Solnomalar birinchi kitob 15:1-29

  • Levilar ahd sandig‘ini Quddusga olib keladi (1-29)

    • Mixal Dovudni kamsitadi (29)

15  Dovud o‘zi uchun Dovud shahrida uylar qurdi va haq Xudoning sandig‘i uchun joy tayyorlab, chodir o‘rnatdi+.  Keyin Dovud: «Allohning sandig‘ini levilardan bo‘lak hech kim ko‘tarmasligi kerak. Boisi, Yahovaning sandig‘ini ko‘tarib, Unga doim xizmat qilish uchun Yahovaning O‘zi ularni tanlagan»+,— dedi.  Dovud o‘zi hozirlagan joyga Yahovaning sandig‘ini olib kelish uchun, butun Isroilni Quddusga to‘pladi+.  Dovud Horunning avlodlarini+ va levilarni+ yig‘di.  Qohot naslidan ularning boshchisi Uriyolni va 120 nafar aka-ukasini.  Marori naslidan ularning boshchisi Osoyohni+ va 220 nafar aka-ukasini.  Gershom naslidan ularning boshchisi Yo‘elni+ va 130 nafar aka-ukasini.  Elizofon+ avlodidan ularning boshchisi Shamayoni va 200 nafar aka-ukasini.  Xevron avlodidan ularning boshchisi Elielni va 80 nafar aka-ukasini. 10  Uziyol+ avlodidan ularning boshchisi Ominadovni va 112 nafar aka-ukasini. 11  Dovud ruhoniylar Zodo‘x+ va Abuatarni+, levilardan Uriyol, Osoyoh, Yo‘el, Shamayo, Eliel hamda Ominadovni chaqirtirib, 12  ularga shunday dedi: «Sizlar levilar xonadonlari boshlarisiz. O‘zingiz ham, aka-ukalaringiz ham poklanib*, Isroil Tangrisi Yahovaning sandig‘ini men hozirlagan joyga olib kelinglar. 13  Birinchi safar uni sizlar ko‘tarib kelmaganingiz uchun+, Allohimiz Yahovaning bizga qahri kelgan edi+. Sababi, biz Uning ko‘rsatmasiga amal qilmagan edik»+. 14  Shu yo‘sin, ruhoniylar bilan levilar Isroil Tangrisi Yahovaning sandig‘ini olib kelish uchun poklanishdi. 15  Yahovaning Muso orqali aytgan amriga ko‘ra, levilar haq Xudoning sandig‘ini xodalaridan+ ushlab yelkalariga ortishdi-da, ko‘tarib ketishdi. 16  Dovud levilar boshliqlariga, qo‘shiqchi aka-ukalari orasidan musiqiy asboblar — torli asboblar, arfa+ hamda zil+ jo‘rligida shodlik ila qo‘shiq kuylaydigan kishilarni tayinlashni buyurdi. 17  Levilar Yo‘el o‘g‘li Xamanni+, uning birodarlaridan Barxiyo o‘g‘li Osifni+ va birodarlari Marori naslidan Qushayo o‘g‘li Etxanni+ tayinlashdi. 18  Ularning ikkinchi guruhdagi+ birodarlaridan quyidagilar tayinlandi: Zakariyo, Ben, Yaziyol, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Binayo, Masiyo, Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo hamda darvozabonlar Obid-Edom bilan Yaviyol. 19  Qo‘shiqchilardan Xaman+, Osif+ va Etxan mis zillar+ chalishga tayinlandi. 20  Alamotga*+ sozlangan torli asboblar chalishga Zakariyo, Aziel, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Masiyo va Binayo tayinlandi. 21  Sheminitga*+ sozlanib arfa chalinishida rahbarlik qilish uchun Mattitiyo+, Elifaleh, Mixniyo, Obid-Edom, Yaviyol va Ozaziyo tayinlandi. 22  Levilar boshchisi Xenaniyo+ bu ishda tajribali bo‘lgani uchun ahd sandig‘ini ko‘tarib kelishga mas’ul bo‘ldi. 23  Barxiyo bilan Elqana esa ahd sandig‘ini qo‘riqlashga javobgar qilib tayinlandi. 24  Ruhoniylar Shabaniyo, Yoshafat, Natanil, Emosay, Zakariyo, Binayo va Eliazarga haq Tangrining sandig‘i oldida karnay chalib borish topshirildi+. Obid-Edom bilan Yoxiyo ham ahd sandig‘ini qo‘riqlashga javobgar qilib tayinlandi. 25  So‘ngra Dovud bilan Isroil oqsoqollari hamda mingboshilar Yahovaning ahd sandig‘ini Obid-Edomning uyidan olib kelish uchun+ quvonch ila yo‘lga otlanishdi+. 26  Yahova O‘z sandig‘ini ko‘tarib kelayotgan levilarga yordam bergani uchun, ular yettita yosh buqa va yettita qo‘chqorni qurbonlikka keltirishdi+. 27  Dovud, ahd sandig‘ini ko‘tarib kelayotgan levilarning bari, qo‘shiqchilar hamda sandiqni olib kelayotgan qo‘shiqchilar rahbari Xenaniyo — hammalari egnilariga sifatli matodan kamzul kiyishgan edi. Dovud kamzulining ustidan zig‘ir matodan efod ham kiygan edi+. 28  Barcha isroilliklar karnaylar+, zillar, torli asboblar, arfalar chalib, xursandchilik hayqiriqlari+ va burg‘u sadolari ostida Yahovaning ahd sandig‘ini olib kelishdi+. 29  Yahovaning ahd sandig‘i Dovud shahriga+ olib kelinganda, Shoulning qizi Mixal+ derazadan tomosha qilib o‘tirgan edi. Shoh Dovud sakrab raqsga tushayotganini ko‘rib, Mixal ko‘nglida uni kamsitdi+.

Izohlar

Yoki «muqaddas bo‘lib».