Solnomalar birinchi kitob 28:1-21

  • Dovudning ma’bad qurilishi haqidagi nutqi (1-8)

  • Sulaymonga berilgan ko‘rsatmalar, ma’bad chizmalari (9-21)

28  So‘ngra Dovud Isroilning hamma beklarini — qabila beklarini, shohga xizmat qiladigan bo‘linma boshchilarini+, mingboshi, yuzboshi+, shoh va o‘g‘illarining+ jamiki mol-mulki-yu chorvasi ustidan bosh etib tayinlanganlarni+, saroy amaldorlari, kuchli va qobiliyatli kishilarni+ Quddusga yig‘di.  Dovud o‘rnidan turib, shunday dedi: «Ey xalqim, birodarlarim, so‘zlarimni tinglanglar! Men Yahovaning ahd sandig‘i turadigan uy qurishni, bu uy Xudoyimizning oyoq qo‘yadigan kursisi bo‘lishini ko‘nglimda niyat qilgan edim+. Bu qurilishga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydim+.  Ammo menga haq Xudo: “Mening ismimga atalgan uyni sen qurmaysan+. Chunki sen janglar qilib, qon to‘kding”+,— deb aytdi.  Biroq Isroil Xudosi Yahova otamning butun xonadonidan meni tanlab, Isroil ustidan toabad shoh qilib qo‘ydi+. U Yahudoni yo‘lboshchi sifatida tanladi+. Yahudo xonadonidan otamning xonadonini tanlab+, otamning o‘g‘illari orasidan meni butun Isroilga shoh etib tayinlashni ma’qul ko‘rdi+.  Yahova menga ko‘p o‘g‘illar berdi+. Ular orasidan o‘g‘lim Sulaymonni+ Yahovaning shohlik taxtiga o‘tirib, Isroilni boshqarishi uchun tanladi+.  U menga yana shularni aytdi: “Mening uyim bilan hovlilarimni o‘g‘ling Sulaymon quradi. Zero, uni O‘zimga o‘g‘il qilib tanladim va Men uning Otasi bo‘laman+.  Agar u amrlarimga, qonun-qoidalarimga bugungiday to‘liq rioya qilsa+, Men uning shohligini toabad mustahkam qilib o‘rnataman”+.  Shu bois, butun Isroil, Yahovaning jamoati hamda Tangrimiz oldida bularni aytaman: Allohingiz Yahovaning amrlarini o‘rganib, ularga sidqidildan amal qilinglar. Shunda mana bu yaxshi yurtga egalik qilaverasizlar+ va u o‘g‘illaringizga abadiy meros bo‘lib o‘tadi.  Sen esa, o‘g‘lim Sulaymon, otangning Xudosini tanib-bil, Unga butun qalb bilan+ bajonidil xizmat qil. Chunki Yahova yuraklarni tekshiradi+, U har qanday o‘y-fikrlar-u niyatlarni ko‘radi+. Uni izlasang, albatta topasan+. Bordi-yu, Uni tark etsang, U sendan mangu yuz o‘giradi+. 10  Yodda tut, Yahova O‘zining ma’badi bo‘ladigan uyni qurish uchun seni tanladi. Jasoratli bo‘l va ishga kirish». 11  Dovud o‘g‘li Sulaymonga ma’bad dahlizining+, uning xonalari, omborxonalari, boloxonalari, ichki xonalari va yarashtiruvchi qopqoq turadigan xonaning*+ chizmalarini+ berdi. 12  Shuningdek, Xudoning ruhi orqali ayon etilgan narsalarning — Yahova uyining hovlilari+, atrofidagi oshxonalar, haq Tangrining xazinalari, shu bilan birga bag‘ishlangan*+ narsalar saqlanadigan xazinalarning chizmalarini unga berdi. 13  Qolaversa, unga ruhoniylar va levilar guruhlariga+, Yahovaning uyida qilinadigan ishlarga hamda Yahovaning uyida ishlatiladigan barcha anjomlarga tegishli yo‘l-yo‘riqlarni berdi. 14  U xizmatning turli sohalarida qo‘llaniladigan oltin va kumush anjomlar uchun sarflanadigan oltin va kumush miqdorini belgiladi. 15  Turli oltin chiroqpoyalar+ va moychiroqlar uchun, turli kumush chiroqpoyalar va moychiroqlar uchun sarflanadigan oltin va kumush miqdorini belgilab berdi. 16  Taxlam nonlar*+ qo‘yiladigan stollarni qoplashga ketadigan oltin, shuningdek, kumush stollarni kumush bilan qoplashga ketadigan kumush miqdorini ajratib berdi. 17  Sof oltindan sanchqilar, kosalar, ko‘zalar, oltin kosachalar+, turli kosachalar va kumush kosachalar-u har xil kosachalar og‘irligini belgiladi. 18  Tutatqi qurbongohi uchun toza oltin miqdorini+, Xudoning aravasini+ tasvirlovchi, ya’ni qanotlarini yozib, Yahovaning ahd sandig‘iga soya tushirib turadigan oltin karublarni+ yasash uchun sarflanadigan oltin miqdorini belgilab berdi. 19  Dovud: «Yahovaning qo‘li men bilan edi. Bu chizmalarni+ ikir-chikirigacha yozishim uchun U menga aql-idrok ato etdi»+,— dedi. 20  Bundan so‘ng, Dovud o‘g‘li Sulaymonga shunday dedi: «Jasoratli va mahkam bo‘lib, ishga kirish. Hecham qo‘rqma, vahimaga tushma. Zero, Tangri Yahova, mening Xudoyim sen bilandir!+ Yahovaning uyidagi barcha ishlar oxiriga yetmagunicha, U seni tashlab ketmaydi, aslo tark etmaydi+, U sen bilan bo‘ladi. 21  Ruhoniylar va levilar+ guruhlari+ haq Xudoning uyidagi barcha xizmatlarni bajarishga tayyor. Turli ishlarni amalga oshiradigan mohir ishchilaring+, beklar+ va butun xalq amringga muntazirdir».

Izohlar

Yoki «gunohdan forig‘ etish xonasining».
Yoki «muqaddas qilingan».
Ya’ni tortiq etiladigan nonlar.