Shohlar ikkinchi kitob 23:1-39

  • Dovudning so‘nggi so‘zlari (1-7)

  • Dovudning qudratli jangchilari ko‘rsatgan qahramonliklar (8-39)

23  Quyidagilar Dovudning so‘nggi so‘zlari+: «Bu, yuksaltirilgan kishining+,Yoqub Xudosi tayinlagan+,Isroilda qo‘shiqlarni chiroyli kuylaydigan+Essay o‘g‘li Dovudning+ so‘zlari:   Yahovaning ruhi men orqali gapirdi+,Uning so‘zi mening tilimda edi+.   Isroilning Tangrisi gapirdi,Isroilning Qoyasi+ shunday dedi: “Insoniyat ustidan boshqaradigan kishi odil bo‘lsa+,Allohdan qo‘rqib hukmronlik qilsa+,   Uning hukmronligi ertalabki porloq quyosh nuriday+,Tonggi bulutsiz osmonday bo‘lar. Uning boshqaruvi yerdan maysa undiradigan,Yomg‘irdan keyin taraladigan nurga o‘xshar”+.   Xudo oldida xonadonim shunday emasmi?! Axir U men bilan abadiy,Har taraflama tartibga solingan ishonchli ahdni qildi+. Shu ahddadir to‘liq najotim-u quvonchim,Nahotki Tangri uni amalga oshirmasa?!+   Yaramas odamlarning hammasi esa, tikanli buta kabi uloqtirilar+,Chunki ularni qo‘l bilan ushlab bo‘lmas.   Ularga tekkanda inson,Temir quroli bilan nayzasi bo‘lishi darkor,O‘z joyida ular olovda butkul kuyishi kerak».  Dovudning kuchli jangchilarining ismlari quyidagicha+: uchta qudratli jangchining sardori+ — taxamo‘niy Yoshib-Bashebet. Bir safar u nayzasi bilan 800 kishini o‘ldirgan edi.  Undan keyingisi Oxo‘xning nevarasi, Do‘do‘+ o‘g‘li Elazar+. Bir kuni filistimliklar Isroilga qarshi jang qilgani to‘planib kelishganda, Dovud bilan birga uchta jangchi ularni mazax qilgan edi. Elazar ham ular qatorida edi. O‘shanda isroilliklar orqaga chekingan edi. 10  Elazar esa turgan joyida qo‘li toliqib, qilichi qo‘liga yopishib qolguncha filistimliklarni qirg‘in qilgan edi+. O‘sha kuni Yahova katta g‘alaba berdi+. Qochib ketgan askarlar qaytib kelib, jasadlarni talashgan edi. 11  Undan keyingi jangchi xarorlik Agey o‘g‘li Shammox edi. Filistimliklar Lexida to‘planishgandi. U yerda yasmiq ekilgan bir dala bor edi. Askarlar esa filistimliklardan qochib ketishgandi. 12  Shammox bo‘lsa dalaning o‘rtasida turib, dalani himoya qilgan edi. U filistimliklarni tor-mor etgan va shu tariqa Yahova katta g‘alaba bergan edi+. 13  O‘rim-yig‘im paytida 30 ta sardorning uch nafari Dovudning oldiga — Adullam g‘origa+ kelgan edi. Bu paytda, filistimliklarning bir guruhi Rafaimlar vodiysida+ qarorgoh qurgan edi. 14  Dovud xavfsiz joyda+, filistimliklarning soqchilar bo‘linmasi esa Baytlahmda edi. 15  O‘shanda Dovud chanqab: «Qani endi, Baytlahm darvozasi yonidagi sardobadan suv ichsam!» — degan edi. 16  Ushbu uchala qudratli jangchi filistimliklar qarorgohini yorib o‘tib, Baytlahm darvozasi yonidagi sardobadan suv tortgan va Dovudga olib kelib bergan edi. Ammo Dovud suvni ichmay, Yahovaning oldida yerga to‘kkan edi+. 17  U: «Hayotini xavf ostiga qo‘yib suv olib kelgan bu odamlarning qonini qanday ichaman?!+ Bunday qilishni aqlimga sig‘dira olmayman, ey Yahova!» — deb suv ichishdan bosh tortgan edi. Ushbu uchala qudratli jangchining qahramonliklari mana shulardan iborat. 18  Zeruya o‘g‘li Yo‘abning akasi+ Abushay+ boshqa uchta qudratli jangchining sardori edi. Bir safar u nayzasi bilan 300 kishini o‘ldirgan edi. Abushay uchala qudratli jangchi kabi taniqli edi+. 19  Garchi u boshqa uchta qudratli jangchidan mashhurroq bo‘lib, ularning sardori bo‘lgan bo‘lsa ham, u birinchi uchta qudratli jangchi darajasiga yetmagan edi. 20  Yohayido o‘g‘li Binayo+ jasoratli odam* bo‘lib, Kabzayolda+ ko‘p qahramonliklar ko‘rsatgan. U mo‘ablik Oriyolning ikkita o‘g‘lini o‘ldirgan. Qor yoqqan kuni esa suv saqlanadigan chuqurga tushib, sherni o‘ldirgan+. 21  Shuningdek, u bahaybat bir misrlikni ham o‘ldirgan. Misrlikning qo‘lida nayzasi bor bo‘lsa ham, unga qarshi tayoq bilan jang qilib, misrlikning qo‘lidan nayzasini tortib olgan va uni o‘z nayzasi bilan o‘ldirgan. 22  Yohayido o‘g‘li Binayoning qahramonliklari mana shulardan iborat. Binayo uchala qudratli jangchilar singari dong taratgan edi. 23  Garchi u 30 ta jangchidan taniqliroq bo‘lsa ham, uchala qudratli jangchining darajasiga yetmagan edi. Shunday bo‘lsa-da, Dovud uni o‘zining tansoqchilari ustidan bosh etib tayinlagan edi. 24  Yo‘abning ukasi Osoyil+ 30 ta jangchi qatorida edi. Baytlahmlik Do‘do‘ o‘g‘li Elxanon+, 25  xaro‘dlik Shammox bilan Elixo, 26  palatiy Xalez+, taxuvalik Ixesh o‘g‘li Ero+, 27  onoto‘tlik+ Abuazar+, xushalik Mavunnay, 28  oxo‘xiy Zalmon, natufolik Maxray+, 29  natufolik Banax o‘g‘li Xalev, Benyamin qabilasidan givolik Ribay o‘g‘li Etxay, 30  piratonlik Binayo+, Gash+ vodiysidan* Xidoy, 31  arabalik Abualvon, borxumlik Ozmobit, 32  shalbimlik Eliyaxba, Yoshonning o‘g‘illari, Yo‘natan, 33  xarorlik Shammox, xarorlik Shoror o‘g‘li Oxiyom, 34  maxolik kishining o‘g‘li Axazbay o‘g‘li Elifalet, giloxlik Oxito‘fel+ o‘g‘li Eliyom, 35  karmillik Xazro, arablik Paray, 36  zo‘volik Natan o‘g‘li Yixal, gadlik Banix, 37  Zeruya o‘g‘li Yo‘abning qurolbardori ommonlik Zilax bilan bero‘tlik Naxray, 38  yitarlik+ Ero bilan Goriv 39  hamda xetiy Uriyo+. Hammasi bo‘lib 37 kishi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «botir odamning o‘g‘li».