1 Salonikaliklarga 3:1-13

  • Pavlus Afinada qolib imondoshlari uchun qayg‘uradi (1-5)

  • Timo‘tiyning daldali xabari (6-10)

  • Salonikaliklar uchun ibodat (11-13)

3  Sizlardan ayrilganimizga chiday olmay, Afinada yolg‘iz qolishni afzal ko‘rdik+.  Shuning uchun, Masih haqidagi xushxabarni va’z qilayotgan, Allohning xizmatchisi* bo‘lmish birodarimiz Timo‘tiyni+ oldingizga yubordik. U imoningizni mustahkamlash uchun sizlarga tasalli berib, qo‘llab-quvvatlaydi.  Toki ushbu qayg‘ular dastidan hech biringizning imoningiz tebranmasin. Axir, bu narsalarni boshdan kechirishimiz muqarrar ekanligini o‘zlaringiz bilasizlar-ku+.  Buning ustiga, yoningizda bo‘lganimizda qayg‘ularga duchor bo‘lishimiz kerakligini sizlarga aytgan edik. Bilganingizdek, xuddi shunday yuz berdi+.  Shu sababli, men bunga ortiq chiday olmay, sadoqatingiz to‘g‘risida bilish uchun+, ya’ni Vasvasachi+ sizlarni vasvasaga solmadimikin va qilgan mehnatimiz befoyda bo‘lmadimikin, deya Timo‘tiyni oldingizga yubordim.  Lekin Timo‘tiy yoningizdan qaytib+, sadoqatingiz va sevgingiz to‘g‘risida yaxshi xabar olib keldi. Shuningdek, sizlar ham bizni hamisha yaxshi so‘zlar bilan eslayotganingizni, biz sizlarni ko‘rishni orzu qilgandek, sizlar ham bizni ko‘rishga intizor ekaningizni gapirib berdi.  Siz ham birodarlar, sadoqatingiz bilan muhtojlig-u qayg‘ularimizda bizga tasalli bo‘ldingizlar+.  Hazratimizning izdoshlari sifatida mahkam turganingiz bizga jon kiritdi.  Allohimiz oldida sizlar tufayli topgan katta quvonchimiz uchun hamda sizlar uchun Xudoga qanday minnatdorchilik bildirsak ekan? 10  Diydoringizni ko‘rib, imoningizni mustahkamlash uchun undagi kamchiliklarni to‘ldiraylik deya, kecha-yu kunduz zo‘r berib Xudoga iltijo qilmoqdamiz+. 11  Otamiz Xudoning O‘zi va Hazratimiz Iso sizlar tomon yo‘limizni ravon qilsin. 12  Biz sizlarni qancha sevsak, Hazratimiz Iso Masih ham bir-biringizga va barcha insonlarga bo‘lgan muhabbatingizni shuncha orttirib, ko‘paytirsin+. 13  Toki Hazratimiz Iso o‘zining barcha muqaddas kishilari bilan hozir bo‘lganda+, Otamiz Xudoning oldida qalblaringiz mustahkam, nuqsonsiz va muqaddas bo‘lsin+.

Izohlar

Boshqa variant «xizmatdoshi».