadi... U barcha ishlarida muvaffaqiyatga erishadi».
«U [Filip] arava yonida chopib ketayotganda, o‘tirgan kishi Ishayo payg‘ambarning kitobini ovoz chiqarib o‘qiyotganini eshitib: “O‘qiyotganlaringizni tushunyapsizmi?” — deya so‘radi. U javoban: “Agar birov o‘rgatmasa, qanday tushuna olaman?” — dedi».
«Uning ko‘zga ko‘rinmas fazilatlari — abadiy qudrati va ilohiy Shaxs ekanligi dunyo yaratilganidan buyon ochiq ko‘rinib turibdi. Sababi, inson yaratilgan narsalardan buni bilib oladi. Xullas, Allohga ishonmaslik uchun ularda bahona yo‘q».
«Ushbu narsalar ustida mulohaza yurit va muvaffaqiyating hammaga oshkor bo‘lishi uchun bu ishlar bilan band bo‘l».
«Shuningdek, sevishga va ezgu ishlar qilishga undash uchun bir-birimiz haqimizda o‘ylaylik... yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik».
«Agar orangizdagi biror kishiga donolik yetishmayotgan bo‘lsa, hammaga saxovat bilan, ta’na qilmasdan beradigan Xudodan so‘rab tursin. Shunda unga beriladi».