B1
Muqaddas Kitobdagi xabar
Hukmdorlik qilish huquqi Tangri Yahovaga tegishli. U eng a’lo tarzda boshqaradi. Uning yerga va insoniyatga nisbatan niyati amalga oshadi.
Mil. avv. 4026-yildan so‘ng «Ilon», ya’ni Shayton Yahovaning hukmdorlik qilish huquqini va boshqarish uslubini shubha ostiga qo‘ydi. Yahova «zurriyot» yoki «urug‘» paydo bo‘lishini va’da qildi. Zurriyot keyinchalik ilonni ezib tashlashi kerak edi. (Ibtido 3:1–5, 15, izoh) O‘sha vaqt kelgunicha odamlar ilonning ta’siri ostida o‘zlarini boshqarishiga Yahova yo‘l qo‘ydi. |
Mil. avv. 1943-yil Yahova Ibrohimga va’da qilingan «zurriyot» uning avlodidan kelib chiqishini aytdi. (Ibtido 22:18) |
Mil. avv. 1070-yildan so‘ng Yahova shoh Dovudni va keyinroq uning o‘g‘li Sulaymonni va’da qilingan «zurriyot» ularning sulolasidan kelib chiqishiga ishontirdi. (2 Shohlar 7:12, 16; 3 Shohlar 9:3–5; Ishayo 9:6, 7) |
Mil. 29-yil Tangri Yahova Isoni va’da qilingan «zurriyot», Dovud taxtining merosxo‘ri sifatida tanitdi. (Galatiyaliklarga 3:16; Luqo 1:31–33; 3:21, 22) |
Mil. 33-yil Shayton Isoni o‘ldirish orqali va’da qilingan «zurriyot»ni qisqa muddatga jarohatladi. Yahova Isoni samoviy hayotga qaytardi va mukammal hayotining bahosini qabul qildi. Shu orqali Odamato avlodlarining gunohlarini kechirishga va ularga abadiy hayotni berishga asos paydo bo‘ldi. (Ibtido 3:15; Havoriylar 2:32–36; 1 Korinfliklarga 15:21, 22) |
Taxminan mil. 1914-yil Iso ilonni, ya’ni Shaytonni yer yuziga uloqtirdi va uning faoliyatini yer yuzining hududi bilan chegaralab qo‘ydi. (Vahiy 12:7–9, 12) |
Kelajak Iso Shaytonni 1 000-yilga qamab qo‘yadi, keyinchalik esa ramziy ma’noda boshini ezib, uni yo‘q qiladi. Yahovaning yer yuzi va insoniyatga nisbatan ilk niyati amalga oshadi, Uning ismiga tushgan dog‘ tozalanadi va boshqarish uslubi to‘g‘ri ekani isbotlanadi. (Vahiy 20:1–3, 10; 21:3, 4) |