Solnomalar ikkinchi kitob 34:1-33

  • Yahudo shohi Yo‘shiyo (1, 2)

  • Yo‘shiyoning islohotlari (3-13)

  • Tavrot kitobi topiladi (14-21)

  • Xuldaning falokat haqidagi bashorati (22-28)

  • Yo‘shiyo kitobni xalqga o‘qib beradi (29-33)

34  Yo‘shiyo+ sakkiz yoshida taxtga o‘tirib, Quddusda 31 yil shohlik qildi+.  Yo‘shiyo Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qilib, bobosi Dovudning yo‘llaridan yurdi. U o‘ngga ham, chapga ham og‘ib ketmadi.  Hukmronligining 8- yili u hali yosh bo‘lishiga qaramay, bobosi Dovudning Tangrisiga xizmat qila boshladi+. Hukmronligining 12- yili esa Yahudo va Quddusni tepaliklar+, muqaddas ustunlar, o‘yma tasvirlar-u+ quyma butlardan* tozalashga kirishdi+.  So‘ng uning nazorati ostida Baal qurbongohlarini buzib, ularning ustidagi tutatqi tutadigan idishlarni chopib tashlashdi. Yo‘shiyo muqaddas ustunlarni, o‘yma tasvirlarni va quyma butlarni sindirib, kukunga aylantirdi-da, ularga atab qurbonliklar keltirgan odamlarning qabrlari ustiga sochib yubordi+.  U ruhoniylarning suyaklarini o‘z qurbongohlari ustida kuydirdi+. Shu yo‘sin, Yahudo bilan Quddusni tozaladi.  U Naftali shahriga qadar Manashe, Efrayim+, Shimo‘n qabilalari shaharlarida va ularning atrofidagi xarobalarda  qurbongohlarni buzib, muqaddas ustunlar va o‘yma tasvirlarni+ maydaladi-da, kukunga aylantirdi. Isroil yurtidagi barcha tutatqi qurbongohlarini sindirib tashladi+, so‘ng Quddusga qaytdi.  Hukmronligining 18- yili yurtni va ma’badni tozalab bo‘lgach, shoh Yo‘shiyo Ozaliyoning o‘g‘li Shofonni+, shahar hokimi Masiyoni, Yo‘xoz o‘g‘li tarixnavis Yo‘xni Xudosi Yahovaning uyini ta’mirlashga yubordi+.  Ular oliy ruhoniy Xilqiyoning oldiga borib, unga Xudoning uyiga olib kelingan pullarni berishdi. Bu pullarni, darvozabon bo‘lib xizmat qiladigan levilar Manashe, Efrayim hamda qolgan isroilliklardan+, shuningdek, Yahudo, Benyamin va Quddus aholisidan yig‘ishgan edi. 10  So‘ng pullar Yahovaning uyini ta’mirlash ishlariga mas’ul bo‘lgan kishilarga berildi. Yahovaning uyida ishlayotganlar esa bu pullarni uyni tuzatish va ta’mirlash uchun sarflashdi. 11  Pulni yo‘nilgan toshlar va tirgaklar uchun yog‘ochlar sotib olishlari hamda Yahudo shohlari dastidan vayron bo‘lgan uylarning to‘sinlarini o‘rnatishlari uchun hunarmandlar-u quruvchilarga berishdi+. 12  Bu kishilar ishlarini halollik bilan bajarishdi+. Ularning ustidan Marori+ avlodidan Yaxat va Obodiyo, Qohot+ avlodidan Zakariyo va Mashullom ismli levilar nazoratchi sifatida tayinlangan edi. Mahoratli musiqachi bo‘lgan levilarning bari+, 13  yuk tashuvchilar hamda turli ishlarni bajaradigan kishilarga mas’ul bo‘ldi. Ba’zi levilar esa kotib, boshliq va darvozabon+ bo‘lib xizmat qilishdi. 14  Levilar Yahovaning uyidan pullarni olib chiqishayotganda+, ruhoniy Xilqiyo Muso orqali berilgan+ Yahovaning Qonun kitobini+ topib oldi. 15  Shunda Xilqiyo kotib Shofonga: «Men Yahovaning uyidan Tavrot kitobini topib oldim»,— dedi-da, kitobni unga berdi. 16  Shofon kitobni shohga olib borib, unga: «Xizmatkorlaringiz, ularga topshirilgan hamma ishlarni bajarishyapti. 