1 Korinfliklarga 15:1-58

  • Masihning tirilishi (1-11)

  • Tirilish imon uchun asos (12-19)

  • Masihning tirilishi kafolatdir (20-34)

  • Jismoniy tana, ruhiy tana (35-49)

  • O‘lmaslik va chirimaslik (50-57)

  • Rabbimiz ishi bilan band bo‘lish (58)

15  Birodarlar, men sizlarga e’lon qilgan xushxabarni yana eslatmoqchiman+. Sizlar uni qabul qilib, unga rioya etib kelyapsizlar.  Ana shu orqali sizlar najot topyapsizlar, chunki men sizlarga e’lon qilgan xushxabarga qat’iy rioya etyapsizlar. Aks holda Isoning izdoshi bo‘lganingiz foydasiz bo‘lardi.  O‘zim qabul qilib sizlarga yetkazgan narsalardan eng muhimi shuki, Muqaddas Yozuvlarga ko‘ra Masih bizning gunohlarimiz uchun o‘ldi+  va dafn etildi+. Shuningdek, Muqaddas Yozuvlarga binoan uchinchi kuni+ tirildi+.  Avval u Kifaga*+, so‘ng esa 12 ta havoriyga ko‘rindi+.  Keyin birdaniga 500 dan ortiq birodarlarga ko‘rindi+. Ulardan ko‘pchiligi hanuzgacha tirik, ayrimlari esa olamdan o‘tgan*.  Undan keyin u Yoqubga+, so‘ng esa havoriylarning bariga ko‘rindi+.  Va nihoyat, barvaqt tug‘ilgan bolaga o‘xshagan menga ko‘rindi+.  Axir men havoriylarning eng kichigiman va havoriy deb nomlanishga ham noloyiqman, chunki Tangrining jamoatini ta’qib qilardim+. 10  Endi esa, Xudoning inoyati bilan shu mavqega ega bo‘ldim. Uning menga ko‘rsatgan inoyati befoyda bo‘lmadi, sababi men ularning hammasidan ko‘proq mehnat qildim. Aslida buni men emas, balki men bilan bo‘lgan Allohning inoyati qildi. 11  Men va’z qildimmi yoki boshqalarmi, bundan qat’i nazar sizlar imonli bo‘ldingizlar. 12  Agar Masihning tirilgani haqida va’z etilayotgan bo‘lsa+, qanday qilib orangizda ba’zilar: «O‘lganlar tirilmaydi»,— deyapti? 13  Bordi-yu, o‘lganlar tirilmasa, demak Masih ham tirilmagan ekan-da. 14  Agarda Masih tirilmagan bo‘lsa, bizning va’zimiz ham behuda, imonimiz ham asossiz bo‘lib chiqyapti. 15  Boz ustiga, biz Xudo haqida shohidlik qilayotib+, U Masihni tiriltirdi desak, Unga qarshi yolg‘on guvohlik bergan bo‘lamiz+. Boisi, o‘lganlar tirilmaydigan bo‘lsa, demak Xudo ham Masihni tiriltirmagan bo‘ladi. 16  Bordi-yu, o‘lganlar uchun tirilish yo‘q bo‘lsa, demak Masih ham tirilmagan ekan-da. 17  Agar Masih tirilmagan bo‘lsa, sizlarning imoningiz foydasiz, o‘zingiz esa hanuzgacha gunohga botgansizlar+. 18  Unday bo‘lsa Masihning o‘lgan* izdoshlari butkul yo‘q bo‘lishgan+. 19  Agar faqat shu hayot uchun Masihga umid bog‘lagan bo‘lsak, hammadan ham baxtsiz ekanmiz-da. 20  Biroq Masih chindan ham tirildi. U o‘lganlar* orasidan birinchi hosil bo‘ldi+. 21  O‘lim bir odam orqali kelib chiqqanidek+, tirilish ham bir odam orqali sodir bo‘ladi+. 22  Odamato dastidan hamma o‘limga duchor bo‘lganidek+, Masih tufayli hamma hayotga ega bo‘ladi+. 23  Hamma o‘z navbati bilan tiriladi: Masih birinchi hosil+, so‘ng Masihning hozir bo‘lish davrida unga tegishli bo‘lganlar hayotga qaytishadi+. 24  Oxir-oqibat, u barcha hukumat-u hokimiyatlarga va butun kuchlarga chek qo‘yib, Shohlikni Otasi Xudoga topshiradi+. 25  Chunki Masih, Tangri jamiki dushmanlarini uning oyog‘i ostiga qo‘ymaguncha, podshohlik qilishi kerak+. 26  O‘shanda eng oxirgi dushman — o‘lim yo‘q qilinadi+. 27  Zero Alloh «barcha narsani uning oyoqlari ostiga tobe qildi»+. Lekin «barcha narsani tobe qildi» deganda+, tobe qildirgan Allohning O‘zi bunga kirmasligi aniq+. 28  Barcha narsa unga tobe qilinganidan so‘ng, O‘g‘il ham unga barcha narsani tobe qildirgan Allohga tobe bo‘ladi+. Toki Alloh barchaning yagona Hukmdori bo‘lsin+. 29  Tirilish bo‘lmasa, unda o‘lish uchun suvga cho‘mayotganlarga qanday foyda bor?+ O‘lganlar umuman tirilmas ekan, o‘lish uchun suvga cho‘mishga ne hojat? 30  Nega biz har on xavf ostida qolyapmiz?