1 Salonikaliklarga 4:1-18
4 Xullas, birodarlar, Xudoga ma’qul kelish uchun qanday yo‘l tutishingiz kerakligi haqida bizdan ta’lim oldingizlar+ va sizlar shunday hayot kechiryapsizlar ham. Faqat bundan buyon ham to‘la ravishda shunday qilishda davom etishingizni Hazratimiz Iso nomidan so‘raymiz va nasihat qilamiz.
2 Chunki Hazratimiz Iso orqali sizlarga qanday ko‘rsatmalar berganimizni bilasizlar.
3 Alloh sizlar muqaddas bo‘lishingizni+, ya’ni o‘zingizni zinodan* tiyishingizni xohlaydi+.
4 Har biringiz o‘z badaningizni*+ muqaddas+ va sharafli tarzda boshqara biling.
5 Xudoni bilmaydigan xalqlarga o‘xshab+ ochko‘zlik bilan tiyiqsiz shahvoniy hirsga berilmanglar+.
6 Shu yo‘sin, bu masalada hech kim axloqiy chegaradan chiqmasin va birodariga zarar yetkazmasin. Chunki sizlarga ilgari ham aytib, jiddiy ogohlantirganimizday, Yahova* bu gunohlarning barchasi uchun jazolaydi.
7 Tangri bizni ifloslik qilishga emas, balki muqaddas bo‘lishga da’vat etgan+.
8 Shu sababli, kimki bu ta’limotni mensimasa, insonni emas, aksincha, sizlarga muqaddas ruhni ato etgan+ Allohni mensimagan bo‘ladi+.
9 Birodarlarni sevish+ haqida esa sizlarga yozishga hojat yo‘q, boisi bir-biringizni sevishni Xudodan o‘rgangansizlar+.
10 Ha, Makedoniyada yashovchi barcha birodarlarga ham shunday munosabatdasizlar. Lekin birodarlar, buni yanada ko‘proq qilishga sizlarni rag‘batlantiryapmiz.
11 Yo‘l-yo‘riq berganimizday osoyishta yashab+, shaxsiy ishlaringiz bilan shug‘ullanib+, o‘z qo‘llaringiz bilan mehnat qilishni+ maqsad qilib qo‘yinglar.
12 Shunda hech narsaga muhtoj bo‘lmay, atrofdagilarning ko‘zi oldida odob bilan hayot kechirasizlar+.
13 Bundan tashqari, birodarlar, umidi yo‘q boshqa insonlar+ kabi qayg‘u chekmasligingiz uchun, hayotdan ko‘z yumganlarning*+ kelajagi haqida sizlarni bexabar qoldirmoqchi emasmiz.
14 Agar Isoning o‘lib, tirilganiga ishonsak+, unda Isoning izdoshlari sifatida hayotdan ko‘z yumganlarni Alloh u bilan birga bo‘lish uchun tiriltirishiga ham ishonamiz+.
15 Buni sizlarga Yahovaning* so‘zlariga asoslanib aytyapmiz: Hazratimizning hozir bo‘lish paytida hayot bo‘lgan bizlar, o‘lganlardan oldin osmonga ko‘tarila olmaymiz.
16 Negaki, Hazratimizning o‘zi bosh farishtaning+ ovozi bilan buyruq berib, Xudoning karnayi bilan osmondan tushadi va o‘shanda Isoning o‘lgan shogirdlari birinchi bo‘lib tirilishadi+.
17 So‘ngra biz hayot bo‘lganlar, ya’ni tirik qolganlar ular bilan birga Hazratimizni havoda qarshilash uchun+ bulutlar bilan ko‘tarilamiz+ va doimo Hazratimiz bilan birga bo‘lamiz+.
18 Shunday ekan, bu so‘zlar bilan bir-biringizga tasalli beringlar.
Izohlar
^ Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
^ So‘zma-so‘z «idishingizni».
^ So‘zma-so‘z «o‘lim uyqusida bo‘lganlarning».