Solnomalar birinchi kitob 21:1-30

  • Dovud xalqni sanashni buyuradi (1-6)

  • Yahovadan kelgan jazo (7-17)

  • Dovud qurbongoh quradi (18-30)

21  Bundan so‘ng Shayton* Isroilga qarshi chiqib, Dovudni Isroil xalqini sanashga undadi+.  Shunda Dovud Yo‘abga+ va xalq boshliqlariga: «Boringlar, Bershevadan to Dangacha+ Isroil xalqini hisoblab chiqinglar. Keyin kelib menga xabar beringlar, men xalqning sonini bilayin»,— dedi.  Ammo Yo‘ab unga: «Ilohim, Yahova O‘z xalqini 100 karra ko‘paytirsin! Shoh hazratlari, axir ularning bari sizning xizmatkorlaringiz-ku! Nega endi hazratim bunday qilishni istayaptilar? Nima uchun Isroilni gunohga botirmoqchilar?» — deb aytdi.  Lekin shohning so‘zi Yo‘abnikidan ustun keldi. Yo‘ab Isroil yurti bo‘ylab aylanib chiqqach, Quddusga qaytdi+.  U ro‘yxatga olingan xalqning sonini Dovudga ma’lum qildi. Butun Isroilda qilich bilan qurollangan 1 100 000 jangchi, Yahudoda esa 470 000 jangchi bor edi+.  Ammo Levi va Benyamin qabilalari bu ro‘yxatga kiritilmadi+, chunki shohning so‘zi Yo‘ab+ uchun jirkanch edi.  Bu ish Allohga yoqmadi va U Isroilni jazoladi.  Dovud haq Xudoga: «Bu ishga qo‘l urib, men katta gunoh qildim+. Ahmoqona yo‘l tutganim uchun, iltimos, xizmatkoring gunohini kechir»+,— dedi.  Shunda Dovudga vahiylar aytib beruvchi Gad+ payg‘ambarga Yahova: 10  «Borib Dovudga ayt: “Yahova shunday demoqda: “Senga uchta jazo taklif qilaman. Qay birini tanlasang, o‘sha jazoni senga yuboraman”»,— dedi. 11  Gad payg‘ambar Dovudning oldiga kelib, shularni aytdi: «Yahova: “O‘zing tanla: 12  uch yil ocharchilik+ bo‘lsinmi yoki dushmanlaring qilichi uch oy seni ta’qib etib, qirg‘in qilsinmi+ yoxud Yahovaning farishtasi halokat keltirib+, butun Isroil yurti uch kun Yahovaning qilichidan — o‘latdan qirilib ketsinmi?”+ — dedi. Yaxshilab o‘ylab, meni yuborgan Zotga nima deb javob berishimni ayting». 13  Dovud Gad payg‘ambarga: «Jonim azobda qoldi. Odam qo‘liga tushgandan ko‘ra+, Yahovaning qo‘liga tushganim yaxshiroq, chunki U nihoyatda rahm-shafqatli»+,— deb javob berdi. 14  So‘ng Yahova Isroilga o‘lat yubordi+ va 70 000 odam nobud bo‘ldi+. 15  Bundan tashqari, haq Xudo Quddusni qirg‘in qilish uchun O‘z farishtasini yubordi. Yahova farishta qirg‘in qila boshlaganini ko‘rishi bilanoq, O‘z xalqiga o‘lat yuborganidan qayg‘urdi+ va farishtaga: «Yetar!+ Qo‘lingni tushir!» — dedi. Yahovaning farishtasi yobusiy+ O‘rnanning xirmoniga+ yaqinlashib qolgan edi. 16  Dovud boshini ko‘tarib, yer bilan osmon o‘rtasida Yahovaning farishtasi turganini ko‘rdi. Farishta qilichini yalang‘ochlab+, qo‘lini Quddus tomonga uzatib turgan edi. Shunda julga o‘rangan+ Dovud bilan oqsoqollar yerga yuztuban tiz cho‘kishdi+. 17  Dovud haq Tangriga: «Xalqni hisoblab chiqishni men buyurmaganmidim?! Gunoh qilgan menman-ku. Bu qilmishga faqat men qo‘l urganman+. Bu xalqda* nima ayb?! Ey, Xudoyim Yahova, iltimos, meni va otam xonadonini jazolagin. Ammo O‘z xalqingga bu baloni yog‘dirma»+,— deb aytdi. 18  Yahovaning farishtasi Gad+ payg‘ambar orqali Dovudga yobusiy O‘rnanning xirmoniga borib, o‘sha yerda Yahovaga atab qurbongoh qurishni aytdi+. 19  Dovud Yahovaning Gad payg‘ambar orqali aytgan so‘ziga ko‘ra o‘sha yerga bordi. 20  Bu paytda O‘rnan xirmonda bug‘doy yanchayotgan edi. U ortiga o‘girilib, farishta turganini ko‘rdi. Yonidagi to‘rtta o‘g‘li esa yashirinib oldi. 21  Dovud u tomonga kelayotganini ko‘rgan O‘rnan xirmondan darrov chiqdi-da, yuzi yerga tekkuday bo‘lib Dovudga ta’zim qildi. 22  Dovud unga: «Menga xirmoningni sot, shu yerda Yahovaga atab qurbongoh qurmoqchiman. Uni to‘liq narxiga sot, shunda xalqim boshiga yog‘ilgan balo to‘xtaydi»+,— deb aytdi. 23  Ammo O‘rnan Dovudga: «Olavering, shoh hazratlariga nima ma’qul kelsa, shuni qilsinlar. Kuydiriladigan qurbonlik uchun buqalarimni, o‘tin uchun xo‘ptirni*+, don nazri uchun bug‘doyni ham beraman. Bularning hammasini olavering»,— dedi. 24  Biroq shoh Dovud O‘rnanga: «Yo‘q, uni to‘liq narxiga sotib olaman. Senga tegishli narsalarni tekinga olib, Yahovaga bermayman, kuydiriladigan qurbonlik qilib keltirmayman»+,— deb aytdi. 25  Dovud bu joy uchun O‘rnanga 600 shekel* oltin berdi. 26  U o‘sha yerda Yahovaga atab qurbongoh bunyod etib+, kuydiriladigan qurbonliklar bilan tinchlik qurbonliklarini keltirdi. Dovud Yahovaga yolvordi va U osmondan qurbongohdagi kuydiriladigan qurbonliklar ustiga olov yuborib, unga javob berdi+. 27  Keyin Yahova farishtaga+ qilichini qiniga solib qo‘yishni buyurdi. 28  Yahova yobusiy O‘rnanning xirmonida unga javob berganini ko‘rgach, Dovud o‘sha yerda qurbonlik keltiradigan bo‘ldi. 29  Lekin Muso Yahova uchun sahroda barpo etgan muqaddas chodir va kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongoh bu paytda Givondagi+ tepalikda edi. 30  Biroq Dovud Xudodan maslahat so‘rash uchun u yerga bora olmadi. Chunki Yahova farishtasining qilichidan qo‘rqdi.

Izohlar

Boshqa variant «dushman».
So‘zma-so‘z «qo‘ylarda».
Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.