17  Ular Yahovaning uyida to‘plangan pullarni olib, ularni tayinlangan kishilarga hamda ishlarni bajarayotganlarga berishdi»,— dedi. 18  Kotib Shofon shuningdek: «Ruhoniy Xilqiyo menga mana bu kitobni berdi»+,— deb shohning oldida uni o‘qiy boshladi+. 19  Shoh Tavrotda yozilgan so‘zlarni eshitishi bilanoq, egnidagi kiyimini yirtdi+. 20  So‘ngra u Xilqiyoga, Shofon o‘g‘li Oxixamga+, Mixo o‘g‘li Abdo‘nga, kotib Shofonga va o‘z xizmatchisi Osoyohga quyidagicha topshiriq berdi: 21  «Borib, mening nomimdan hamda Isroil va Yahudoda qolganlar nomidan Yahovaga murojaat qilib, topilgan kitobdagi so‘zlar nimani anglatishini Undan so‘ranglar. Ota-bobolarimiz bu kitobda yozilgan Yahovaning so‘zlariga to‘liq rioya etishmagani bois+, Yahovaning qahr-g‘azabi ustimizga yog‘iladi». 22  Shunda Xilqiyo shoh yuborgan kishilar bilan birgalashib payg‘ambar ayol+ Xuldaning oldiga bordi. U, kiyimlar uchun mas’ul bo‘lgan Xarxasning nevarasi, Tixvo o‘g‘li Shallumning xotini edi va Quddusning yangi dahasida yashardi. Shoh yuborgan kishilar Xulda bilan o‘sha yerda gaplashishdi+. 23  Xulda ularga dedi: «Isroil Tangrisi Yahova shunday demoqda: “Sizlarni oldimga yuborgan kishiga bunday denglar: 24  Yahova quyidagilarni aytmoqda: “Men bu yerga va uning aholisi boshiga falokat yuboraman+. Yahudo shohi huzurida o‘qilgan, ushbu kitobda yozilgan barcha la’natlarni amalga oshiraman+. 25  Ular Mendan voz kechib+, boshqa xudolarga qurbonlik kuydirib tutatishgani va qo‘llarining mahsuli bilan Meni ranjitishgani bois+, bu joyga g‘azabimni sochaman va u aslo so‘nmaydi”+. 26  Yahovadan so‘rashga sizlarni yuborgan Yahudo shohiga esa quyidagilarni aytinglar: “Siz eshitgan so‘zlar+ haqida Isroil Xudosi Yahova shunday demoqda: 27  “Ushbu yer va uning aholisi haqidagi Xudoning so‘zlarini eshitganingda, qalbingni tosh qilmay, Mening oldimda o‘zingni past tutganing va kiyimlaringni yirtib, fig‘on chekkaning uchun, so‘zlaringni eshitdim+,— demoqda Yahova.— 28  Shu sababli, seni ota-bobolaringga qo‘shaman* va sen tinchlikda qabrga qo‘yilasan. Men bu yerga va uning aholisiga keltiradigan kulfatlarni ko‘rmaysan”+». So‘ng ular Xuldaning aytganlarini shohga yetkazishdi. 29  Shunda shoh xabar yuborib, Yahudo bilan Quddusning hamma oqsoqollarini chaqirtirdi+. 30  Bundan keyin butun Yahudo va Quddus aholisi, ruhoniylar, levilar — jamiki xalq yoshidan qarisigacha shoh bilan birga Yahovaning uyiga bordi. Shoh Yahovaning uyidan topilgan ahd kitobidagi barcha so‘zlarni ularga o‘qib berdi+. 31  Shoh Yo‘shiyo o‘z o‘rnida turib, Yahova oldida ahd qildi*+. Bu ahdga ko‘ra, u kitobda yozilgan ahd so‘zlarini bajarishga+, Yahovaning yo‘lidan yurishga, Uning amrlari-yu eslatmalariga va qoidalariga butun qalbi hamda butun joni+ bilan amal qilishga va’da berdi. 32  Bundan tashqari, u Quddus va Benyamin aholisini bu ahdga sadoqatli qolishga undadi. Quddus aholisi ota-bobolari Xudosining ahdiga muvofiq yashay boshladi+. 33  Yo‘shiyo isroilliklarga qarashli barcha yerlardagi jirkanch narsalarni* yo‘q qilib+, Isroilda yashovchi hammani Tangri Yahovaga xizmat qilishga chorladi. U hayotligida, ular ota-bobolarining Xudosi Yahovaning yo‘llaridan og‘ishmadi.

Izohlar

Yoki «metall haykallardan».
Bu ibora orqali o‘lim she’riy tarzda ifodalangan.
Yoki «yangitdan ahd qildi».
Yoki «butlarni».