Solnomalar birinchi kitob 4:1-43
4 Yahudoning o‘g‘illari: Paraz+, Xazron+, Karmi, Xur+ va Sho‘val+.
2 Sho‘valning o‘g‘li Rayodan Yaxat tug‘ildi. Yaxatdan Oximay bilan Lo‘had tug‘ildi. Bular zoroxliklarning+ avlodlari edi.
3 Etomning+ otasining* o‘g‘illari: Yizril, Yishmo va Yidbosh (uning Xazaleylpo‘n ismli qizi ham bor edi).
4 Shuningdek, Gado‘rning otasi Panuval va Xushaning otasi Eyzar. Bular Baytlahmning+ otasi, Efrataning to‘ng‘ichi Xurning+ o‘g‘illaridir.
5 Taxuvaning+ otasi Ashxurning+ Xela va Naro ismli ikki xotini bor edi.
6 Narodan ko‘rgan o‘g‘illari: Oxizam, Xafer, Tamanax va Xaxashtori. Bular Naroning o‘g‘illari edi.
7 Xelaning o‘g‘illari esa Zaret, Izxor va Etxan.
8 Kozdan Onib va Zobeba ismli o‘g‘illar tug‘ildi. Kozdan Xarum o‘g‘li Oxarxelning avlodlari kelib chiqdi.
9 Yabiz aka-ukalaridan ko‘ra obro‘li edi. Onasi: «Men uni qiynalib tuqqanman»,— deya unga Yabiz* deb ism qo‘ygan edi.
10 Yabiz Isroilning Xudosiga o‘tinib: «Qaniydi menga baraka yog‘dirib, hududimni kengaytirsang edi! Qo‘lingni uzatib, meni balo-qazolardan asrasang edi! Shunda men hech qanday ziyon ko‘rmas edim!» — dedi. Tangri uning tilagini amalga oshirdi.
11 Shuxoning akasi Xalubdan Maxir tug‘ildi, Maxirdan Eshtun dunyoga keldi.
12 Eshtundan Baytrafa, Posiyox va Ir-Naxoshning otasi Taxinno tug‘ildi. Bular Raxa aholisi edi.
13 Xanazning o‘g‘illari: O‘tniyol va Sarayo. O‘tniyolning+ o‘g‘li Xatat edi.
14 Miyono‘taydan O‘fra tug‘ildi. Sarayodan Ge-Xarashimning* otasi Yo‘ab dunyoga keldi. Bu joyda hunarmandlar yashagani uchun shunday nom berilgan edi.
15 Yafunax o‘g‘li Xolibning+ o‘g‘illari: Iru, Elox va Nayam. Eloxning o‘g‘li Xanaz edi.
16 Yoxalilning o‘g‘illari: Zif, Zifo, Tirayo va Osoriyol.
17 Ezraxning o‘g‘illari: Eter, Mirod, Ifar va Yolun. Uning xotini* homilador bo‘lib Miryam, Shammay va Eshtamo‘vaning otasi Yishboxni tug‘di.
18 (Uning yahudiy xotini Gado‘rning otasi Yoredni, So‘xo‘ning otasi Xaberni va Zono‘vaxning otasi Yohutalni tug‘ib berdi.) Bular Mirod uylangan fir’avnning qizi Bitiyoning o‘g‘illari edi.
19 Xo‘diyo Naxamning qarindoshiga uylandi. Undan ko‘rgan o‘g‘illari: Xarm naslidan bo‘lgan Keylaxning hamda maxolik Eshtamo‘vaning otasi.
