Solnomalar birinchi kitob 9:1-44

  • Asirlikdan qaytganlarning nasabnomasi (1-34)

  • Shoulning nasli (takroran) (35-44)

9  Barcha isroilliklar nasabnomada qayd etilib, Isroil shohlari haqidagi kitobga yozildi. Yahudo xalqi bevafoligi uchun Bobilga surgun qilingan edi+.  Shaharlaridagi o‘z yerlariga birinchi bo‘lib ayrim isroilliklar, ruhoniylar, levilar va ma’bad xizmatchilari* qaytishdi+.  Quddusga kelib o‘rnashgan Yahudo+, Benyamin+, Efrayim va Manashe avlodlaridan ba’zilari mana bular:  Yahudo o‘g‘lining Paraz+ naslidan bo‘lgan Utay. U — Omihudning o‘g‘li, Omrining nevarasi, Imrining evarasi, Banixning chevarasi edi.  Shilo‘ning avlodidan to‘ng‘ichi Osoyoh va uning o‘g‘illari.  Zerah+ o‘g‘illaridan Yoval hamda ularning 690 nafar aka-ukasi.  Benyamin avlodlaridan: Mashullom o‘g‘li, Xo‘daviyoning nevarasi, Xassinuvaning evarasi Sallu.  Yeroxamning o‘g‘li Yibnayo. Uzzining o‘g‘li, Mixrining nevarasi Elox. Shafatiyoning o‘g‘li, Ruvelning nevarasi, Yibniyoning evarasi Mashullom.  Nasllari bo‘yicha kelib chiqqan ularning aka-ukalari 956 nafar edi. Ularning bari o‘z xonadonlari boshlari edi. 10  Ruhoniylardan: Yodayo, Yohayiriv, Yoxin+, 11  Ozariyo. (U Xilqiyoning, Xilqiyo Mashullomning, Mashullom Zodo‘xning, Zodo‘x Maroyo‘tning, Maroyo‘t haq Tangri uyini* boshqargan Oxitobning o‘g‘li edi.) 12  Undan keyin Yeroxamning o‘g‘li Odayo. U — Pashxurning nevarasi, Malkiyoning evarasi edi. Odilning o‘g‘li Masay. U — Yaxzironing nevarasi, Mashullomning evarasi, Immar o‘g‘li Mashillamatning chevarasi edi. 13  Shuningdek, ularning aka-ukalari — jami 1 760 nafar qudratli jangchilar. Ular o‘z xonadonlari boshlari bo‘lib, Allohning uyida xizmat qilishga layoqatli kishilar edi. 14  Levilardan: Marori avlodidan Xashshub o‘g‘li Shamayo+. U — Ozrikomning nevarasi, Xashaviyoning evarasi edi. 15  Bog‘baqar, Xaresh, Galol, Mixa o‘g‘li Mattaniyo. U — Zixrining nevarasi, Osifning evarasi edi. 16  Shamayo o‘g‘li Obodiyo. U — Galolning nevarasi, Yodutunning evarasi edi. Shuningdek, natufoliklarning+ yerlarida yashagan Elqananing nevarasi, Osoning o‘g‘li Barxiyo. 17  Darvozabonlardan+: Shallum, Oqquv, Talmo‘n va Oximan. Ularning qarindoshi Shallum boshchi edi. 18  Ilgari u sharq tomondagi shoh darvozasi yonida xizmat qilardi+. Ushbu darvozabonlar levilar qarorgohlarini qo‘riqlashardi. 19  Korining o‘g‘li, Ebuasafning nevarasi, Ko‘raxning evarasi Shallum va uning xonadonidan kelib chiqqan, Ko‘rax naslidan bo‘lgan aka-ukalari. Ular chodirdagi darvozabonlarning xizmati bilan bog‘liq yumushlarga javobgar edi. Ota-bobolari esa Yahovaning qarorgohi kiraverishini qo‘riqlashga javobgar bo‘lishgan. 