Solnomalar birinchi kitob 6:1-81

  • Levining avlodlari (1-30)

  • Ma’bad qo‘shiqchilari (31-47)

  • Horunning avlodlari (48-53)

  • Levilarning turar joylari (54-81)

6  Levining+ o‘g‘illari: Gershon, Qohot+ va Marori+.  Qohotning o‘g‘illari: Imrom, Izxor+, Xevron va Uziyol+.  Imromning+ farzandlari: Horun+, Muso+ va qizi Maryam+. Horunning o‘g‘illari: Nadov, Abihu+, Elazar+ va Itamar+.  Elazardan Finxaz+, Finxazdan Abushuva,  Abushuvadan Bukki, Bukkidan Uzzi tug‘ildi.  Uzzidan Zaraxiyo, Zaraxiyodan Maroyo‘t,  Maroyo‘tdan Emoriyo, Emoriyodan Oxitob+ tug‘ildi.  Oxitobdan Zodo‘x+, Zodo‘xdan Oximas+,  Oximasdan Ozariyo, Ozariyodan Yo‘xanon tug‘ildi. 10  Yo‘xanondan Ozariyo tug‘ildi. U Sulaymon Quddusda bunyod etgan uyda ruhoniy bo‘lib xizmat qildi. 11  Ozariyodan Emoriyo, Emoriyodan Oxitob, 12  Oxitobdan Zodo‘x+, Zodo‘xdan Shallum tug‘ildi. 13  Shallumdan Xilqiyo+, Xilqiyodan Ozariyo, 14  Ozariyodan Sarayo+, Sarayodan Yohuzadax+ tug‘ildi. 15  Yahova Yahudo bilan Quddus aholisini Navuxodonosorning* qo‘liga topshirib surgun qilganda, Yohuzadax ham asir qilinib olib ketildi. 16  Levining o‘g‘illari: Gershom*, Qohot va Marori. 17  Gershom o‘g‘illarining ismi Lubnax bilan Shimey+. 18  Qohotning o‘g‘illari: Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol+. 19  Marorining o‘g‘illari: Maxli bilan Mushi. Ota-bobolarining ismlari bo‘yicha+ levilarning avlodlari quyidagilar: 20  Gershomdan+ Lubnax, Lubnaxdan Yaxat, Yaxatdan Zimmo, 21  Zimmodan Yo‘x, Yo‘xdan Iddo, Iddodan Zerah, Zerahdan Yotaray dunyoga keldi. 22  Qohotning avlodlari: Ominadov, Ominadovdan Ko‘rax+, Ko‘raxdan Asir, 23  Asirdan Elqana, Elqanadan Ebuasaf+, Ebuasafdan Asir, 24  Asirdan Taxat, Taxatdan Uriyol, Uriyoldan Uzziyo, Uzziyodan Shovul tug‘ildi. 25  Elqananing o‘g‘illari: Emosay bilan Oximo‘t. 26  Elqananing avlodlari: Zo‘fay, Zo‘faydan Naxat, 27  Naxatdan Eliyob, Eliyobdan Yeroxam, Yeroxamdan Elqana+ dunyoga keldi. 28  Shomuilning+ o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Yo‘el, ikkinchisi Abiyo+. 29  Marorining avlodlari: Maxli+, Maxlidan Lubnax, Lubnaxdan Shimey, Shimeydan Uzzox, 30  Uzzoxdan Shimo, Shimodan Xaggiyo, Xaggiyodan Osoyoh tug‘ildi. 31  Shohidlik sandig‘i Yahovaning uyiga qo‘yilganidan keyin, Dovud qo‘shiq kuylaydiganlar ustidan mas’ul kishilarni tayinladi+. 32  Sulaymon Quddusda Yahovaga atab uy barpo qilguniga qadar+ ular muqaddas chodirda, ya’ni uchrashuv chodirida qo‘shiq kuylanishiga javobgar edilar. Shuningdek, ular o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra xizmatlarini ado etishardi+. 33  O‘g‘illari bilan birgalikda bu xizmatni o‘taganlar quyidagilar: Qohot naslidan qo‘shiqchi Xaman+. Xaman Yo‘elning+, Yo‘el Shomuilning o‘g‘li edi. 34  Shomuil Elqananing+, Elqana Yeroxamning, Yeroxam Elielning, Eliel To‘vaxning o‘g‘li edi. 35  To‘vax Zufning, Zuf Elqananing, Elqana Maxatning, Maxat Emosayning o‘g‘li edi. 36  Emosay Elqananing, Elqana Yo‘elning, Yo‘el Ozariyoning, Ozariyo Zafaniyoning o‘g‘li edi. 37  Zafaniyo Taxatning, Taxat Asirning, Asir Ebuasafning, Ebuasaf Ko‘raxning o‘g‘li edi. 38  Ko‘rax Izxorning, Izxor Qohotning, Qohot Levining, Levi Isroilning o‘g‘li edi. 39  Xamanning qarindoshi Osif+ uning o‘ng qo‘li edi. Osif Barxiyoning, Barxiyo Shimoning o‘g‘li edi. 40  Shimo Mikoilning, Mikoil Bosiyoning, Bosiyo Malkiyoning o‘g‘li edi. 41  Malkiyo Itnoning, Itno Zerahning, Zerah Odayoning o‘g‘li edi. 42  Odayo Etxanning, Etxan Zimmoning, Zimmo Shimeyning o‘g‘li edi. 43  Shimey Yaxatning, Yaxat Gershomning, Gershom Levining o‘g‘li edi. 44  Marorining avlodlari+ — boshqa levilar — Xamanning chap tomonida turar edi. Ulardan biri Etxan+ bo‘lib, u Xishining o‘g‘li edi. Xishi Abdining, Abdi Malluxning, 45  Mallux Xashaviyoning, Xashaviyo Emoziyoning, Emoziyo Xilqiyoning o‘g‘li edi. 46  Xilqiyo Omzining, Omzi Banixning, Banix Shamarning, 47  Shamar Maxlining, Maxli Mushining, Mushi Marorining, Marori Levining o‘g‘li edi. 48  Ularning levilardan bo‘lgan aka-ukalari muqaddas chodirdagi, ya’ni haq Tangrining uyidagi barcha ishlarni bajarishga tayinlangan edilar+. 