Solnomalar birinchi kitob 23:1-32

  • Dovud levilarni guruhlarga bo‘ladi (1-32)

    • Horun bilan o‘g‘illari tanlanib olinadi (13)

23  Dovud keksayib umri oxirlab qolganda, o‘g‘li Sulaymonni Isroil ustidan shoh etib tayinladi+.  Keyin Isroilning hamma beklarini, ruhoniylarni+ va levilarni+ yig‘di.  Yoshi 30 va undan yuqori bo‘lgan levilar ro‘yxatga olindi+. Ularning soni 38 000 tani tashkil etdi.  Bulardan 24 000 tasi Yahovaning uyidagi ishlar ustidan nazoratchi, 6 000 tasi boshliq va hakam+ sifatida xizmat qilardi.  Shuningdek, 4 000 kishi darvozabon+ edi. Yana 4 000 kishi Dovud Xudoni madh etish uchun yasagan musiqiy asboblarda Yahovaga hamd-u sano aytardi+.  So‘ng Dovud ularni guruhlarga+ bo‘ldi. Ularni Levi o‘g‘illari — Gershon, Qohot va Marori+ avlodlari bo‘yicha ajratdi.  Gershon o‘g‘illari: Laden bilan Shimey.  Laden o‘g‘illari: boshchi Yoxiyol, Zatom va Yo‘el+ — jami uchta.  Shimey o‘g‘illari: Shalumo‘t, Xaziyol va Xoron — jami uchta. Bular Laden naslidan bo‘lgan xonadonlar boshlari edi. 10  Shimey o‘g‘illari: Yaxat, Zenax, Yoush va Bariyo. Bu to‘rt kishi Shimeyning o‘g‘illari edi. 11  Yaxat boshchi, Zizo esa undan keyingisi edi. Yoush bilan Bariyoning o‘g‘illari ko‘p bo‘lmagani bois, ular bitta xonadon* hisoblanib, bir vazifani bajarishga mas’ul edilar. 12  Qohot o‘g‘illari: Imrom, Izxor+, Xevron va Uziyol+ — jami to‘rtta. 13  Imrom o‘g‘illari: Horun+ bilan Muso+. Horun va uning o‘g‘illari Eng muqaddas xonada doimo xizmat qilish+, Yahovaning huzurida qurbonliklar keltirish, Unga xizmatni ado etish, Uning nomidan xalqni duo qilish uchun tanlangan edilar+. 14  Haq Xudoning odami bo‘lmish Musoning o‘g‘illari esa Levi qabilasiga nomma-nom kiritilgan edi. 15  Muso o‘g‘illari: Gershom+ bilan Eliazar+. 16  Gershom o‘g‘illaridan boshchi Shavuvol+. 17  Eliazarning avlodidan boshchi Raxaviyo+. Eliazarning boshqa o‘g‘illari yo‘q edi. Raxaviyoning esa o‘g‘illari ko‘p edi. 18  Izxor+ o‘g‘illaridan boshchi Shalumit+. 19  Xevron o‘g‘illari: boshchi Yoriyo, ikkinchisi Emoriyo, uchinchisi Yaxaziyol, to‘rtinchisi Yoxamom+. 20  Uziyol o‘g‘illari+: boshchi Mixo, ikkinchisi Ishshiyo. 21  Marori o‘g‘illari: Maxli va Mushi+. Maxli o‘g‘illari: Elazar bilan Kish. 22  Elazar o‘g‘il ko‘rmay olamdan o‘tdi. Uning faqat qizlari bor edi. Ularga o‘z qarindoshlari — Kishning o‘g‘illari uylandi. 23  Mushi o‘g‘illari: Maxli, Eder va Yorimo‘t — jami uchta. 24  Bular — xonadonlari va xonadon boshlari bo‘yicha ismlari nomma-nom ro‘yxatga olingan Levi o‘g‘illaridir. Ular 20 va undan yuqori yoshda bo‘lib, Yahovaning uyida xizmat qilishga tayinlangan edi. 25  Dovud: «Isroil Xudosi Yahova O‘z xalqiga tinchlik berdi+. U Quddusda toabad maskan quradi+. 26  Levilar muqaddas chodirni ham, xizmatda qo‘llaniladigan anjomlarni ham ko‘tarib yurishmaydi»+,— dedi. 27  Dovudning so‘nggi yo‘l-yo‘riqlariga binoan, 20 va undan yuqori yoshda bo‘lgan levilar hisoblab chiqildi. 28  Ular Yahovaning uyida xizmat qiladigan Horunning o‘g‘illariga+ hovlilar-u+ oshxonalardagi yumushlarni bajarish, muqaddas narsalarni tozalash va haq Xudoning uyidagi boshqa muhim ishlarda yordam berishardi. 29  Ular taxlam nonlar*+, don nazrlari uchun a’lo sifatli un, lochiralar+, xamirga moy qo‘shib tovada pishiriladigan nonlar+, shuningdek, og‘irligi va hajmi o‘lchanadigan har qanday ishlarga javobgar edilar. 30  Ular har kuni ertalab+ va kechqurun Yahovaga shukrona-yu hamd-u sanolar aytishardi+. 31  Ular Shabbat+ kunlari, yangi oy chiqqanda+ va mavsumiy bayramlarda+ Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonliklar keltirishda Horunning o‘g‘illariga yordam berishardi. Tavrotda yozilganlarga ko‘ra, ular doimo Yahovaning huzurida shunday qilishardi. 32  Qolaversa, ular uchrashuv chodirida va muqaddas joyda o‘z vazifalarini bajarib, aka-ukalari bo‘lmish Horunning o‘g‘illariga Yahovaning uyida xizmat qilishga ko‘maklashishardi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «ota xonadoni», ya’ni ota tomondagi oila nazarda tutilgan.
Ya’ni tortiq etiladigan nonlar.