1 Butrus 1:1-25
1 Iso Masihning havoriysi Butrusdan+ Pont, Galatiya, Kappadokiya+, Osiyo*, Bitiniya viloyatlarida tarqalib, u yerda vaqtincha yashayotgan tanlanganlarga:
2 itoatli bo‘lishingiz va Iso Masihning qoni ustingizga sachratilishi uchun+ Otamiz Xudoning bashorati bo‘yicha tanlanib+, ruh bilan muqaddas bo‘ldingizlar+.
Ilohim inoyat va tinchlik sizlarda ko‘payib borsin.
3 Hazratimiz Iso Masihning Otasi hamda Tangrisiga hamdlar bo‘lsin. Zero U buyuk rahm-shafqatiga ko‘ra, Iso Masihning tirilishi orqali+ yangidan tug‘ilishimizga sababchi bo‘lib+, bizlarga mustahkam umidni ato etdi+.
4 Shuningdek, bizlarni chirimas, nuqsonsiz va o‘lmas merosga ega qildi+. Bu meros sizlar uchun osmonda saqlanyapti+.
5 Sizlar oxirgi vaqtda oshkor bo‘ladigan najotga erishishingiz uchun imoningiz hamda Allohning qudrati asosida saqlanyapsizlar.
6 Shu bois, bulardan behad xursandsizlar. Hozir turli sinovlar dastidan vaqtincha g‘am chekishingizga to‘g‘ri kelsa ham+,
7 sinalgan imoningiz+ Iso Masihning oshkor bo‘lish paytida sizlarga maqtov, sharaf va ulug‘vorlik keltiradi+. Bunday imonning qadri olov bilan sinalgan, ammo yo‘q bo‘lib ketadigan oltindan ham azizdir.
8 Masihni hech qachon ko‘rmagan bo‘lsangiz-da, uni sevasizlar. Hozir ham ko‘rmayotganingizga qaramay, unga ishonib, so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan darajada quvonyapsizlar.
9 Sababi, imoningizning maqsadiga — najotga erishasizlar+.
10 Payg‘ambarlarning tirishqoqlik bilan qilgan izlanishlari va sinchkovlik bilan o‘tkazgan tadqiqotlari aynan shu najot bilan bog‘liq. Sizlar kutayotgan inoyat to‘g‘risida ular bashorat qilishgan+.
11 Ulardagi Xudoning qudrati Masihning qanday azob tortishi, keyin esa qanday sharafga erishishi to‘g‘risida oldindan shahodat bergan+. Shuningdek, bu qudrat yordamida Masihga aloqador barcha narsalar qaysi va qanaqa vaqtga to‘g‘ri kelishini ular tinmay tadqiq qilishgan+.
12 Hozir sizlarga e’lon etilgan narsalarni xabarlash bilan o‘zlariga emas, sizlarga xizmat qilishgani bu payg‘ambarlarga oshkor etilgan. Sizlarga bo‘lsa, bu narsalarni osmondan yuborilgan muqaddas ruhning yordami bilan xushxabarni tarqatganlar e’lon qilishgan+. Bu narsalarni tushunishni farishtalar ham istaydilar.
13 Shunday ekan, zehningizni ishga solish uchun hozirlab+, har narsada hushyorlikni saqlanglar+. Umidingizni Iso Masihning oshkor bo‘lishi paytida sizlarga ko‘rsatiladigan inoyatga bog‘langlar.
14 Itoatli bolalardek bo‘linglar, Xudo to‘g‘risida bilimingiz yo‘q bo‘lgan damlardagidek, istaklaringizga binoan yo‘l tutmanglar.
15 Lekin sizlarni da’vat qilgan Alloh muqaddas bo‘lgani kabi, sizlar ham butun yurish-turishingizda muqaddas bo‘linglar+.
16 Boisi, Muqaddas Yozuvlarda: «Muqaddas bo‘linglar, chunki Men muqaddasman»+,— deb aytilgan.
17 Hammani yuzxotirchiliksiz, ishiga qarab hukm qiladigan Otangizga+ murojaat qilar ekansiz, musofirchilik davringizda Tangridan qo‘rqib yashanglar+.
18 Axir o‘zlaringiz bilasizlar-ku, ota-bobolaringizdan qolgan mazmunsiz hayot tarzidan kumush yoki oltinga o‘xshash o‘tkinchi narsalar evaziga xalos etilmagansizlar+.
19 Ammo benuqson, beg‘ubor qo‘zi singari+ bo‘lgan Masihning+ qimmatbaho qoni+ evaziga xalos etilgansizlar.
20 To‘g‘ri, u haqda dunyoga asos solinishidan avval ma’lum bo‘lgan+, biroq u sizlar uchun oxirgi vaqtda oshkor etildi+.
21 Sizlar u orqali Allohga ishongansizlar+. Tangriga ishonib, umid bog‘langlar, deya U Masihni tiriltirib+, unga shon-sharaf berdi+.
22 Endi esa sizlar haqiqatga itoatkorlik orqali o‘zingizni poklab, samimiy birodarlik sevgisiga+ ega bo‘ldingizlar. Shunday ekan, bir-biringizni chin yurakdan, ixlos bilan sevinglar+.
23 Sizlarga chiriydigan emas, chirimaydigan urug‘dan+, barhayot va abadiy Xudoning kalomi orqali+ yangidan tug‘ilish ato etildi+.
24 Axir «butun odamzod o‘tday, ularning shuhrati esa dala gulidaydir. O‘t qurib qoladi, gul ham to‘kiladi.
25 Lekin Yahovaning* kalomi abadiy qoladi»+. Bu «kalom» sizlarga e’lon qilingan xushxabardir+.