Solnomalar birinchi kitob 13:1-14

  • Ahd sandig‘i Xirat-Yorimdan olib kelinadi (1-14)

    • Uzzox o‘limga mubtalo bo‘ladi (9, 10)

13  Dovud mingboshilar, yuzboshilar va yo‘lboshchilar bilan maslahatlashdi+.  So‘ng u butun Isroil jamoatiga shunday dedi: «Agar ma’qul deb topsangizlar va Xudoyimiz Yahova buni xush ko‘rsa, Isroilning barcha hududlaridagi qolgan birodarlarimizga, shaharlar-u yaylovlarida yashaydigan ruhoniylar-u levilarga+ xabar yuboraylik. Ular kelib, bizga qo‘shilsin.  Birgalikda borib, Tangrimizning sandig‘ini+ olib kelaylik». Chunki Shoulning davrida u qarovsiz qolib ketgan edi+.  Butun jamoat bunga rozi bo‘ldi, boisi bu hammaga ma’qul tushdi.  Shunda Dovud, haq Xudoning ahd sandig‘ini Xirat-Yorimdan olib kelish uchun Misr daryosidan* to Levo-Xomatga*+ qadar yashaydigan butun Isroilni to‘pladi+.  Dovud va butun Isroil, karublar*+ ustida* taxtda o‘tirgan Alloh Yahovaning ahd sandig‘ini olib kelish uchun Baalaxga+, ya’ni Yahudodagi Xirat-Yorimga yo‘l oldi. Shunday qilib, ular Uning ismi bilan atalgan sandiqni olib kelishga otlandi.  Ular haq Tangrining sandig‘ini yangi aravaga solib+, Abunadovning uyidan olib chiqishdi. Uzzox bilan Oxyo aravani boshlab ketishdi+.  Dovud va butun Isroil chin yurakdan qo‘shiqlar kuylab hamda arfa, torli asbob, childirma+, zil+ va karnaylar+ chalib, haq Tangrining oldida bayram qilishdi.  Biroq Xidonning xirmoniga yetib kelishganda, buqalar sandiqni ag‘darib yuborishiga sal qoldi. Shunda sandiq yiqilmasligi uchun, Uzzox qo‘lini uzatib uni ushlab qoldi. 10  Uzzox ahd sandig‘iga qo‘lini cho‘zgani uchun Yahovaning g‘azabi qaynab, uni o‘limga mubtalo qildi+. Uzzox Xudoning oldida jon berdi+. 11  Yahova Uzzoxga O‘z qahrini sochgani uchun, Dovudning jahli chiqdi*. Shu sababli, bu joy bugungacha Paraz-Uzzox* deb ataladi. 12  O‘sha kuni Dovud haq Tangridan qo‘rqib qolib: «Allohning sandig‘ini qanday qilib o‘z shahrimga olib boraman?»+ — deb aytdi. 13  U sandiqni Dovud shahriga olib bormay, uni gatlik Obid-Edomning uyiga olib borib qo‘ydi. 14  Haq Tangrining sandig‘i Obid-Edomning uyida uch oy turdi va Yahova Obid-Edomning xonadoniga hamda bor mol-mulkiga baraka berdi+.

Izohlar

Yoki «Shixordan».
Yoki «Xomatning ostonasiga».
Boshqa variant «o‘rtasida».
Yoki «Dovud xafa bo‘ldi».
Ma’nosi «Uzzoxga sochilgan qahr».