2 Salonikaliklarga 1:1-12
1 Otamiz Xudo va Hazratimiz Iso Masih bilan birlikda bo‘lgan salonikaliklar* jamoatiga Pavlus, Silvan* va Timo‘tiydan+:
2 Otamiz Xudoning va Hazrati Iso Masihning inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
3 Birodarlar, sizlar uchun hamisha Xudoga shukrlar aytishga burchlimiz. Bunday qilish to‘g‘ri, chunki imoningiz borgan sari mustahkamlanib, har biringizning hamda barchangizning o‘zaro sevgingiz ortib boryapti+.
4 Sizlar ta’qiblar va qiyinchiliklarga qaramay sabr-bardoshli bo‘lib+, imoningizni saqlab kelayotganingiz uchun Tangrining jamoatlarida sizlar bilan faxrlanyapmiz+.
5 Bular esa Xudoning adolatli hukmidan dalolat beryapti. Shu yo‘sin, Xudoning Shohligi uchun azob chekayotgan sizlar o‘sha Shohlikka loyiq topilasizlar+.
6 Alloh adolatli bo‘lgani uchun, sizlarga ozor berganlarni jazolaydi+.
7 Azob chekayotgan sizlarni esa Hazrati Iso o‘zining qudratli farishtalari bilan+ osmondan oshkor bo‘lganda+, biz bilan birga ozodlikka erishtiradi.
8 U yonayotgan o‘t ichida kelib, Xudoni tanimaganlardan hamda Hazratimiz Iso haqidagi xushxabarga itoat etmaganlardan o‘ch oladi+.
9 Bunday kishilar Hazratimizdan va uning buyuk qudratidan judo bo‘lib, abadiy halokat jazosiga mahkum etilishadi+.
10 Bularning barchasi, Hazratimiz o‘zining muqaddas kishilari bilan yuksalish hamda unga ishonganlarni hayratda qoldirish uchun kelganida sodir bo‘ladi. Chunki sizlar biz bergan shohidlikka ishongansizlar.
11 Alloh sizlarni O‘z da’vatiga loyiq ko‘rsin+, O‘z qudrati bilan qilmoqchi bo‘lgan barcha yaxshilikni amalga oshirsin va imon bilan qilgan ishlaringizga muvaffaqiyat bersin, deya hamisha sizlar uchun ibodat qilyapmiz.
12 Shu yo‘sin, Hazratimiz Isoning ismi sizlar orqali ulug‘lanadi, sizlar ham u bilan birgalikda Allohimizning hamda Hazrati Iso Masihning inoyati bilan ulug‘lanasizlar.