Solnomalar ikkinchi kitob 15:1-19

  • Osoning islohotlari (1-19)

15  Ododning o‘g‘li Ozariyoga Xudoning ruhi tushdi.  U Osoni qarshi olishga chiqib, unga shunday dedi: «Ey Oso, butun Yahudo va Benyamin, menga quloq solinglar! Agar Yahova bilan bo‘lsangiz, U ham sizlar bilan bo‘ladi+, Uni izlasangiz, Uni topasizlar+. Bordi-yu, Uni tark etsangiz, U ham sizlarni tark etadi+.  Isroil uzoq vaqt davomida Allohdan, ruhoniylar ta’limi va qonundan xoli yashadi+.  Ammo boshlariga qiyinchilik tushganda, ular Isroil Tangrisi Yahovaga qaytib, Uni izlashdi va U O‘zini ularga oshkor etdi+.  O‘sha kezlari yurtda tartibsizliklar ko‘payib ketgani bois, safarga chiqish xavfli edi.  Xudo ularni turli qiyinchiliklarga duchor qilib, ular orasida tartibsizliklar keltirib chiqargani uchun, xalq xalqga, shahar shaharga qarshi chiqardi+.  Biroq sizlar kuchli bo‘linglar, tushkunlikka tushmanglar!+ Zero, ishingizga yarasha taqdirlanasizlar!»  Bu so‘zlarni va Odod payg‘ambarning bashoratini eshitishi bilanoq, Oso jasoratga to‘lib, butun Yahudo va Benyamin yurtidagi hamda Efrayim tog‘li hududida bosib olgan barcha shaharlardagi jirkanch butlarni yo‘q qildi+. Qolaversa, Yahova uyining dahlizi oldidagi+ Yahovaning qurbongohini tikladi.  U butun Yahudo bilan Benyamin xalqini, shuningdek, Efrayim, Manashe va Shimo‘n yeridagi musofirlarni+, ya’ni Xudovand Yahova Oso bilan ekanini ko‘rib, Isroildan uning tomoniga o‘tgan odamlarni yig‘di. 10  Oso hukmronligining 15- yili uchinchi oyda ular Quddusda yig‘ilishdi. 11  Ular qo‘lga kiritgan o‘ljalaridan o‘sha kuni 700 ta qoramol va 7 000 ta qo‘yni Yahovaga qurbonlik qilib keltirishdi. 12  Bundan tashqari, ular ota-bobolarining Tangrisi Yahovani butun qalb va butun vujudi bilan izlashga ahd qilishdi+. 13  Kimki Isroil Xudosi Yahovani izlamasa, u xoh yosh, xoh qari bo‘lsin, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin o‘ldirilishi kerak edi+. 14  Ular baland ovozda, xursandchilik hayqiriqlari, karnay va burg‘ular sadosi ostida Yahovaga qasam ichishdi. 15  Butun Yahudo chin dildan qasam ichgani uchun quvondi. Ular Xudoni astoydil izlashgani bois, U O‘zini oshkor etdi+. Yahova ularga har tomondan tinchlik berdi+. 16  Shoh Oso hatto buvisi Maxoni+ malikalik mavqeidan mahrum etdi. Chunki buvisi muqaddas ustunga sajda qilish maqsadida qabih but yasagan edi+. Oso bu jirkanch butni kesib tashladi-da, parcha-parcha qilib Qidron vodiysida yoqib yubordi+. 17  Ammo Isroildan tepaliklar+ yo‘q qilinmadi+. Shunga qaramasdan, Oso umri davomida butun qalbi bilan Tangriga xizmat qildi+. 18  U o‘zining va otasining Xudoga bag‘ishlagan* kumush, oltin va turli buyumlarini Allohning uyiga olib keldi+. 19  Oso hukmronligining 35-yiligacha yurtda urush bo‘lmadi+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «muqaddas qilgan».