Solnomalar birinchi kitob 26:1-32

  • Darvozabonlar guruhlari (1-19)

  • Xazinachilar va boshqa ma’murlar (20-32)

26  Darvozabonlar+ guruhlari quyidagicha edi: Ko‘rax naslidan bo‘lgan Osif o‘g‘illaridan Korining o‘g‘li Mashalmiyo+.  Mashalmiyo o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Zakariyo, ikkinchisi Yodiyol, uchinchisi Zabadiyo, to‘rtinchisi Yatniyol,  beshinchisi Elam, oltinchisi Yohuxanon, yettinchisi Elixo‘nay.  Obid-Edom o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Shamayo, ikkinchisi Yohuzabad, uchinchisi Yo‘x, to‘rtinchisi Soxor, beshinchisi Natanil,  oltinchisi Omiyol, yettinchisi Issaxor, sakkizinchisi Fullatay edi. Xudo Obid-Edomga mana shunday baraka bergan edi.  Uning to‘ng‘ichi Shamayodan tug‘ilgan o‘g‘illar kuchli va qobiliyatli bo‘lgani uchun o‘z xonadonlari boshlari bo‘lishdi.  Shamayo o‘g‘illari: O‘tnax, Rafail, Obid va Elzabad. Elzabadning aka-ukalari Elixu bilan Samaxiyo ham qobiliyatli kishilar edi.  Bularning bari Obid-Edomning o‘g‘illari edi. Ularning o‘zlari, o‘g‘illari hamda aka-ukalari — jami 62 kishi — qobiliyatli va xizmat qilishga yaroqli edi.  Mashalmiyoning+ o‘g‘illari va aka-ukalari — jami 18 nafar — qobiliyatli kishilar edi. 10  Marori naslidan bo‘lgan Xo‘sax o‘g‘illari: boshchi Shimri. U to‘ng‘ich bo‘lmasa-da, otasi uni boshchi etib tayinlagan edi. 11  Ikkinchisi Xilqiyo, uchinchisi Tavaliyo, to‘rtinchisi Zakariyo. Xo‘saxning hamma o‘g‘illari va aka-ukalari soni 13 nafarni tashkil etardi. 12  Ushbu darvozabonlar guruhlarida boshchilik qiladiganlarning ham aka-ukalari kabi Yahovaning uyida o‘z vazifalari bor edi. 13  Katta-yu kichik birday o‘z xonadonlari bo‘yicha qur’a tashlab+, qaysi darvozada kim xizmat qilishini aniqlashdi. 14  Qur’a bo‘yicha sharq tomondagi darvoza Shalamiyoga tushdi. Uning o‘g‘li — dono maslahatchi Zakariyo uchun qur’a tashlanganda, unga shimol tomondagi darvoza tushdi. 15  Obid-Edom janub tomondagi darvozani, o‘g‘illari+ esa omborlarni qo‘riqlaydigan bo‘ldi. 16  Shupim bilan Xo‘saxga+ yuqoriga eltadigan katta yo‘l bo‘yidagi Shallexet darvozasi yonidagi g‘arb tomon tushdi. Qo‘riqchilar guruhlari birin-ketin turishdi. 17  Sharq tomonda — oltita levi, shimol tomonda — har kuni to‘rtta, janub tomonda — har kuni to‘rtta. Omborlarni qo‘riqlash uchun+ yonma-yon ikki juft qo‘riqchi qo‘yildi. 18  G‘arb tomondagi peshayvonda — katta yo‘l+ bo‘yida to‘rt kishi, peshayvon oldida ikki kishi turdi. 19  Bular Ko‘rax va Marori o‘g‘illaridan iborat bo‘lgan darvozabonlar guruhlari edi. 20  Levilardan Oxiyo haq Tangrining uyidagi xazinalarga va bag‘ishlangan*+ narsalar saqlanadigan xazinalarga javobgar bo‘ldi. 21  Laden o‘g‘illaridan, ya’ni Gershon avlodidan kelib chiqqan, Ladenga qarashli xonadonlar boshlaridan biri Yoxiyoli+. 22  Yoxiyolining o‘g‘illari Zatom bilan Yo‘el ham Yahovaning uyidagi xazinalarga+ javobgar etib tayinlandi. 23  Imrom, Izxor, Xevron va Uziyoldan kelib chiqqan avlodlardan+, 24  Musoning o‘g‘li Gershomning avlodidan Shavuvol omborlarga bosh nazoratchi etib qo‘yildi. 25  Uning aka-ukalaridan — Eliazarning+ avlodidan Raxaviyo+, Yeshayo, Yoram, Zixri va Shalumo‘t tanlandi. 26  Shalumo‘t bilan aka-ukalari xazinalarga, ya’ni shoh Dovud+, xonadonlar boshlari+, yuzboshi, mingboshi va lashkarboshilar Xudoga bag‘ishlagan+ narsalar saqlanadigan barcha xazinalarga javobgar etib tayinlandi. 27  Ular janglarda+ qo‘lga kiritgan o‘ljalardan+ bir qismini Yahovaning uyini yaxshi holatda saqlash uchun bag‘ishlashardi. 28  Qolaversa, valiy+ Shomuil, Kish o‘g‘li Shoul, Nir o‘g‘li Abnur+ hamda Zeruya o‘g‘li+ Yo‘ab+ Xudoga bag‘ishlagan har qanday narsalarga Shalumit* bilan aka-ukalari javobgar edi. 29  Izxor+ avlodidan kelib chiqqan Xenaniyo va o‘g‘illari Xudoning uyidan tashqaridagi ishlarga mas’ul edi. Ular Isroil ustidan boshliqlar va hakamlar+ sifatida tayinlangan edi. 30  Xevron+ avlodidan kelib chiqqan Xashaviyo va aka-ukalari — jami 1 700 ta qobiliyatli kishi — Iordanning g‘arbiy hududidagi Isroil yerlariga, Yahova hamda shohning barcha ishlarini boshqarish uchun tayinlandi. 31  Xevron avlodidan bo‘lgan Yoriyo+, Xevron naslining xonadon boshi edi. Dovud hukmronligining 40- yili+ Xevron avlodi orasidan kuchli va qobiliyatli kishilar izlanganda, bunday kishilar Giladdagi Yazirdan+ topildi. 32  Yoriyoning har biri xonadonlar boshi bo‘lgan 2 700 ta qobiliyatli aka-ukalari bor edi. Shoh Dovud ularni haq Xudoning va shohning barcha ishlarini bajarish uchun Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi ustidan bosh etib tayinladi.

Izohlar

Yoki «muqaddas qilingan».
Shu bobning 25- va 26- oyatlaridagi «Shalumo‘t».