Solnomalar birinchi kitob 2:1-55

  • Isroilning 12 ta o‘g‘li (1, 2)

  • Yahudoning avlodlari (3-55)

2  Isroilning+ o‘g‘illari quyidagilar: Ruben+, Shimo‘n+, Levi+, Yahudo+, Issaxor+, Zabulun+,  Dan+, Yusuf+, Benyamin+, Naftali+, Gad+ va Osher+.  Yahudoning o‘g‘illari: G‘ur, O‘nan va Shelo. Bu uch o‘g‘ilni unga kan’onlik+ Shuvaning qizi tug‘ib berdi. Ammo Yahudoning to‘ng‘ich o‘g‘li G‘ur Yahovaning nafratini keltirdi. Shuning uchun U G‘urni o‘ldirdi+.  Yahudo kelini Tamaradan+ Paraz+ bilan Zerah ismli o‘g‘illar ko‘rdi. Yahudoning jami beshta o‘g‘li bor edi.  Parazning o‘g‘illari: Xazron bilan Xomul+.  Zerahning o‘g‘illari: Zimri, Etxan, Xaman, Qolko‘l va Dardax. Hammasi bo‘lib beshta o‘g‘li bor edi.  Karmining Oxar* degan o‘g‘li bor edi. U yo‘q qilinishga bag‘ishlangan narsalarga+ tegishli amrga itoat etmay, Isroilning+ boshiga balo yog‘dirgan edi.  Etxanning o‘g‘li Ozariyo edi.  Xazronning o‘g‘illari: Yaraxmal+, Ram+ va Xalubay*. 10  Ramdan Ominadov+, Ominadovdan Naxsho‘n+ tug‘ildi. Naxsho‘n Yahudo avlodlarining yo‘lboshchisi edi. 11  Naxsho‘ndan Salmo+, Salmodan Boz+ tug‘ildi. 12  Bozdan Obid, Obiddan Essay+ tug‘ildi. 13  Essayning o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Eliyob, ikkinchisi Abunadov+, uchinchisi Shimo+, 14  to‘rtinchisi Natanil, beshinchisi Radday, 15  oltinchisi Ozim, yettinchisi Dovud+. 16  Essayning qizlari: Zeruya bilan Obigayl+. Zeruyaning Abushay+, Yo‘ab+ va Osoyil+ ismli uchta o‘g‘li bor edi. 17  Obigayl Emosa+ ismli o‘g‘il ko‘rdi, Emosaning otasi ismoiliy Eter edi. 18  Xazron o‘g‘li Xolibning* Ozibax bilan Yariyo‘t ismli xotinlari bor edi. Uning o‘g‘illari: Yesher, Sho‘vav va Ardun. 19  Ozibaxning vafotidan so‘ng, Xolib Efrataga+ uylandi va undan Xur+ ismli o‘g‘il ko‘rdi. 20  Xurdan Uri, Uridan Bazalil+ tug‘ildi. 21  Vaqt o‘tib, Xazron 60 yoshida Giladning+ otasi Moxirning+ qiziga uylandi va undan Saxuv ismli o‘g‘il ko‘rdi. 22  Saxuvdan Yovir+ tug‘ildi. Gilad+ yurtida uning 23 ta shahri bor edi. 23  Keyin Gashur+ bilan Suriya+ o‘sha yerdagi xalqlardan Xavot-Yovirni+, Qanotni+ va unga qarashli* shaharchalarni, jami 60 ta shaharni tortib oldi. Bularning bari Giladning otasi Moxirning avlodlari edi. 24  Xazron+ Xolib-Efratda olamdan o‘tgach, uning xotini Abiyo Ashxurni+ dunyoga keltirdi. Ashxurdan Taxuva+ tug‘ildi. 25  Xazronning to‘ng‘ichi Yaraxmalning o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Ram, keyingilari Bunax, Oren, Ozim va Oxiyo. 26  Yaraxmalning Otarax ismli yana bir xotini bor edi. U O‘namning onasi edi. 27  Yaraxmalning to‘ng‘ichi Ramning o‘g‘illari: Maz, Yomin va Exer. 28  O‘namning o‘g‘illari: Shammay bilan Yada. Shammayning o‘g‘illari: Nadov va Abushur. 