Solnomalar birinchi kitob 16:1-43

  • Ahd sandig‘i chodirga qo‘yiladi (1-6)

  • Dovudning shukrona qo‘shig‘i (7-36)

    • «Yahova Shoh bo‘ldi!» (31)

  • Ahd sandig‘i oldidagi xizmat (37-43)

16  Shunday qilib, ular haq Xudoning sandig‘ini Dovud atayin o‘rnatgan chodirga olib kirib qo‘yishdi+ va haq Tangrining oldida kuydiriladigan qurbonliklar hamda tinchlik qurbonliklarini keltirishdi+.  Dovud kuydiriladigan qurbonliklar+ va tinchlik qurbonliklarini+ keltirib bo‘lgach, Yahovaning nomidan xalqni duo qildi.  Keyin barcha isroilliklarga — har bir erkag-u ayolga bittadan gardish non, xurmo kulcha va mayiz kulchadan berdi.  So‘ng u levilardan ayrimlarini Yahovaning sandig‘i oldida xizmat qilishga tayinladi+. Ular Isroil Tangrisi Yahovani ulug‘lab, Unga shukrona va hamd-u sano aytishlari kerak edi.  Ularning boshchisi — Osif+, keyingilari — Zakariyo, Yaviyol, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Mattitiyo, Eliyob, Binayo, Obid-Edom va Yaviyol+ edi. Ular torli asboblar va arfa chalishardi+, Osif esa zil chalardi+.  Ruhoniylar Binayo bilan Yaxaziyol haq Xudoning ahd sandig‘i oldida hamisha karnay chaladigan bo‘lishdi.  O‘sha kuni Dovud Yahovaga shukrona qo‘shig‘ini bastalab, uni kuylashni ilk bor Osif+ va uning birodarlariga topshirdi. Mana o‘sha qo‘shiq:  «Yahovaga shukrona keltiring+, Uning ismini aytib chaqiring,Uning ishlarini xalqlar orasida xabarlang!+  Tarannum eting, Unga madhlar kuylang*+,Barcha ajoyib ishlari ustida mulohaza yuriting*+. 10  Uning muqaddas ismi bilan faxrlaning+. Yahovani izlab yurganlarning qalbi quvonchga to‘lsin+. 11  Yahovani izlang+, Undan kuch tilang. Hamisha Uni axtaring+. 12  Uning ajoyib ishlarini unutmang+,Mo‘jizalarini, U e’lon qilgan hukmlarni yodda tuting, 13  Ey, Xudoning xizmatkori Isroilning zurriyoti*+,Ey, Yoqub o‘g‘illari, Uning tanlanganlari+. 14  U Allohimiz Yahovadir+. Uning hukmlari butun yer yuzida amalga oshadi+. 15  Uning ahdini abadiy yodda tuting,Bergan va’dasini U minglab avlodlar o‘tsa ham unutmaydi+. 16  U Ibrohim bilan ahdlashganini+,Is’hoqga qasam ichganini yodda tutadi+. 17  Buni U Yoqubga+ farmon,Isroilga asrlar osha amal qiladigan ahd qilib berdi. 18  U: “Senga Kan’on yurtini+Meros qilib beraman”+,— dedi. 19  O‘shanda ular ozchilikni tashkil etardi,Ha, juda oz bo‘lganda, o‘sha yurtda musofir bo‘lib yashardi+. 20  Ular bir xalqdan ikkinchisiga,Bir shohlikdan boshqasiga ko‘chib yurardi+. 21  Hech kim ularga jabr-zulm qilishiga U yo‘l qo‘ymasdi+,Ularni himoya qilib, podshohlarga tanbeh berardi+. 22  U: “Men moylagan kishilarga tegmang,Payg‘ambarlarimga yomonlik qilmang”,— derdi+. 23  Butun yer yuzi Yahovani tarannum etsin! Najot berishi haqida kundan-kunga e’lon qiling!