1 Yuhanno 1:1-10
1 U azaldan bor edi, u haqda eshitganmiz, ko‘zlarimiz bilan ko‘rganmiz, tomosha qilib qo‘llarimiz bilan sezganmiz. U hayot kalomidir+.
2 (Darhaqiqat, hayot oshkor bo‘ldi. Otaning yonida bo‘lgan va bizga oshkor etilgan o‘sha abadiy hayotni+ ko‘rdik. U haqda shohidlik berib+, uni sizlarga bildirmoqchimiz.)
3 Bizlar bilan hamjihat bo‘lishingiz uchun ko‘rganimiz va eshitganimiz to‘g‘risida sizlarga aytib beryapmiz+. Buning ustiga, hamjihatligimiz Ota va Uning O‘g‘li Iso Masih bilandir+.
4 Bularni sevinchimiz to‘liq bo‘lishi uchun yozyapmiz.
5 Uning o‘zidan eshitgan va sizlarga e’lon qilayotgan xabarimiz shuki, Alloh nur+ va Unda qorong‘ilik yo‘qdir.
6 Agar: «U bilan hamjihatmiz»,— desak, o‘zimiz esa qorong‘ilikda yursak, biz yolg‘on gapirib, haqiqatga muvofiq yashamayotgan bo‘lamiz+.
7 Ammo Xudo nurda bo‘lgani kabi biz ham nurda yursak, unda o‘zaro hamjihat bo‘lamiz va Uning O‘g‘li Isoning qoni bizni har qanday gunohdan pok qiladi+.
8 Bordi-yu: «Gunohimiz yo‘q»,— desak, yanglishgan bo‘lamiz+ va bizda haqiqat yo‘q.
9 Agarda gunohlarimizga iqror bo‘lsak, Alloh gunohlarimizni kechirib, bizni barcha adolatsizlikdan poklaydi+, chunki U sodiq va odildir.
10 Lekin: «Gunoh qilmadik»,— deb aytsak, Xudoni yolg‘onchi qilgan bo‘lamiz va Uning kalomi qalbimizdan joy olmaydi.