2 Timo‘tiyga 1:1-18

  • Salomlar (1, 2)

  • Timo‘tiyning imoni uchun Pavlus Xudoga shukrona aytadi (3–5)

  • «Tangridan olgan in’omga beparvo bo‘lma» (6–11)

  • «Sog‘lom so‘zlar namunasini mahkam ushla» (12–14)

  • Pavlusning dushmanlari va do‘stlari (15–18)

1  Iso Masih orqali berilgan hayot va’dasiga+ hamda Allohning irodasiga muvofiq Iso Masihning havoriysi bo‘lgan Pavlusdan  sevikli o‘g‘lim Timo‘tiyga+: Otamiz Xudodan va Hazratimiz Iso Masihdan senga inoyat, rahm-shafqat va tinchlik bo‘lsin.  Ota-bobolarimga o‘xshab muqaddas xizmatni toza vijdon bilan bajarayotganim uchun Allohdan minnatdorman. Kecha-yu kunduz qilgan iltijolarimda doimo seni yodga olaman.  Ko‘z yoshlaringni eslasam, seni qo‘msayman. Chunki seni ko‘rsam, shodlikka to‘laman.  Samimiy imoning+ hali ham esimda. Bunday imon avvaldan buving Loida hamda onang Evnikada bor edi va aminmanki, o‘sha imon senda ham mavjud.  Shu sababdan, qo‘llarimni boshingga qo‘yishim orqali sen Tangridan olgan in’omga beparvo bo‘lma*+, deb eslatmoqchiman.  Axir Xudo bizga qo‘rqoqlik ruhini emas+, balki kuch-quvvat+, muhabbat va aqli rasolik ruhini bergan.  Shunday ekan, Hazratimiz haqida shohidlik berishdan ham, u uchun zanjirband bo‘lganimdan ham uyalma+. Aksincha, xushxabar uchun boshingga tushayotgan qiyinchiliklarga Allohning qudrati+ yordamida dosh ber+.  U bizni qutqarib, ishlarimiz uchun emas, balki O‘z niyati va inoyati sababli+ muqaddas bo‘lishga da’vat etdi+. Bu inoyat bizlarga allaqachon Iso Masih orqali ko‘rsatildi. 10  Endi esa bu inoyat Najotkorimiz Iso Masihning oshkor etilishi orqali namoyon bo‘ldi+. Iso o‘limni bartaraf etib+, xushxabar orqali+ hayotga va chirimaslikka+ qanday ega bo‘lish kerakligini oydinlashtirdi+. 11  Ushbu xushxabar uchun men voiz, havoriy va ustoz etib tayinlanganman+. 12  Ana shu sababdan men bu qiyinchiliklarni boshdan kechirib+, hech uyalmayman+. Chunki men Xudoga ishonaman va aminmanki, men Unga ishonib topshirgan hamma narsani U hukm kunigacha himoya qilishga qodir+. 13  Sen esa Iso Masih bilan bog‘liq bo‘lgan imon va muhabbat bilan mendan eshitgan sog‘lom so‘zlar+ namunasini mahkam ushla. 14  Senga ishonib topshirilgan xazinani ichimizda bo‘lgan muqaddas ruh yordamida asragin+. 15  Osiyodagilarning*+ hammasi mendan yuz o‘girganini bilasan. Ularning qatorida Figel va Hermogen ham bor. 16  Onisiforning uyidagilarga+ Rabbimiz rahm-shafqat ko‘rsatsin, chunki u yonimga kelib, tez-tez ko‘nglimni ko‘tarib turardi va zanjirbandligimdan uyalgani yo‘q. 17  Aksincha, Rimga kelganida u tirishqoqlik bilan meni izlab topdi. 18  Hukm kunida Rabbimiz Yahova* unga rahm-shafqat ko‘rsatsin. Zero Efesda qilgan xizmatlari haqida o‘zing yaxshi bilasan.

Izohlar

Yoki «in’omni alangalatib tur».
Rim imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyati.