Solnomalar birinchi kitob 5:1-26

  • Rubenning avlodlari (1-10)

  • Gadning avlodlari (11-17)

  • Hojariylar mag‘lub etiladi (18-22)

  • Manashe qabilasining yarmi (23-26)

5  Isroilning to‘ng‘ichi Ruben+ edi. U to‘ng‘ich bo‘lsa-da, otasining yotog‘ini bulg‘agani uchun+, to‘ng‘ichlik huquqi Isroilning o‘g‘li Yusufning o‘g‘illariga berildi+. Shu bois, Ruben nasabnomada to‘ng‘ich sifatida qayd etilmadi.  Yahudo+ aka-ukalaridan ustun va bo‘lajak yo‘lboshchi undan kelib chiqqan bo‘lsa ham+, to‘ng‘ichlik huquqi Yusufga berildi.  Isroilning to‘ng‘ichi Rubenning o‘g‘illari mana bular: Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi+.  Yo‘eldan Shamayo, Shamayodan Go‘g, Go‘gdan Shimey,  Shimeydan Mixo, Mixodan Rayo, Rayodan Baal,  Baaldan Berax tug‘ildi. Ossuriya shohi Tiglatpalasar*+ uni asir qilib olib ketgan edi. Berax Ruben qabilasining yo‘lboshchisi edi.  Uning oilalari bo‘yicha nasabnomada qayd etilgan aka-ukalari quyidagilar: xonadon boshi Yaviyol, Zakariyo  va Belax. U Azazning o‘g‘li, Shemaning nevarasi, Yo‘elning evarasi edi. Belax Aroyerda+, Navo va Baal-Miyongacha+ bo‘lgan yerlarda yashardi.  Gilad yurtidagi+ chorvasi ko‘payib ketgani bois, ular sharqga, Furot daryosigacha+ cho‘zilgan sahroga qadar bo‘lgan joylarga o‘rnashishdi. 10  Shoh Shoulning davrida ular hojariylarga qarshi jang qilib, g‘alaba qozonishgan edi. Shu sababli, ular Giladning sharqidagi barcha hududlar bo‘ylab chodirlarda yashay boshlashdi. 11  Ularning yonida, Bashanning Salkogacha+ bo‘lgan yerlarida Gadning avlodlari yashardi. 12  Bashan yerining boshchisi — Yo‘el edi, ikkinchisi — Shofom, undan keyin Yanay va Shofot edi. 13  Ularning qarindosh-urug‘lari quyidagilar: Mikoil, Mashullom, Shava, Yo‘ray, Yaqan, Ziya va Ibir. Hammasi bo‘lib yettita edi. 14  Bular Abuhayilning o‘g‘illari edi. Abuhayil Xurining, Xuri Yoro‘vaxning, Yoro‘vax Giladning, Gilad Mikoilning, Mikoil Yashishayning, Yashishay Yaxduning, Yaxdu Buzning o‘g‘li edi. 15  Bu xonadonning boshi Abdilning o‘g‘li, Go‘noning nevarasi Oxi edi. 16  Ular Giladda+, Bashanda+ va unga qarashli* shaharchalarda hamda Sharondagi barcha yaylovlarda yashardi. 17  Bularning hammasi Yahudo shohi Yo‘tom+ bilan Isroil shohi Yorubomning*+ davridagi nasabnomada qayd etilgan edi. 18  Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmida 44 760 nafar qudratli jangchi bor edi. Ular qalqon, qilich va kamonlar bilan qurollangan bo‘lib, jang qilishga o‘rgatilgan edi. 19  Ular hojariylarga+ va Yatur, Nofish+ hamda Nadav qabilalariga qarshi jang qilishdi. 20  Jang paytida Alloh ularga ko‘maklashib, hojariylar bilan ittifoqchilarining barini ularning qo‘liga topshirdi. Ular Xudodan yordam so‘rab yolvorishgani va Unga tayanishgani uchun, U ularning tilagini bajo keltirdi+. 21  Ularning chorvasini — 50 000 ta tuyasi, 250 000 ta qo‘yi va 2 000 ta eshagini tortib olib, 100 000 kishini asir qilib olishdi. 22  Haq Tangri ular tomonda jang qilgani uchun+, talaygina dushman qirilib ketdi. Surgun qilinguniga qadar+ ular o‘sha yerda yashab qolishdi. 23  Manashe qabilasi yarmining avlodlari+ Bashandan Baal-Xermonga+, Sanirga va Xermon tog‘iga qadar bo‘lgan yerlarda yashardi. Ular son-sanoqsiz edi. 24  Ularning xonadonlari boshlari quyidagilar edi: Ifar, Yishi, Eliel, Ozriyol, Yeremiyo, Xo‘daviyo va Yaxdiyol. Ular qudratli jangchi, xonadonlar boshlari va dong taratgan odamlar bo‘lishgan. 25  Biroq ular ota-bobolari Xudosiga bevafolik qilib, Alloh ularning oldidan yo‘q qilgan xalqlarning xudolariga sig‘inishdi*+. 26  Shunda Isroil Xudosi Ossuriya shohi Puluning (ya’ni Ossuriya shohi Tiglatpalasarning+) qalbiga bir fikr soldi+ va u Ruben, Gad qabilalarini hamda Manashe qabilasining yarmini asir qilib olib, Xalax, Xavor, Xara yerlariga va Gozan daryosi bo‘yiga surgun qildi+. Ular hozirga qadar o‘sha yerda yashab kelishmoqda.

Izohlar

Yoki «Tilgatpilnasar».
Yoki «uning atrofidagi».
Ya’ni Yorubom II.
Yoki «xudolari bilan buzuqilik qilishdi».