1 Yuhanno 3:1-24

  • Allohning bolalarimiz (1–3)

  • Xudo farzandlari va Iblis farzandlarining farqi (4–12)

    • Iso Iblisning ishlarini barbod qiladi (8)

  • Bir-biringizni seving (13–18)

  • Xudo qalbimizdan ulug‘ (19–24)

3  Qaranglar, Allohning bolalari deya nomlanishimiz uchun+ Ota bizga qanday sevgi namoyon etgan+ va biz chindan ham Uning farzandlarimiz. Dunyo Xudoni tanib-bilmagani sababli+ bizni ham bilmaydi+.  Azizlarim, biz endi Allohning farzandlarimiz+, ammo kelajakda qanday bo‘lishimiz hali noaniq+. Faqat shuni bilamizki, Xudo oshkor bo‘lganda, Unga o‘xshagan bo‘lamiz, chunki U qanday bo‘lsa Uni shundayligicha ko‘ramiz.  Unga umid bog‘lagan har kim o‘zini u kabi pok qiladi+.  Gunoh qiluvchi har bir kishi qonunsizlarcha yo‘l tutadi, shuning uchun gunoh qonunsizlikdir.  Shuningdek, Iso gunohlarimizni bartaraf qilish uchun kelganini* bilasizlar+, unda esa gunoh yo‘q.  U bilan birlikda bo‘lgan hech kim gunoh qilmaydi+. Gunoh qiluvchi esa uni na ko‘rgan, na tanib-bilgan.  Aziz bolalar, sizlarni hech kim yo‘ldan adashtirmasin. Adolatli yo‘l tutuvchi kishi Iso singari odildir.  Gunoh qiluvchi esa Iblisdandir, chunki Iblis boshidan gunoh qilib kelmoqda+. Xudoning O‘g‘li esa Iblisning ishlarini barbod qilish niyatida kelgan+.  Xudoning farzandi gunoh qilib yurmaydi+, sababi unda Allohning muqaddas ruhi* bor. Allohning farzandi bo‘lgani uchun+ u gunoh qila olmaydi. 10  Xudoning va Iblisning bolalarini shundan bilsa bo‘ladi: to‘g‘ri ish qilib yurmaydigan va birodarini sevmaydigan, Allohdan emas+. 11  Boshidan sizlar eshitgan xabar quyidagichadir: bir-birimizni sevishimiz darkor+. 12  Shaytonning* farzandi hisoblangan va ukasini o‘ldirgan Qobilga o‘xshamaylik+. Nima uchun u ukasini o‘ldirdi? Chunki uning ishlari qabih+, ukasiniki esa adolatli edi+. 13  Birodarlarim, dunyo sizlardan nafratlansa hayron qolmanglar+. 14  Biz o‘lim holatidan hayotga o‘tganimizni bilamiz+, chunki biz birodarlarni sevamiz+. Birodarlarni sevmaydigan esa o‘lim holatidadir+. 15  Birodaridan nafratlanadigan har bir kishi qotil+. Hech bir qotil esa abadiy yashamasligi sizlarga ayondir+. 16  Iso Masih bizlar uchun jonini* bergani tufayli muhabbat nima ekanini bilib oldik+. Shunday ekan, biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni berishga burchlimiz+. 17  Agar kimdir farovon hayot kechirib, birodarini muhtojlikda ko‘rsa-yu, unga rahm qilishdan bosh tortsa, qanaqasiga u Xudoni sevaman deya oladi?+ 18  Sevikli bolalarim, bir-birimizni so‘z yoki til bilangina emas+, balki amalda+ va samimiylik ila+ sevishimiz kerak. 19  Shu tariqa haqiqat tarafida ekanimizni bilib olamiz. Hatto qalblarimiz bizni ayblasa ham, 20  qalblarimizni Uning sevgisiga ishontiramiz. Zero Xudo qalbimizdan ulug‘ va Unga har narsa ayon+. 21  Azizlarim, agar qalblarimiz bizni ayblamasa, Alloh bilan bemalol gaplasha olamiz+. 22  Undan nimaiki so‘rasak, U beradi+. Chunki Uning amrlarini bajarib, nazarida ma’qul bo‘lgan ishlarni qilyapmiz. 23  Uning amri quyidagichadir: O‘g‘li Iso Masih nomiga ishonib+, u bizga buyurganidek bir-birimizni sevishimiz lozim+. 24  Uning amrlariga rioya etgan u bilan birlikda, u ham bunday kishi bilan birlikda bo‘ladi+. U bilan birlikda ekanimizni+ esa bizga ato etgan ruhi yordamida bilib olyapmiz.

Izohlar

So‘zma-so‘z «oshkor bo‘lganini».
So‘zma-so‘z «urug‘i».
So‘zma-so‘z «Yovuzning».
Yoki «hayotini».