1 Butrus 5:1-14
5 Masih chekkan azoblarning shohidi hamda kelajakda oshkor etilishi kerak bo‘lgan ulug‘vorlikning qatnashchisi+ va oqsoqol sifatida men, orangizda bo‘lgan oqsoqollardan iltimos qilaman:
2 Nozirlar sifatida xizmat qilib, qaramog‘ingizda bo‘lgan Allohning suruviga cho‘ponlik qilinglar+. Buni majburiyat yuzasidan emas, balki Xudoning oldida bajonidil+, harom yo‘l bilan foyda ko‘rish uchun emas+, aksincha, ishtiyoq bilan qilinglar.
3 Tangrining omonati ustidan hukmronlik qilmasdan+, suruvga o‘rnak ko‘rsatinglar+.
4 Bosh cho‘pon+ oshkor bo‘lganda esa sizlar so‘lmaydigan sharaf tojini olasizlar+.
5 Xuddi shunday, siz yoshlar ham oqsoqollarga bo‘ysuninglar+. Bir-biringizga muomala qilishda kamtarlik belbog‘ini taqinglar. Zero Alloh mag‘rurlarga qarshi chiqadi, kamtarlarga esa inoyatini namoyon etadi+.
6 Xudoning qudratli qo‘li ostida o‘zingizni kamtar tutinglar, shunda U o‘z vaqtida sizlarni yuksaltiradi+.
7 Barcha g‘am-tashvishlaringizni Unga tashlanglar+, chunki U sizlarga g‘amxo‘rlik qiladi+.
8 Hushyor va sergak bo‘linglar+, boisi dushmaningiz Iblis sherday bo‘kirib, biror kimni yutib yuborish uchun izlab yuribdi+.
9 Imonda mustahkam bo‘lib, unga qarshi turinglar+. Bilinglarki, dunyodagi barcha imondoshlaringiz xuddi shunday qiyinchiliklarga duchor bo‘lishyapti+.
10 Turli usullar bilan inoyatini namoyon etayotgan Alloh, Masih bilan birlikda bo‘lgan sizlarni O‘zining abadiy ulug‘vorligiga da’vat etgan+. Qisqa vaqt azob chekkaningizdan keyin Uning O‘zi sizlarga to‘liq ta’lim berib, sizlarni mustahkam+ va kuchli qilib qo‘yadi+.
11 Kuch-qudrat abadulabad Unikidir. Omin.
12 Mana, sizlarga dalda berish hamda Tangrining chinakam inoyati haqida shahodat berish uchun, men sadoqatli deb bilgan birodarim Silvanning*+ yordami bilan sizlarga qisqacha yozdim. Xudoning inoyatidan hecham ayrilmanglar.
13 Sizlar singari tanlangan Bobildagi xonim* hamda o‘g‘lim Mark+ sizlarga salom aytyapti.
14 Bir-biringizni mehr bilan o‘pib, salomlashinglar.
Masih bilan birlikda bo‘lgan barchaga tinchlik yor bo‘lsin.