Solnomalar birinchi kitob 27:1-34

  • Shoh xizmatidagi boshliqlar (1-34)

27  Shohning+ qo‘shiniga kirgan isroilliklar bo‘linmalari quyida keltirilgan. Ushbu bo‘linmalarga xonadonlar boshlari, yuzboshilar+, mingboshilar va bo‘linmalarga boshchilik qiladiganlar kirardi. Bo‘linmalar yilning har oyida, o‘z navbati bilan xizmat qilardi. Bo‘linmaning har birida 24 000 kishi bor edi.  Yilning birinchi oyida xizmat qiladigan birinchi bo‘linmaga Zabdiyol o‘g‘li Yoshuvam+ boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi.  U Paraz+ avlodidan bo‘lib, birinchi oyda xizmat qilishga tayinlangan hamma guruh boshchilarining sardori edi.  Ikkinchi oyda xizmat qiladigan bo‘linma boshchisi oxo‘xiy+ Do‘day+, bo‘linma sardori esa Mixlo‘t edi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi.  Uchinchi oyda xizmat qilishga tayinlangan bo‘linma boshchisi Binayo+ edi. U bosh ruhoniy Yohayidoning+ o‘g‘li bo‘lib, uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi.  Binayo o‘ttizta jangchi orasida qudratlisi bo‘lib ularning boshchisi edi. Uning o‘g‘li Omizabod esa bo‘linmaga boshchilik qilardi.  To‘rtinchi oyda xizmat qiladigan to‘rtinchi bo‘linmaga Yo‘abning ukasi+ Osoyil+ boshchilik qilardi. Undan keyin o‘g‘li Zabadiyo boshchi etib tayinlandi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi.  Beshinchi oyda xizmat qiladigan beshinchi bo‘linma boshchisi Yizraxiyo naslidan Shamhut edi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi.  Oltinchi oyda xizmat qiladigan oltinchi bo‘linmaga taxuvalik+ Ixeshning o‘g‘li Ero+ boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi. 10  Yettinchi oyda xizmat qiladigan yettinchi bo‘linmaga Efrayim naslidan palonlik Xalez+ boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi. 11  Sakkizinchi oyda xizmat qiladigan sakkizinchi bo‘linmaga Zerah+ naslidan xushalik Sibbaxay+ boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi. 12  To‘qqizinchi oyda xizmat qiladigan to‘qqizinchi bo‘linmaga Benyamin naslidan onoto‘tlik+ Abuazar+ boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi. 13  O‘ninchi oyda xizmat qiladigan o‘ninchi bo‘linmaga Zerah+ naslidan natufolik Maxray+ boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi. 14  O‘n birinchi oyda xizmat qiladigan o‘n birinchi bo‘linmaga Efrayim naslidan piratonlik Binayo+ boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi. 15  O‘n ikkinchi oyda xizmat qiladigan o‘n ikkinchi bo‘linmaga O‘tniyol naslidan natufolik Xalday boshchilik qilardi. Uning bo‘linmasida 24 000 kishi bor edi. 16  Isroilning barcha qabila boshlari quyidagilar: Ruben qabilasining boshi Zixri o‘g‘li Eliazar. Shimo‘n qabilasining boshi Maxo o‘g‘li Shafatiyo. 17  Levi qabilasining boshi Kamuvol o‘g‘li Xashaviyo. Horun avlodining boshi Zodo‘x. 18  Yahudo qabilasining boshi Dovudning akalaridan biri Elixu+. Issaxor qabilasining boshi Mikoil o‘g‘li Omri. 19  Zabulun qabilasining boshi Obodiyo o‘g‘li Yishmayo. Naftali qabilasining boshi Ozriyol o‘g‘li Yarimo‘t. 20  Efrayim qabilasining boshi Ozaziyo o‘g‘li Ho‘sheya. Manashe qabilasining yarmiga Podiyo o‘g‘li Yo‘el bosh edi. 21  Giladdagi Manashe qabilasining yarmiga Zakariyo o‘g‘li Eddo, Benyamin qabilasiga Abnur+ o‘g‘li Yasiyol bosh edi. 22  Dan qabilasining boshi Yeroxam o‘g‘li Ozariyol. Bularning bari Isroil qabilalarining beklari edi. 23  Dovud 20 va undan kichik yoshdagilarni hisoblamadi, chunki Yahova Isroil xalqini osmondagi yulduzlarday ko‘paytirishni va’da bergan edi+. 24  Zeruyaning o‘g‘li Yo‘ab xalqni sanashni boshlagandi-yu, ammo oxiriga yetkazmagan edi. Boisi, bu ish Xudoning Isroilga nisbatan g‘azabini keltirgan edi+. Bu sanoq shoh Dovud tarixi yozilgan kitobga kiritilmadi. 25  Shohning xazinalari+ ustidan Odil o‘g‘li Ozmobit bosh etib qo‘yildi. Dalalar, shaharlar, qishloqlar-u minoralardagi omborlarga Uzziyo o‘g‘li Yo‘natan mas’ul bo‘ldi. 26  Yerga ishlov beradigan dala ishchilari ustidan Xalub o‘g‘li Ezri bosh edi. 27  Uzumzorlarga ramalik Shimey javobgar bo‘ldi. Sharob saqlanadigan omborlar esa shafomlik Zabdi nazorati ostida edi. 28  Shefeladagi+ zaytunzor va anjir daraxtlariga+ gederlik Baalxanon mas’ul edi. Zaytun moyi saqlanadigan omborlar esa Yo‘shning nazorati ostida edi. 29  Sharonda+ o‘tlaydigan qoramollarga sharonlik Shitray, vodiylardagi qoramollarga esa Adlay o‘g‘li Shofot javobgar edi. 30  Tuyalarga ismoiliy Obil, eshaklarga mirono‘tlik Yoxidayo mas’ul edi. 31  Qo‘y-echkilarga hojariy Yoziz javobgar edi. Shoh Dovudning mol-mulki ustidan bosh etib tayinlanganlar mana shular edi. 32  Dovudning jiyani Yo‘natan+ aql-zakovatli maslahatchi va kotib edi. Xaxmo‘n o‘g‘li Yoxiyol shoh o‘g‘illarining+ tarbiyachisi edi. 33  Oxito‘fel+ shoh maslahatchisi, orxiy Xushay+ esa shohning do‘sti edi. 34  Oxito‘feldan keyin, Binayo+ o‘g‘li Yohayido bilan Abuatar+ shoh maslahatchilari bo‘lishdi. Shoh qo‘shinining lashkarboshisi Yo‘ab+ edi.

Izohlar