Shohlar ikkinchi kitob 16:1-23

  • Zibax Mefibositga tuhmat qiladi (1-4)

  • Shimey Dovudni qarg‘aydi (5-14)

  • Absalom Xushayni qabul qiladi (15-19)

  • Oxito‘felning maslahati (20-23)

16  Dovud tog‘ning tepasidan biroz tushgach+, Mefibositning+ xizmatkori Zibaxni+ uchratib qoldi. Uning yonida egarlangan bir juft eshak bor edi. Eshaklarga 200 ta non, 100 ta mayiz kulcha, yozgi mevalardan qilingan 100 ta kulcha* hamda katta ko‘zada sharob ortilgan edi+.  Shoh Zibaxdan: «Bu narsalarni nega olib kelding?» — deb so‘radi. Zibax: «Eshaklarni shoh xonadonidagilar minib yurishi, non bilan yozgi mevalarni yigitlar yeyishi uchun, sharobni esa sahroda holdan toyganlar ichishi uchun olib keldim»+,— deb javob berdi.  Shoh undan: «Xo‘jayiningning o‘g‘li* qayerda?»+ — deb so‘radi. Zibax shohga: «U: “Bugun Isroil xonadoni otamning shohligini menga qaytarib beradi”,— deya Quddusda qoldi»,— deb javob berdi+.  Shunda shoh Zibaxga: «Mefibositga tegishli barcha narsa endi seniki»+,— dedi. Zibax: «Qulingiz bo‘layin*, shoh hazratlari. Bundan buyog‘iga ham nazaringizda iltifot topayin»+,— deb aytdi.  Shoh Dovud Boxurimga yetib kelganda, o‘sha yerdan Shoul xonadonidan bo‘lgan Geraning o‘g‘li Shimey+ chiqdi. U qarg‘agancha Dovudga yaqinlasha boshladi+.  U Dovudga, uning hamma xizmatkorlariga, yonidagi barcha odamlarga hamda chap va o‘ng tomonidagi jangchilarga tosh ota boshladi.  Shimey shunday deya qarg‘adi: «Yo‘qol, yo‘qol bu yerdan qonxo‘r! Sen yaramas odamsan!  Sen Shoul xonadonining qonini to‘kib, uning o‘rniga shoh bo‘lib olganing uchun, Yahova boshingga shu kunlarni soldi. Endi esa Yahova shohlikni o‘g‘ling Absalomning qo‘liga bermoqchi. Sen qonxo‘r bo‘lganing bois, boshingga shunday musibat tushdi!»+  Shunda Zeruyaning o‘g‘li Abushay+ Dovudga: «Shoh hazratlarini qarg‘ashga manavi o‘lik itning+ nima haqqi bor?!+ Ruxsat eting, boshini tanasidan judo qilayin»+,— dedi. 10  Biroq shoh: «Ey, Zeruya o‘g‘illari+, biz nima ham qila olardik? Mayli, qarg‘ayversin+. Yahova unga: “Dovudni qarg‘a!” — degan bir paytda, kim ham unga: “Nega bunday qilyapsan?” — deb ayta olardi?»+ — dedi. 11  Keyin Dovud Abushayga va barcha xizmatkorlariga shunday dedi: «Axir o‘z pushti kamarimdan bo‘lgan o‘g‘lim jonimni olmoqchi bo‘lib yuribdi-ku!+ Unda Benyamin qabilasidan bo‘lgan bu kishidan nimani kutay?!+ Tegmanglar unga, mayli qarg‘ayversin, chunki unga bunday qilishni Yahova aytgan! 12  Balki Yahova qayg‘u chekayotganimni ko‘rar+. Shunda Yahova Shimeyning qarg‘ishini yaxshilikka aylantirar»+. 13  Shu yo‘sin, Dovud bilan xizmatkorlari yo‘llarida davom etishdi. Shimey esa ularning yon tomonidan tog‘ yoqalab yurgancha qarg‘ab borar+, ularga toshlar otib, tuproq sochardi. 14  Oxiri shoh hamma odamlari bilan belgilangan manzilga yetib keldi. Ular holdan toygani uchun, o‘sha yerda dam olishdi. 15  Bu orada, Absalom va unga ergashgan isroilliklar Quddusga yetib kelishdi. Oxito‘fel+ ham ular bilan birga edi. 16  Dovudning do‘sti* orxiy+ Xushay+ Absalomning yoniga kelib, unga: «Shohning umrlari uzoq bo‘lsin!+ Shohning umrlari uzoq bo‘lsin!» — dedi. 17  Absalom Xushayga: «Do‘stingizga bo‘lgan sadoqatingiz* shumi? Nega do‘stingiz bilan birga ketmadingiz?» — deb aytdi. 18  Xushay Absalomga dedi: «Ketmaganimning sababi shundaki, men Yahova tanlagan, mana bu xalq va barcha isroilliklar tanlagan kishi tomonida bo‘laman. Men u bilan qolaman. 19  Do‘stimning o‘g‘liga xizmat qilmasam, kimga ham xizmat qilardim?! Men otangizga xizmat qilganimday, sizga ham xizmat qilaman»+. 20  Absalom Oxito‘feldan: «Menga maslahat bering+. Nima qilaylik?» — deb so‘radi. 21  Oxito‘fel Absalomga: «Otangiz saroyga qarab turish uchun qoldirib ketgan+ kanizaklar bilan yoting+. Otangizni shu tarzda xo‘rlaganingizni butun Isroil eshitmay qolmaydi. Sizni qo‘llab-quvvatlayotganlar esa jasoratga to‘ladi»,— deb maslahat berdi. 22  Saroyning tomida+ Absalom uchun chodir tikishdi va u butun Isroilning ko‘zi oldida+ otasining kanizaklari bilan yotdi+. 23  O‘sha paytlarda Oxito‘felning+ berayotgan maslahati, haq Xudoning so‘zi kabi qabul qilinar edi. Shu bois, Oxito‘felning barcha maslahatlari Dovud uchun ham, Absalom uchun ham qadr-qimmatga ega edi.

Izohlar

Asosan anjirdan, ehtimol, xurmodan ham qilingan bo‘lishi mumkin.
Yoki «nevarasi».
So‘zma-so‘z «muk tushib, ta’zim qilaman».
Yoki «maslahatchisi».
So‘zma-so‘z «mehr-sadoqatingiz».