+ 31  Men har kuni o‘limga ro‘baro‘ bo‘lyapman. Hazratimiz Iso Masih yo‘lida sizlar uchun quvonayotganim shaksiz bo‘lganidek, o‘limga ro‘baro‘ bo‘layotganim ham shubhasizdir. 32  Efesda yirtqich hayvonlar bilan kurashganimda+, buni boshqa odamlar kabi* qilgan bo‘lsam, bundan menga ne foyda? O‘lganlar tirilmas ekan, «kelinglar, yeb-ichaylik, baribir ertaga o‘lib ketamiz!»+ 33  Adashmanglar. Yomon odamlar bilan muloqot qilish yaxshi xulqni* buzadi+. 34  Aqlingizni yig‘ib olib, adolatga muvofiq yo‘l tutinglar va gunoh qilmanglar, chunki ba’zilar Xudo haqida bilimga ega emaslar. Men sizlarni uyaltirish uchun gapiryapman. 35  Biroq kimdir mana bunday der: «O‘lganlar qanday qilib tirilishadi? Ular tirilganda tanalari qanaqa bo‘ladi?»+ 36  Ey aqlsiz inson! Axir ekkan narsang o‘lmasa unib chiqmaydi-ku. 37  Ekkaningda unib chiqayotgan o‘simlikni emas, uning urug‘ini, masalan bug‘doy yoki boshqa bir donni ekasan. 38  Tangri esa unga O‘zi xohlaganicha tana ato etadi. U har bir urug‘ga o‘ziga xos tana beradi. 39  Hamma narsaning tanasi har xil: odamning tanasi boshqacha, chorvaniki boshqacha, qushlarning tanasi boshqacha, baliqniki boshqacha. 40  Osmonga oid tanalar bor+, yerga oid tanalar ham bor+. Ammo osmonga oid tanalar ham, yerga oid tanalar ham o‘ziga xos ulug‘vorlikka ega. 41  Quyoshning yog‘dusi boshqacha, oyning yog‘dusi boshqacha+, shuningdek, yulduzlarniki ham boshqacha. Yulduzlar ham o‘z navbatida nur sochishda bir-biridan farq qiladi. 42  O‘lganlarning tirilishi ham xuddi shunday. Tana urug‘ singari chiriydigan bo‘lib ekiladi-yu, chirimaydigan bo‘lib tiriladi+. 43  U jirkanch holda ekilib, ulug‘vor bo‘lib tiriladi+. Zaif holda ekilib, qudratli bo‘lib tiriladi+. 44  Jismoniy tana ekiladi-yu, ruhiy tana tiriladi. Agar jismoniy tana bor bo‘lsa, demak ruhiy tana ham bor. 45  Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Birinchi odam — Odamato tirik jon bo‘ldi»+. Oxirgi Odamato esa hayot baxsh etuvchi ruh bo‘ldi+. 46  Birinchisi ruhiy emas, balki jismoniy tana bo‘lgan. Ruhiy tana esa keyin kelgan. 47  Birinchi odam yerdan, tuproqdan yaralgan+, ikkinchisi esa osmondan kelgan+. 48  Tuproqdan yaralgan odam qanday bo‘lsa, bu dunyodagi odamlar ham xuddi shundaydir. Osmonga oid bo‘lganlar esa osmondan kelgan kabidirlar+. 49  Tuproqdan yaralgan odamga o‘xshar ekanmiz+, demak osmondan kelgan odam singari bo‘lishimiz ham aniq+. 50  Ammo birodarlar, shuni aytib qo‘yayki, chiriydigan narsa chirimaslikni meros qilib olmaganday, et va qon Xudoning Shohligidan meros ololmaydi. 51  Men sizlarga muqaddas sirni ochay: hammamiz ham o‘lmaymiz*, biroq barchamiz o‘zgarib ketamiz+. 52  Bu bir zumda, ko‘z ochib yumguncha, oxirgi karnay chalinganda sodir bo‘ladi. O‘sha karnay chalinganda+ o‘lganlar chirimaydigan bo‘lib tiriladi va biz o‘zgarib ketamiz. 53  Chunki chiriydigan narsa chirimaydiganga+ va o‘ladigan narsa o‘lmaydiganga burkanishi lozim+. 54  Chiriydigan narsa chirimaydiganga va o‘ladigan narsa o‘lmaydiganga burkanganida Muqaddas Yozuvlardagi mana bu so‘zlar amalga oshadi: «O‘lim toabad yo‘q bo‘lib ketdi»+. 55  «Ey o‘lim, g‘alabang qayerda? Ey o‘lim, nishing qayerda?»+ 56  O‘limga duchor qiladigan nish gunohdir+. Gunoh esa Tavrot orqali kuchga kirgan+. 57  Xudoga shukurlar bo‘lsinki, U bizni Hazrati Iso Masih orqali g‘alabaga erishtirdi!+ 58  Shunday ekan, sevimli birodarlarim, barqaror+ va mahkam turinglar. Doimo Rabbimizning* ishi bilan band bo‘linglar+. Shuni bilinglarki, Rabbimiz yo‘lida qilgan mehnatingiz zoe ketmaydi+.

Izohlar

Havoriy Butrusning boshqa ismi.
So‘zma-so‘z «o‘lim uyqusiga ketgan».
So‘zma-so‘z «o‘lim uyqusiga ketgan».
So‘zma-so‘z «o‘lim uyqusida bo‘lganlar».
Boshqa variant «insoniy nuqtai nazar bilan».
Yoki «odatlarni».
So‘zma-so‘z «o‘lim uyqusiga ketmaymiz».
Yoki «Hazratimizning», yun. Kirios.