20 Shimonning o‘g‘illari: Omno‘n, Rina, Banxanon va Tilo‘n. Yishining o‘g‘illari: Zo‘xit va Banzo‘xit.
21 Yahudo o‘g‘li Sheloning+ o‘g‘illari: Lexaning otasi G‘ur, Morishoning otasi Lado, shuningdek, Ashbiyaning xonadonidan kelib chiqqan sifatli mato to‘quvchilar avlodlari,
22 Yo‘xim, Xozeba erkaklari, Yo‘sh, Soraf (mo‘ablik ayollarga uylangan) hamda Yoshuvlahm. Bu, qadimdan qolgan yozuvlar.
23 Ular kulol bo‘lishgan. Ular Natayim va Gederada yashab, shohga xizmat qilishgan.
24 Shimo‘nning+ o‘g‘illari: Namuvol, Yomin, Yoriv, Zerah va Shovul+.
25 Shallumdan Mivsom, Mivsomdan Mishmo,
26 Mishmodan Xammuvol, Xammuvoldan Zakkur, Zakkurdan Shimey tug‘ildi.
27 Shimey 16 nafar o‘g‘il, 6 nafar qiz ko‘rdi. Ammo aka-ukalarining o‘g‘illari kam edi. Shu sababli, ularning avlodlari Yahudo avlodlariday+ ko‘p bo‘lmadi.
28 Ular Bersheva+, Mo‘lodax+, Xazor-Shuvol+,
29 Bilxax, Ezam+, To‘lad,
30 Batuval+, Xo‘rmax+, Zixlax+,
31 Bayt-Markobo‘t, Xazor-Susum+, Bayt-Biriy va Sharayim shaharlarida yashashgan. Bu shaharlar Dovud shohlik qilishni boshlagunga qadar ularga tegishli bo‘lgan.
32 Ular yashagan joylar mana bular: Etom, Oyin, Rimmon, To‘xan va Oshon+. Hammasi bo‘lib beshta shahar.
33 Buning ustiga, Baalgacha bo‘lgan shaharlarning atrofidagi barcha joylar. Bu, ularning nasabnomasi va ular yashagan joylar bo‘lgan.
34 Quyidagilar ham Shimo‘nning avlodlari edi: Mashuvov, Yamlax, Emoziyo o‘g‘li Yo‘sha,
35 Yo‘el, Yo‘shiviyoning o‘g‘li, Sarayoning nevarasi, Osiyolning evarasi Yohu,
36 Eliyo‘nay, Yaqo‘vo, Yoshuxayo, Osoyoh, Odil, Yosimel, Binayo,
37 Ziza (Ziza Shifining, Shifi Elonning, Elon Yodayoning, Yodayo Shimrining, Shimri Shamayoning o‘g‘li edi).
38 Ismlari sanab o‘tilganlar xonadon boshlari bo‘lishgan. Ularning avlodlari tobora ko‘payib borgan.
39 Ular qo‘y-echkilari uchun yaylov izlab, Gado‘rning kiraverishigacha — vodiyning sharq tomoniga qadar borishdi.
40 Oxiri ular unumdor, yaxshi yaylov topishdi. U yerlar keng, tinch va xavfsiz edi. Avvallari u yerlarda Xom avlodlari+ yashardi.
41 Ismlari aytib o‘tilgan kishilar Yahudo shohi Hizqiyoning+ davrida u yerda yashagan Xom va Munim avlodlari chodirlariga hujum qilib, ularni qirib tashlashgan. O‘zlari esa suruvlari uchun yaylov topishgani bois, u yerga o‘rnashib olishgan.
42 Shimo‘n o‘g‘illaridan 500 kishi — Yishining o‘g‘illari Pilatiyo, Nariyo, Rafiyo va Uziyol boshchiligida Seir+ tog‘iga borishdi.
43 Ular tirik qolgan omoleklarni yo‘q qilishdi+. O‘zlari esa shu kunga qadar o‘sha yerda yashab kelishmoqda.
Izohlar
^ Bu bobdagi ayrim ismlar odamlarning emas, joylarning nomi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, «ota» so‘zi asoschi degan ma’noni anglatishi mumkin.
^ Bu ism ibroniy tilida «azob» degan ma’noga yaqin bo‘lishi mumkin.
^ Ma’nosi «hunarmandlar vodiysi».
^ Ehtimol, 18- oyatdagi «Bitiyo».