Solnomalar birinchi kitob 25:1-31
-
Xudoning uyidagi musiqachi va qo‘shiqchilar (1-31)
25 Dovud guruh boshliqlari bilan birgalikda Osif, Xaman va Yodutun+ o‘g‘illaridan ayrimlarini arfa, torli asboblar+ va zil+ jo‘rligida Xudoni madh etish hamda bashorat qilish uchun ajratdi. Bu xizmatga tayinlanganlar ro‘yxati quyidagicha:
2 Osif o‘g‘illaridan: Zakkur, Yusuf, Nataniyo va Osorilax. Ular otasi Osifning, Osif esa shohning boshqaruvi ostida bashorat qilardi.
3 Yodutun+ o‘g‘illaridan: Gadaliyo, Zari, Yeshayo, Shimey, Xashaviyo va Mattitiyo+ — jami oltita. Ular otasi Yodutunning boshqaruvi ostida edilar. Yodutun arfa chalib bashorat qilar hamda Yahovaga shukrona-yu hamd-u sano aytardi+.
4 Xaman+ o‘g‘illaridan: Bukkiyox, Mattaniyo, Uziyol, Shavuvol, Yarimo‘t, Xanoniyo, Xonin, Eliota, Gidalti, Romamtizer, Yoshbaxasha, Malo‘ti, Xo‘tir va Maxaziyo‘t.
5 Bularning bari Xamanning o‘g‘illari edi. Xaman shohga vahiylar aytib berar, haq Tangrining so‘zlarini e’lon qilib, Uni ulug‘lardi. Alloh unga 14 ta o‘g‘il va 3 ta qiz bergan edi.
6 Ular otasining boshqaruvi ostida Yahovaning uyida zillar, torli asboblar hamda arfalar chalib+ qo‘shiq kuylashar va haq Xudoning uyida xizmat qilishardi.
Osif, Yodutun va Xaman shohning boshqaruvi ostida edi.
7 Ular va aka-ukalari Yahovaga qo‘shiq kuylashga o‘rgatilgan bo‘lib, hammasi o‘z ishining ustasi edi. Ularning soni 288 kishini tashkil etardi.
8 Vazifalarini bo‘lishib olish uchun katta-yu kichik, usta-yu shogirdlar birday qur’a tashlashdi+.
9 Birinchi qur’a Osifning o‘g‘li Yusufga+ tushdi. Ikkinchisi Gadaliyoga+, aka-ukalari va o‘g‘illariga — 12 kishi.
10 Uchinchisi Zakkurga+, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
11 To‘rtinchisi Yizriga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
12 Beshinchisi Nataniyoga+, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
13 Oltinchisi Bukkiyoxga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
14 Yettinchisi Yasarelaxga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
15 Sakkizinchisi Yeshayoga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
16 To‘qqizinchisi Mattaniyoga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
17 O‘ninchisi Shimeyga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
18 O‘n birinchisi Ozariyolga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
19 O‘n ikkinchisi Xashaviyoga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
20 O‘n uchinchisi Shuvailga+, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
21 O‘n to‘rtinchisi Mattitiyoga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
22 O‘n beshinchisi Yorimo‘tga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
23 O‘n oltinchisi Xanoniyoga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
24 O‘n yettinchisi Yoshbaxashaga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
25 O‘n sakkizinchisi Xoninga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
26 O‘n to‘qqizinchisi Malo‘tiga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
27 Yigirmanchisi Eliotaga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
28 Yigirma birinchisi Xo‘tirga, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
29 Yigirma ikkinchisi Gidaltiga+, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
30 Yigirma uchinchisi Maxaziyo‘tga+, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.
31 Yigirma to‘rtinchisi Romamtizerga+, o‘g‘illari va aka-ukalariga — 12 kishi.