+ 24  Uning ulug‘vorligini millatlar orasida xabarlang,Ajoyib ishlarini xalqlar orasida bildiring. 25  Zero, Yahova buyukdir, ko‘p maqtovga loyiqdir. Boshqa barcha xudolardan ko‘ra mahobatlidir+. 26  Xalqlarning hamma xudolari — behuda xudolardir+.Biroq Yahova samolarni yaratgan Tangridir+. 27  Ulug‘vorlik va hashamat Uning huzuridadir+,Qudrat va shodlik Uning makonidadir+. 28  Ey, xalqlarning qabilalari, Yahovani sharaflang!Ulug‘vorligi va qudrati haqqi, Yahovani sharaflang!+ 29  Ismi sharafiga Yahovani madh eting!+Uning huzuriga hadyalar bilan kiring+. Muqaddas liboslarda* Yahovaga sajda qiling+. 30  Titrasin butun yer yuzi Uning oldida! Yer mustahkam o‘rnatilgan, uni tebratib bo‘lmaydi+. 31  Samolar sevinsin, yer esa quvonsin+.Xalqlar orasida: “Yahova Shoh bo‘ldi!”+ — deb e’lon qiling. 32  Dengiz va uni to‘ldirib turgan barcha narsa Uni madh etsin.Dalalar va ulardagi har bir narsa shodlansin. 33  O‘rmondagi daraxtlar ham Yahova oldida quvonib hayqirsin.Chunki U yerni hukm qilish uchun kelyapti. 34  Yahovaga shukrona ayting, zero U yaxshidir+.Uning mehr-sadoqati abadiy bor bo‘ladi+. 35  Unga shunday deng: “Ey Najotkorimiz+, bizni qutqar,Xalqlar orasidan bizni yig‘ib olib, xalos et.Toki muqaddas ismingga shukronalar aytib+,Quvonch ila Seni madh etaylik+. 36  Isroilning Xudosi Yahovaga hamd-u sano bo‘lsin,U abadulabad madh etilsin”». Butun xalq: «Omin!*» — deb Yahovani madh etdi! 37  Dovud bundan keyin Osif+ bilan birodarlarini Yahovaning ahd sandig‘i oldida qoldirdi. Ular doim ahd sandig‘i yonida+ o‘z kundalik xizmatlarini ado etishlari kerak edi+. 38  Obid-Edom va uning 68 nafar birodarini ham shu xizmatga tayinladi. Yodutun o‘g‘li Obid-Edom bilan Xo‘saxni darvozabon etib qo‘ydi. 39  Ruhoniy Zodo‘x+ va boshqa ruhoniylar Givon+ tepaligidagi Yahovaning muqaddas chodirida xizmat qiladigan bo‘lishdi. 40  Ular Yahova Isroil xalqiga bergan Tavrotda yozilganiga binoan, kuydiriladigan qurbonliklar keltiriladigan qurbongohda muntazam ravishda, ertalab va kechqurun Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonliklar keltirishlari kerak edi+. 41  Ular bilan birga Xaman, Yodutun+ va «mehr-sadoqati abadiy bor bo‘ladi»+, deya Yahovani olqishlash uchun tanlangan kishilar bor edi+. 42  Xaman+ bilan Yodutunga, haq Tangriga hamd-u sano aytganda karnay, zil va boshqa musiqiy asboblar chalish topshirildi. Yodutunning+ o‘g‘illari darvozabonlar etib tayinlandi. 43  So‘ngra butun xalq uy-uyiga tarqaldi. Dovud ham o‘z xonadon ahlini duo qilish uchun uyiga qaytdi.

Izohlar

Yoki «musiqa bastalang».
Boshqa variant «haqida gapiring».
Yoki «avlodlari». So‘zma-so‘z «urug‘i».
Boshqa variant «Muqaddasligi hashamatli bo‘lgani uchun».
Yoki «Shunday bo‘lsin!»