29  Abushur xotinining ismi Abuhayil edi, undan Axbon va Mo‘lid ismli o‘g‘illar ko‘rdi. 30  Nadovning o‘g‘illari: Saled va Opayim. Ammo Saled befarzand hayotdan ko‘z yumdi. 31  Opayimdan Yishi tug‘ildi. Yishidan Shashon, Shashondan Oxlay tug‘ildi. 32  Shammayning ukasi Yadaning o‘g‘illari: Eter bilan Yo‘natan. Ammo Eter befarzand olamdan o‘tdi. 33  Yo‘natanning o‘g‘illari: Palaf va Zozo. Bular Yaraxmalning avlodlari edi. 34  Shashonning o‘g‘illari yo‘q bo‘lib, faqat qizlari bor edi. Uning Yarxo ismli misrlik xizmatkori bor edi. 35  Shashon qizini xizmatkori Yarxoga xotinlikka berdi va u Attayni dunyoga keltirdi. 36  Attaydan Natan, Natandan Zobod tug‘ildi. 37  Zoboddan Eflol, Efloldan Obid tug‘ildi. 38  Obiddan Yohu, Yohudan Ozariyo tug‘ildi. 39  Ozariyodan Xalez, Xalezdan Elasax tug‘ildi. 40  Elasaxdan Sismay, Sismaydan Shallum tug‘ildi. 41  Shallumdan Yoxamiyo, Yoxamiyodan Elishama tug‘ildi. 42  Yaraxmalning ukasi Xolibning*+ o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Mesha, undan Zif dunyoga keldi. Xevronning otasi Morishoning o‘g‘illari ham bor edi. 43  Xevronning o‘g‘illari: Ko‘rax, Tappux, Rahem va Shema. 44  Shemadan Yoriximning otasi Raxam tug‘ildi. Rahemdan Shammay dunyoga keldi. 45  Shammaydan Moyun, Moyundan Bayt-Zur+ tug‘ildi. 46  Xolibning cho‘risi Efaxdan Xoron, Mo‘zo va Gazez dunyoga keldi. Xorondan Gazez tug‘ildi. 47  Yohdoyning o‘g‘illari: Raxem, Yo‘tom, Geshon, Palat, Efax va Shaf. 48  Xolibning cho‘risi Maxo Shabar bilan Tirxanoni dunyoga keltirdi. 49  Keyinchalik u Madmannoning+ otasi Shafni, Maxbinaning otasi Shavoni hamda Givani+ tug‘di. Xolibning+ Axsa+ degan qizi ham bor edi. 50  Bular Xolibning avlodlari edi. Efrataning+ to‘ng‘ichi Xurning+ o‘g‘illari: Xirat-Yorimning+ otasi Sho‘val, 51  Baytlahmning+ otasi Salmo va Bayt-Gaderning otasi Xoref. 52  Xirat-Yorimning otasi Sho‘valning o‘g‘illari: Menuxot xalqining yarmi bilan Horu. 53  Xirat-Yorimdan kelib chiqqan nasllar: yitarliklar+, futiylar, shumotiylar va mishroyiylar. Bulardan zoroxliklar+ bilan eshtoyo‘lliklar+ kelib chiqqan. 54  Salmoning avlodlari: Baytlahmda+, Natufoda, Otro‘t-Bayt-Yo‘abda yashovchilar, monaxatliklarning yarmi va zoroxliklar. 55  Yabizda yashovchi kotiblarning avlodlari: tirotliklar, shimatliklar, suxotliklar va xayiniylar+. Bular Raxav+ xonadonining otasi Xammatdan kelib chiqqan xayiniylar.

Izohlar

Ma’nosi «balo keltiruvchi». Yosh 7:1 da «Oxun».
Boshqa ismi «Xolib». Shu bobning 18-, 19- va 42- oyatlarida.
Boshqa ismi «Xalubay». Shu bobning 9-oyatida.
Yoki «uning atrofidagi».
Boshqa ismi «Xalubay». Shu bobning 9-oyatida.