1 Timo‘tiyga 3:1-16
3 Kimki nozir*+ bo‘lishga intilsa, u yaxshi ishni orzu qilgan bo‘ladi. Bu to‘g‘ri.
2 Faqat nozir beayb, bir xotinli, har narsada me’yorini biladigan, aqli raso+, tartibli, mehmondo‘st+, ta’lim berishga qobiliyatli+,
3 ichkilikbozlik qilmaydigan+, boshqalarni urmaydigan*, aksincha, mulohazali* bo‘lib+, urishqoq+ hamda pulparast emas+,
4 uydagilarini yaxshi boshqara oladigan, farzandlari bo‘ysunuvchan va yaxshi tarbiya ko‘rgan+ bo‘lsin.
5 (Axir odam uydagilarini boshqarishni bilmasa, unda Xudoning jamoatiga qanday g‘amxo‘rlik qila oladi?)
6 Yaqinda imonga kirgan bo‘lmasin+, tag‘in mag‘rurlanib Iblisga chiqarilgan hukm ostida qolmasin.
7 Bundan tashqari, u ayblovlarga yo‘liqib, Iblisning tuzog‘iga tushmasligi uchun, atrofdagi odamlar oldida yaxshi nomga ega bo‘lishi kerak+.
8 Xuddi shunday, jamoat xizmatkorlari* ham jiddiy, ikkiyuzlamachi emas, sharobga ruju qo‘ymaydigan, harom yo‘l bilan foyda ko‘rishga intilmaydigan+,
9 imonning muqaddas sirini toza vijdon bilan+ saqlaydigan bo‘lishi darkor.
10 Xullas, bunday kishilarning yaroqliligi sinalsin. Agar ular beayb bo‘lishsa, unda xizmat qilishsin+.
11 Shuningdek, ayollar ham jiddiy, tuhmatchi emas+, har narsada me’yorini biladigan, har narsada ishonchli bo‘lishlari lozim+.
12 Jamoat xizmatkorlari bir xotinli, bolalarini va uydagilarini yaxshi boshqara oladigan bo‘lishsin.
13 Zero xizmatlarini yaxshi bajaradiganlar o‘zlari uchun yaxshi obro‘ orttirib, Iso Masihga bo‘lgan imon haqida bemalol gapira olishadi.
14 Yaqinda yoningga borishga umid qilsam-da, bularni senga yozyapman.
15 Bordi-yu kechiksam, haqiqatning ustuni va tayanchi, barhayot Allohning jamoati bo‘lmish Xudoning uyida+ qanday yo‘l tutish kerakligini bilgin.
16 Darhaqiqat, xudojo‘ylikning muqaddas siri nihoyatda ulug‘: «U inson sifatida keldi+, Alloh uni odil deb e’lon qildi+, farishtalarga ayon bo‘ldi+, xalqlar ichra va’z qilindi+, dunyoda unga ishonch hosil qilindi+, Tangri uni shon-sharaf bilan qabul qildi».