Shohlar birinchi kitob 3:1-21
-
Shomuil payg‘ambar etib tanlanadi (1-21)
3 Bu orada yosh Shomuil Elaxning boshchiligi ostida Yahovaga xizmat qilib yurardi+. O‘sha kunlarda Yahovaning so‘zi kam kelar, vahiylar+ ham kam nozil qilinar edi.
2 Elaxning ko‘zlari xiralashib, ko‘rmaydigan bo‘lib qolgandi+. Bir kuni u xonasida uxlab yotganida
3 va Allohning moychirog‘i+ hali o‘chmagan paytda, shunday voqea yuz berdi: Shomuil Yahovaning ma’badida*+, Xudoning sandig‘i turgan joyda yotganida,
4 Yahova uni chaqirdi. Shomuil: «Labbay»,— deb javob berdi.
5 U Elaxning oldiga yugurib bordi-da: «Labbay, meni chaqirdingizmi?» — dedi. Ammo Elax: «Chaqirganim yo‘q. Joyingga borib yotaver»,— deb aytdi. Shomuil joyiga borib yotdi.
6 Yahova: «Shomuil!» — deya yana uni chaqirdi. U o‘rnidan turib, Elaxning oldiga bordi-da: «Labbay, meni chaqirdingizmi?» — dedi. Ammo Elax: «Chaqirganim yo‘q, o‘g‘lim. Joyingga borib yotaver»,— deb aytdi.
7 (Shomuil hali Yahovani yaxshi tanimasdi. Yahova unga O‘z so‘zini oshkor qilishni hali boshlamagan edi.)+
8 Yahova: «Shomuil!» — deya uni uchinchi marta chaqirdi. U o‘rnidan turib, Elaxning oldiga bordi va unga: «Labbay, meni chaqirdingizmi?» — dedi.
Shunda Elax bolani Yahova chaqirayotganini tushundi.
9 U Shomuilga: «Borib, joyingga yot. Agar U yana chaqirsa, sen: “Labbay Yahova, quling Seni eshityapti”,— deb ayt»,— dedi. Shomuil borib joyiga yotdi.
10 Yahova uni: «Shomuil, Shomuil!» — deb yana chaqirdi. Shomuil: «Labbay, quling Seni eshityapti»,— deb javob berdi.
11 Yahova Shomuilga quyidagilarni aytdi: «Men Isroilda bir ish qilamanki, bu haqda eshitgan kishining eti jimirlab ketadi*+.
12 O‘sha kuni Elaxning xonadoni haqida aytganlarimni boshidan oxirigacha bajaraman+.
13 Elaxga uning xonadonini abadiy jazolashimni ayt. O‘g‘illari Xudoni la’natlab yurganini+ bilgan bo‘lsa-da+, ularga tanbeh bermadi+.
14 Shu bois, Men Elax xonadoniga qasam ichib aytamanki, xonadonining gunohlarini qurbonliklar va nazrlar keltirish orqali hech qachon yuvib bo‘lmaydi»+.
15 Shomuil ertalabgacha yotdi. Keyin joyidan turib, Yahovaning uyi eshiklarini ochdi. U ko‘rgan vahiysini Elaxga aytib berishdan qo‘rqdi.
16 Elax uni: «Shomuil, o‘g‘lim!» — deb chaqirdi. Shomuil: «Labbay»,— dedi.
17 Elax: «U senga nima dedi? Iltimos, mendan hech nimani yashirma. Bordi-yu, U senga aytgan so‘zlardan birortasini yashirsang, Xudo seni qattiq jazolasin»,— deb aytdi.
18 Shomuil hech nimani yashirmay, unga hammasini aytib berdi. Shunda Elax: «Bu Yahovaning irodasi. U nazarida ma’qul bo‘lgan ishni qilsin»,— dedi.
19 Shomuil o‘sib-ulg‘ayib borardi. Yahova Shomuil bilan birga bo‘lib+, u orqali aytgan so‘zlarining barchasini amalga oshirdi.
20 Dandan Bershevagacha bo‘lgan butun Isroil xalqi, Shomuil Yahovaning payg‘ambari etib tayinlanganidan xabar topdi.
21 Shu tariqa, Yahova Shilo‘da zohir bo‘la boshladi. Chunki Yahova Shomuilga Shilo‘da O‘zini oshkor etgan edi. Yahova so‘zini aytib, O‘zini unga oshkor etardi+.