Solnomalar birinchi kitob 18:1-17

  • Dovudning g‘alabalari (1-13)

  • Dovudning a’yonlari (14-17)

18  Bir muncha vaqtdan keyin, Dovud filistimliklarni mag‘lub etib, o‘ziga bo‘ysundirdi. Gat+ bilan unga qarashli* shaharchalarni Dovud filistimliklar qo‘lidan tortib oldi+.  Keyin u mo‘abliklarni ham mag‘lub etdi+. Ular Dovudning xizmatkorlari bo‘lishdi va o‘lpon to‘lay boshlashdi+.  Zo‘vo+ shohi Hadadzar+ Furot daryosi+ hududida o‘z hokimiyatini qayta tiklash uchun ketayotganida, Dovud uni Xomat+ shahri yonida mag‘lub qildi.  Dovud 1 000 ta jang arava, 7 000 ta suvori va 20 000 ta piyoda askarni asir oldi+. Aravaga qo‘shilgan hamma otlarning paylarini kesib tashlab, ulardan faqat 100 tasini tirik qoldirdi+.  Zo‘vo shohi Hadadzarga yordamga Damashqdan suriyaliklar kelganida, Dovud 22 000 suriyalikni qirib tashladi+.  Dovud Suriyaning Damashq shahrida harbiy kuchlarini joylashtirdi va suriyaliklar unga xizmat qilib, o‘lpon to‘laydigan bo‘lishdi. Dovud qayerga bormasin, Yahova unga g‘alaba* berardi+.  Dovud Hadadzarning xizmatkorlaridan oltindan yasalgan dumaloq qalqonlarni tortib oldi va ularni Quddusga olib keldi.  Dovud, Hadadzarga tegishli Tivxat bilan Xun shaharlaridan nihoyatda ko‘p mis oldi. Sulaymon keyin shu misdan quyma hovuz+, ustunlar va mis anjomlar yasadi+.  Xomat shohi To‘vu, Dovud Hadadzarning+ butun qo‘shinini tor-mor qilgani haqida xabar topdi. 10  To‘vu darhol shoh Dovuddan hol-ahvol so‘rash hamda Hadadzar bilan jang qilib uni mag‘lub etgani bilan tabriklash uchun (chunki Hadadzar To‘vuga qarshi tez-tez jang qilardi), uning oldiga o‘g‘li Hadoramni* yubordi. U o‘zi bilan turli xil kumush, oltin va mis buyumlar olib bordi. 11  Bu narsalardan tashqari, shoh Dovud o‘ziga bo‘ysundirgan barcha xalqlardan, ya’ni Edom va Mo‘abdan, ommonliklar+, filistimliklar+, omoleklardan+ olgan kumush va oltinlarni ham Yahovaga bag‘ishladi+. 12  Zeruya+ o‘g‘li Abushay+ Tuz vodiysida edomliklarning 18 000 tasini halok qildi+. 13  U Edomda harbiy kuchlarini joylashtirdi va barcha edomliklar Dovudning xizmatkorlari bo‘lishdi+. Dovud qayerga bormasin, Yahova unga g‘alaba berardi+. 14  U butun Isroil ustidan shoh bo‘lib+, xalqini adolat va haqqoniyat bilan boshqarardi+. 15  Zeruya o‘g‘li Yo‘ab — lashkarboshi+, Oxilud o‘g‘li Yohushafat esa tarixnavis edi+. 16  Oxitob o‘g‘li Zodo‘x bilan Abuatar o‘g‘li Oximalek ruhoniy edilar, Shavsho esa kotib edi. 17  Yohayido o‘g‘li Binayo Dovudning shaxsiy tansoqchilari*+ boshlig‘i, Dovudning o‘g‘illari esa bosh amaldorlar edi.

Izohlar

Yoki «uning atrofidagi».
Yoki «najot».
2Shh 8:10 da «Yoram».
So‘zma-so‘z «xaretiylar bilan palatiylarning».