Solnomalar birinchi kitob 7:1-40

7  Issaxor o‘g‘illari: To‘lo, Puvax, Yoshuv, Shimron+ — jami to‘rtta.  To‘lo o‘g‘illari: Uzzi, Rafiyo, Yoriyol, Yaxmay, Yibsam va Shemuil. Ular o‘z xonadonlari boshlari edi. To‘loning avlodlari qudratli jangchilar bo‘lib, Dovudning davrida ularning soni 22 600 nafar edi.  Uzzining avlodlari: Uzzidan Yizraxiyo tug‘ildi. Yizraxiyo o‘g‘illari: Mikoil, Obodiyo, Yo‘el va Ishshiyo. Beshalasi ham xonadon boshlari edi.  Ularning avlodlari bo‘yicha, xonadonlari bo‘yicha jang qilishga yaroqli 36 000 ta askari bor edi, chunki ularning xotinlari va o‘g‘illari juda ko‘p edi.  Ularning Issaxor naslidan bo‘lgan aka-ukalari qudratli jangchi bo‘lib, nasabnomada qayd etilganiday+ 87 000 nafar edi.  Benyamin+ o‘g‘illari: Belax+, Boxir+, Yodiyol+ — jami uchta.  Belax o‘g‘illari: Ezbo‘n, Uzzi, Uziyol, Yarimo‘t, Iri — jami beshta. Ular xonadonlari boshlari va qudratli jangchilar bo‘lib, nasabnomada qayd etilganidek+ 22 034 nafar edi.  Boxir o‘g‘illari: Zomiro, Yo‘sh, Eliazar, Eliyo‘nay, Omri, Yorimo‘t, Abiyo, Onoto‘t va Elimat. Bularning bari Boxirning o‘g‘illari edi.  Avlodlari bo‘yicha, xonadonlari boshlari bo‘yicha nasabnomada 20 200 nafar qudratli jangchi qayd etilgan edi. 10  Bilxan Yodiyolning+ o‘g‘li edi. Bilxan o‘g‘illari: Yoush, Benyamin, Ehud, Xanano, Zaton, Tarshish va Oxishar. 11  Bularning bari xonadonlari boshlari bo‘yicha Yodiyolning o‘g‘illari edi. Ularning orasida jang qilishga tayyor turgan 17 200 nafar qudratli jangchi bor edi. 12  Irning+ o‘g‘illari: Shupim bilan Xupim. Oxerning avlodi Xushim edi. 13  Naftali+ o‘g‘illari: Yaxziyol, Go‘no, Izar va Shallum. Bular Bilxaxning+ avlodlari edi. 14  Osriyol Manashening+ o‘g‘li edi. Uni suriyalik cho‘risi dunyoga keltirdi. (U Giladning otasi Moxirni+ tuqqan. 15  Moxir Xupim bilan Shupimni uylantirdi. Ularning Maxo ismli singlisi bor edi.) Ikkinchi o‘g‘lining ismi Zalofxod+ edi. Zalofxodning faqat qizlari bor edi+. 16  Moxirning xotini Maxo o‘g‘il tug‘ib, ismini Parash deb qo‘ydi. Uning Sharash ismli ukasi bor edi. Undan Ulom bilan Rahem tug‘ildi. 17  Ulom Badon ismli o‘g‘il ko‘rdi. Bular Manashening nevarasi Moxirning o‘g‘li Giladning avlodlari edi. 18  Moxirning Xammaleka ismli qizi bor edi. U Ishxo‘d, Abuazar va Maxloni dunyoga keltirdi. 19  Shamido o‘g‘illari: Oxiyon, Shakam, Lixi va Oniyom. 20  Shutalax+ Efrayimning+ o‘g‘li edi. Shutalaxdan Barid, Bariddan Taxat, Taxatdan Eladax, Eladaxdan Taxat, 21  Taxatdan Zobod, Zoboddan Shutalax tug‘ildi. Efrayimning Eyzar bilan Elad ismli o‘g‘illari ham bor edi. Bu ikkovi gatliklarning+ chorvasini o‘g‘irlagani borganda, o‘sha yerning tub aholisi ularni o‘ldirdi. 22  Ularning otasi Efrayim uzoq vaqt aza tutdi. Aka-ukalari uni yupatgani kelib turishdi. 23  Shundan keyin, u xotiniga yaqinlashdi va xotini homilador bo‘lib o‘g‘il tug‘di. Efrayim unga Bariyo* deb ism qo‘ydi, chunki xotini uni baxtsizlik ro‘y berganda tuqqan edi. 24  Uning Shero ismli qizi bor edi. U Yuqori va Quyi+ Bayt-Xo‘ronni+ hamda Uzan-Sheronni barpo etdi. 25  Refax bilan Rashiyo ham Efrayimning o‘g‘illari edi. Rashiyodan Telax, Telaxdan Taxan, 26  Taxandan Laden, Ladendan Omihud, Omihuddan Elishama, 27  Elishamadan Nun, Nundan Yoshua*+ tug‘ildi. 28  Efrayimning avlodlari yashaydigan joylar quyidagilar edi: Baytil+ va unga qarashli* shaharchalar, sharqda — Naron, g‘arbda — Gezer va unga qarashli shaharchalar, Shakam va unga qarashli shaharchalardan Oya* va unga qarashli shaharchalargacha bo‘lgan yerlar. 29  Manashe avlodlarining yerlariga chegaradosh — Bayt-Shiyon+ va unga qarashli shaharchalar, Tanax+ va unga qarashli shaharchalar, Maxido‘+ va unga qarashli shaharchalar, Do‘r+ va unga qarashli shaharchalardir. Bu joylarda Isroil o‘g‘li Yusufning avlodlari yashardi. 30  Osher o‘g‘illari: Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo+. Uning Serax ismli qizi ham bor edi+. 31  Bariyo o‘g‘illari: Xaber va Malxiyol. Malxiyol Birzayitning otasi edi. 32  Xaber o‘g‘illari: Yaflet, Sho‘mer va Xo‘tam. Uning Shuva ismli qizi ham bor edi. 33  Yaflet o‘g‘illari: Po‘sax, Bimxal hamda Oshvot. Bular Yafletning o‘g‘illari edi. 34  Shamar* o‘g‘illari: Oxi, Roxgax, Yexubbo va Orom. 35  Uning ukasi Xalemning* o‘g‘illari: Zo‘fax, Yimno, Shalash va Amal. 36  Zo‘fax o‘g‘illari: Suvax, Xarnatar, Shuvol, Beri, Yimra, 37  Bazer, Xo‘d, Shammo, Shilsho, Yitron va Bera. 38  Eter o‘g‘illari: Yafunax, Fispa hamda Orro. 39  Ullo o‘g‘illari: Orax, Xanniel va Riziyo. 40  Bularning bari Osherning o‘g‘illari edi. Ular xonadonlari boshlari, tanlangan, qudratli jangchilar va obro‘li yo‘lboshchilar edi. Ular jang qilishga yaroqli bo‘lib, nasabnomada qayd etilganiday+ 26 000 nafar edi+.

Izohlar

Ma’nosi «baxtsizlik ichra».
Yoki «Yahoshua». Ma’nosi «Yahova — najot».
Yoki «uning atrofidagi».
Boshqa variant «G‘azo». Ammo filistimliklar yurtidagi G‘azo emas.
Shu bobning 32- oyatida «Sho‘mer».
Ehtimol, 32- oyatdagi «Xo‘tam».