20  Elazar+ o‘g‘li Finxaz+ ilgari ularning boshchisi bo‘lgan. Yahova u bilan birga edi. 21  Mashalmiyoning o‘g‘li Zakariyo+ uchrashuv chodirining kiraverishida darvozabon edi. 22  Kiraverishda turgan ushbu barcha tanlangan darvozabonlar soni 212 ta edi. Ular nasabnomada qayd etilgani+ bo‘yicha o‘z yerlarida yashardi. Bu kishilar ishonchli bo‘lgani uchun, Dovud hamda valiy+ Shomuil ularni ushbu xizmatga tayinlashgan edi. 23  Ular o‘g‘illari bilan Yahovaning uyi darvozalarini va muqaddas chodirni qo‘riqlashga javobgar edi+. 24  Darvozabonlar to‘rt tomonda — sharq, g‘arb, shimol va janubda turishardi+. 25  Vaqti-vaqti bilan ularning aka-ukalari o‘z turar joylaridan kelib, yetti kun davomida ular bilan birga xizmat qilishardi. 26  Bu to‘rt tomonga levilardan ishonchli to‘rt kishi darvozabonlar boshi etib qo‘yildi. Ular haq Tangri uyining xonalari* va xazinalari uchun javobgar edi+. 27  Ular Allohning uyi atrofida tuni bilan qo‘riqchilik qilishardi, chunki bu ularning zimmasiga yuklangan edi. Shuningdek, ular kalitlarga mas’ul bo‘lib, har kuni ertalab uy darvozalarini ochishardi. 28  Ularning ba’zilari xizmatda ishlatiladigan anjomlar+ uchun javobgar bo‘lib, anjomlar olib kelinganda va olib ketilganda, sanab chiqishardi. 29  Ayrimlari boshqa anjomlar, barcha muqaddas anjomlar+ va oliy navli un+, sharob+, moy+, xushbo‘y smola*+ va balzam moyiga+ mas’ul edilar. 30  Ruhoniylarning ba’zi o‘g‘illari balzam moyidan malham tayyorlashardi. 31  Ko‘rax naslidan Shallumning to‘ng‘ich o‘g‘li levi Mattitiyo ishonchli kishilardan biri bo‘lib, tovalarda non tayyorlanishiga+ javobgar edi. 32  Qohot naslidan bo‘lgan ayrim aka-ukalari har Shabbat kuni uchun tayyorlanadigan taxlam nonlarga*+ mas’ul edi+. 33  Ular qo‘shiqchilar hamda levilar xonadonlari boshlari bo‘lib, xonalarda* o‘tirishardi. Kecha-yu kunduz xizmatda bo‘lishgani uchun, ular boshqa vazifalardan ozod edilar. 34  Nasllari bo‘yicha kelib chiqqan bu levilar o‘z xonadonlari boshlari edi. Ular Quddusda yashardi. 35  Yaviyol Givonda+ istiqomat qilardi. U Givonni qurgan edi. Xotinining ismi Maxo, 36  to‘ng‘ich o‘g‘lining ismi esa Abdo‘n edi. Undan keyingilari: Zur, Kish, Baal, Nir, Nadov, 37  Gado‘r, Oxyo, Zakariyo va Mixlo‘t. 38  Mixlo‘t Shimomning otasi edi. Ularning bari aka-ukalari bilan birga Quddusda, boshqa aka-ukalarining yonida yashardi. 39  Nirdan+ Kish, Kishdan Shoul+ tug‘ildi. Shoul o‘g‘illari: Yo‘natan+, Malkishuva+, Abunadov+ va Eshbaal. 40  Yo‘natanning o‘g‘li Maribaal+ edi. Undan Mixo+ tug‘ildi. 41  Mixo o‘g‘illari: Pito‘n, Malek, Taxriya va Oxoz. 42  Oxozdan Yorox tug‘ildi. Yoroxning o‘g‘illari: Elimat, Ozmobit va Zimri. Zimridan Mo‘zo, 43  Mo‘zodan Bina, Binadan Rafiyo, Rafiyodan Elasax, Elasaxdan Oziyol tug‘ildi. 44  Oziyolning oltita o‘g‘li bor bo‘lib, ismlari: Ozrikom, Boxaru, Ismoil, Shariyo, Obodiyo va Xanon edi. Bularning hammasi Oziyolning o‘g‘illari edi.

Izohlar

Yoki «netinimlar». So‘zma-so‘z «berilganlar».
Yoki «ma’badini».
Yoki «oshxonalari».
Ya’ni tortiq etiladigan nonlar.
Yoki «oshxonalarda».