Solnomalar birinchi kitob 20:1-8

  • Rabba qurshovga olinadi (1-3)

  • Filistimlik devqomatlar o‘ldiriladi (4-8)

20  Yilning boshida*, shohlar urushga ketadigan payt, Yo‘ab+ qo‘shinni jangga boshlab, ommonliklar yurtini vayron qildi va Rabbani+ qurshab oldi. Bu paytda Dovud Quddusda edi+. Yo‘ab Rabbaga hujum qilib, uni yer bilan yakson qildi+.  So‘ng Dovud Malkamning* tojini boshidan yechib oldi. Uning og‘irligi bir talant* oltinga teng bo‘lib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi. Bu toj Dovudning boshiga kiydirildi. U shuningdek, shahardan ko‘pdan-ko‘p o‘lja olib chiqdi+.  Shahar aholisini esa olib ketib, tosh kesishda, o‘tkir temir asboblar va boltalar bilan qilinadigan yumushlarda ishlatdi+. Dovud ommonliklarning barcha shaharlari bilan shunday yo‘l tutdi. Nihoyat, Dovud o‘z qo‘shini bilan Quddusga qaytdi.  Bundan keyin Gezerda filistimliklar bilan jang bo‘ldi. Jangda xushalik Sibbaxay+ rafaimlar+ avlodidan bo‘lgan Sippay degan kishini o‘ldirdi. Shunday qilib, filistimliklar bo‘ysundirildi.  Filistimliklar bilan yana bir bor jang bo‘ldi. Yovir o‘g‘li Elxanon gatlik Go‘liyotning+ ukasi Laxmini o‘ldirdi. Laxmining qo‘lida sopi to‘quvchilik dastgohining xodasiday katta nayzasi bor edi+.  Keyin Gatda+ ham urush bo‘ldi. Urushda har bir qo‘lida va har bir oyog‘ida 6 tadan, jami 24 ta barmog‘i bo‘lgan devqomat+ bir kishi qatnashdi. U ham rafaimlar avlodidan edi+.  U Isroilni masxara+ qilgani uchun, Dovudning akasi Shimoning+ o‘g‘li Yo‘natan uni o‘ldirdi.  Bu kishilar Gat+ shahridan bo‘lib, rafaimlar+ avlodidan edi. Ular Dovud va uning xizmatkorlari qo‘lidan halok bo‘lishdi.

Izohlar

Ya’ni bahorda.
Ommonliklarning buti bo‘lishi mumkin. Boshqa oyatlarda Mo‘lax yoki Milkom deb atalgan.
Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.