Solnomalar birinchi kitob 10:1-14

  • Shoul va o‘g‘illarining o‘limi (1-14)

10  Filistimliklar Isroilga qarshi jang qilishdi va isroillik askarlar ulardan qocha boshlashdi. Filistimliklar esa ulardan ko‘pini Gilbova tog‘ida+ qirg‘in qilishdi.  Filistimliklar Shoul bilan uning o‘g‘illari izidan tushib, Shoulning o‘g‘illari Yo‘natan, Abunadov va Malkishuvani+ o‘ldirishdi.  Shoulga qarshi jang qizg‘in tus oldi va kamonchilar unga o‘q otib yaralashdi+.  Shoul qurolbardoriga: «Qilichingni sug‘ur-da, menga sanch. Yo‘qsa, bu sunnatsizlar kelib, meni xo‘rlaydi»+,— deb aytdi. Lekin qattiq qo‘rqqanidan qurolbardorining bunday qilishga yuragi dov bermadi. Shunda Shoul qilichini oldi-da, ustiga o‘zini tashladi+.  Shoul o‘lganini ko‘rib, qurolbardori ham o‘zini qilichi ustiga tashladi-da, halok bo‘ldi.  Shunday qilib, Shoul, uning uchala o‘g‘li va yonida bo‘lgan xonadonidagilarning bari halok bo‘ldi+.  Vodiydagi Isroil xalqi jangchilar qochganini, Shoul bilan o‘g‘illari esa halok bo‘lganini ko‘rganda, shaharlarini tashlab qocha boshladi. Filistimliklar bo‘lsa kelib, shaharlarni bosib olishdi.  Ertasi kuni filistimliklar o‘ldirilganlarning narsalarini talon-toroj qilgani kelishganda, Gilbova tog‘ida+ Shoul bilan o‘g‘illarining o‘ligini topishdi.  Ular Shoulning kiyim-kechagi-yu qurol-aslahalarini olishdi-da, boshini kesishdi. So‘ng bu haqda butxonalarida+ va xalqga e’lon etilishi uchun, butun Filist yurti bo‘ylab xabar yuborishdi. 10  Bundan keyin Shoulning qurol-aslahasini o‘z xudolarining ibodatxonasiga qo‘yishdi, boshini esa Do‘g‘on ibodatxonasiga+ osishdi. 11  Giladdagi Yobosh aholisi+ filistimliklar Shoul bilan nimalar qilishganini eshitganda+, 12  barcha jangchilar yig‘ildi. Ular Shoul bilan o‘g‘illarining jasadlarini Yoboshga olib kelib, suyaklarini Yoboshdagi katta daraxt tagiga ko‘mishdi+ va yetti kun ro‘za tutishdi. 13  Shunday qilib, Shoul o‘ldi. Sababi, u Yahovaning so‘ziga bo‘ysunmay, Yahovaga bevafolik qildi+. Bundan tashqari, u arvoh chaqiruvchi bilan maslahatlashdi+. 14  Yahovaga murojaat qilmagani uchun, U Shoulni o‘limga duchor qilib, shohlikni Essay o‘g‘li Dovudga berdi+.

Izohlar