Solnomalar ikkinchi kitob 3:1-17
3 Sulaymon Quddusda, Yahova Dovudga zohir bo‘lgan+ Moriyox+ tog‘ida Yahovaga atab uy qura boshladi+. Bu, ilgari yobusiy O‘rnanning xirmoni+ bo‘lib, otasi Dovud tayyorlab qo‘ygan joy edi.
2 Sulaymon qurilishni hukmronligining to‘rtinchi yili, ikkinchi oyning ikkinchi kuni boshladi.
3 U haq Tangrining uyi uchun solgan poydevor uzunligi qadimgi o‘lchovga ko‘ra 60 tirsak*, eni esa 20 tirsak edi+.
4 Bu uyning old qismidagi dahliz uzunligi uyning eniday 20 tirsak, balandligi 120* edi. Sulaymon uning ichini sof oltin bilan qopladi+.
5 Asosiy xonasini qora archa yog‘ochlari, so‘ng sof oltin bilan qoplab+, ustini palma daraxti tasvirlari+ va zanjirlar bilan bezadi+.
6 Bundan keyin uyni chiroyli qimmatbaho toshlar bilan yasatdi+. Sulaymon ishlatgan oltin+ Parvayimdan olib kelingan edi.
7 U uyni, uning taxtalari, ostonalari, devorlariyu eshiklarini oltin bilan qoplab+, devorlarga karublar* tasvirini o‘yib tushirdi+.
8 Sulaymon Eng muqaddas xonani ham qurdi+. Uning uzunligi uyning eniga teng, ya’ni 20 tirsak, eni ham 20 tirsak edi. Shoh bu xonani 600 talant* sof oltin bilan qopladi+.
9 Mixlar uchun sarflangan oltin og‘irligi 50 shekel* edi. U boloxonalarni ham oltin bilan qopladi.
10 So‘ngra Sulaymon Eng muqaddas xonada ikkita karub yasattirib, ularni oltin bilan qopladi+.
11 Karublar qanotlarining+ umumiy uzunligi 20 tirsak edi. Birinchi karub qanotining uzunligi besh tirsak bo‘lib, devorga tegib turardi. Ikkinchi qanotining uzunligi ham besh tirsak edi va yonidagi karubning qanotiga tegib turardi.
12 Ikkinchi karub qanotining uzunligi besh tirsak bo‘lib, devorning boshqa tomoniga tegib turardi. Uzunligi besh tirsak bo‘lgan ikkinchi qanoti esa birinchi karubning qanotiga tegib turardi.
13 Bu karublarning yoyilgan qanotlari uzunligi 20 tirsak edi. Ular tik turgan holatda yasalib, yuzlari muqaddas xonaga qaratib o‘rnatildi.
14 Sulaymon shuningdek, moviy ip, to‘q qizilga bo‘yalgan jun, alvon rangli ip va sifatli matodan parda+ qildirib, ustiga karublar tasvirini soldi+.
15 Bundan keyin, u uyning old tomonida uzunligi 35 tirsak bo‘lgan ikkita ustun+ o‘rnatdi va har birining ustiga uzunligi besh tirsak keladigan ustun qosh+ qo‘ydi.
16 Sulaymon marjonga o‘xshash zanjirlar yasab, ular bilan ustun qoshlar atrofini bezadi va 100 ta anor yasab, ularni bu zanjirlarga biriktirib qo‘ydi.
17 U ustunlarni ma’badning old tomoniga, birini o‘ng*, ikkinchisini chap* tomonga qo‘ydi. O‘ng tarafidagini Yoxin*, chap tarafidagini Boz* deb nomladi.
Izohlar
^ Odatda bir tirsak 44,5 sm bo‘lgan. Lekin ba’zilarning fikricha, qadimgi o‘lchovga ko‘ra bir uzun tirsak 51,8 sm edi. Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ O‘lchov birligi ma’lum emas.
^ Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Yoki «janub».
^ Yoki «shimol».
^ Ma’nosi «U [ya’ni Yahova] mustahkamlasin».
^ Taxminiy ma’nosi «kuch ila».