49  Horun va uning o‘g‘illari+ Isroilning gunohini yuvish uchun+ g‘oyat muqaddas narsalar bilan bog‘liq ishlarni qilib, qurbongohda kuydiriladigan qurbonliklar+ hamda tutatqi qurbongohida tutatqi tutatishardi+. Bularni haq Xudo O‘z xizmatchisi Muso orqali bergan barcha amrlarga ko‘ra bajarishardi. 50  Horunning+ avlodlari mana bular: Elazar+, Elazardan Finxaz, Finxazdan Abushuva, 51  Abushuvadan Bukki, Bukkidan Uzzi, Uzzidan Zaraxiyo tug‘ildi. 52  Zaraxiyodan Maroyo‘t, Maroyo‘tdan Emoriyo, Emoriyodan Oxitob+, 53  Oxitobdan Zodo‘x+, Zodo‘xdan Oximas tug‘ildi. 54  Hududlari bo‘yicha qarorgohlar* qurib joylashganlar: qur’a birinchi bo‘lib Qohot nasliga tegishli Horun avlodlariga tushdi. 55  Ularga Yahudo yurtidagi Xevron+ va uning yaylovlari berildi. 56  Ammo shaharning dalalari-yu qishloqlari Yafunax o‘g‘li Xolibga+ berildi. 57  Horunning avlodlariga panoh shaharlar*+ bo‘lmish Xevron+, shuningdek, Libna+ va uning yaylovlari, Yatir+, Eshtamo‘va va uning yaylovlari+ berildi. 58  Xilen bilan Debir+ va ularning yaylovlari, 59  Oshon+ bilan Bayt-Shamash+ va ularning yaylovlari berildi. 60  Benyamin qabilasi ularga G‘ibo+ va uning yaylovlarini, Elimat va uning yaylovlarini, Onoto‘t+ va uning yaylovlarini berdi. Ularning nasliga tegishli shaharlarning jami 13 ta edi+. 61  Qohot naslining qolganiga boshqa qabilaning oilalariga tegishli hududdan, Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan qur’a bo‘yicha o‘nta shahar taqsimlab berildi+. 62  Gershon o‘g‘illariga Issaxor qabilasining oilalariga tegishli hududdan, Osher va Naftali qabilalari hamda Bashandagi Manashe qabilasiga tegishli hududdan 13 ta shahar ajratildi+. 63  Marori o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha Ruben, Gad va Zabulun qabilalariga tegishli hududdan qur’a bo‘yicha 12 ta shahar berildi+. 64  Shunday qilib, isroilliklar mana shu shaharlarni va ularning yaylovlarini levilarga berishdi+. 65  Bundan tashqari, Yahudo, Shimo‘n va Benyamin qabilalari hududidan nomma-nom aytib o‘tilgan shaharlar qur’a bo‘yicha taqsimlab berildi. 66  Qohot naslining ayrim xonadonlariga Efrayim qabilasiga qarashli yerlardan shaharlar berildi+. 67  Ularga panoh shaharlar*, ya’ni Efrayim tog‘li hududidagi Shakam+ bilan Gezer+ va ularning yaylovlari ajratildi. 68  Yoxmayom bilan Bayt-Xo‘ron+ va ularning yaylovlari, 69  Oyjavlon+ bilan Gat-Rimmon+ va ularning yaylovlari berildi. 70  Qohot naslining qolganlariga Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan Onar bilan Bilom va ularning yaylovlari berildi. 71  Gershon o‘g‘illariga Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan Bashandagi Go‘lon+ va uning yaylovlari, Ashtaro‘t va uning yaylovlari ajratildi+. 72  Issaxor qabilasiga tegishli hududdan Kedesh bilan Dovarat+ va ularning yaylovlari+, 73  Ramo‘t bilan Onem va ularning yaylovlari berildi. 74  Osher qabilasiga tegishli hududdan Moshol bilan Abdo‘n va ularning yaylovlari+, 75  Huqoq bilan Rexob+ va ularning yaylovlari berildi. 76  Naftali qabilasiga tegishli hududdan Jaliladagi+ Kedesh+ va uning yaylovlari, Xammon bilan Xiratayim va ularning yaylovlari berildi. 77  Marori o‘g‘illarining qolganiga Zabulun qabilasiga tegishli hududdan+ Rimmono bilan Tovur va ularning yaylovlari berildi. 78  Ruben qabilasiga tegishli hududdan — Yerixo yaqinidagi Iordanning sharqidagi yerlardan sahroda joylashgan Bazer va uning yaylovlari, Yaxaz+ va uning yaylovlari, 79  Kadamo‘t+ bilan Mifat va ularning yaylovlari berildi. 80  Gad qabilasiga tegishli hududdan Giladdagi Ramo‘t va uning yaylovlari, Moxanayim+ va uning yaylovlari, 81  Xashbon+ bilan Yazir+ va ularning yaylovlari berildi.

Izohlar

Yoki «Navuxadnazarning».
Shu bobning 1- oyatida «Gershon».
Yoki «devor bilan o‘ralgan qarorgohlar».
Boshqa variant «shahar». Yosh 21:13 ga ko‘ra.
Boshqa variant «shahar». Yosh 21:21 ga ko‘ra.