2 Yuhanno 1:1-13
1 Men oqsoqol, Alloh tanlab olgan xonim* va uning bolalariga yozyapman. Ularni mengina emas, balki haqiqatni bilib olganlarning bari sevadi.
2 Sizlarni sevishimizning sababi, qalbimizda abadiy qoladigan haqiqat bor.
3 Otamiz Xudo hamda Uning O‘g‘li Iso Masihdan inoyat, rahm-shafqat, tinchlik bilan haqiqat hamda muhabbat biz bilan bo‘ladi.
4 Bolalaringizdan ba’zilari Otadan olgan o‘sha amrga binoan haqiqatda yurayotganini bilib rosa quvondim+.
5 Xonim, bir-birimizni sevish amriga rioya qilishingizni iltimos qilib yozyapman. Bu amr yangi emas, chunki boshidan biz unga ega edik+.
6 Muhabbat Uning amrlariga binoan umr kechirish demakdir+. Sizlar boshidan eshitgan amr ana shudir. Sevgini namoyon etishda davom etinglar.
7 Dunyoda ko‘p aldoqchilar paydo bo‘lgan+. Ular Iso Masihning inson tariqasida kelganini tan olmayaptilar+. Bundaylar yolg‘onchi va dajjoldir+.
8 Qilgan mehnatingiz zoe ketmasligi va mukofotni to‘liq olishingiz uchun o‘zingizga ehtiyot bo‘linglar+.
9 Haddidan oshgan, Masih ta’limotidan uzoqlashgan har qanday odam Xudo bilan birlikda emas+. Bu ta’limotga amal qilgan kishi esa Ota va O‘g‘il bilan birlikdadir+.
10 Agar biror kishi sizlarga bunday ta’limotni keltirmasa, uni uyingizga kiritmanglar+ va unga salom ham bermanglar.
11 Boisi, unga salom bergan uning yomon ishlariga sherik bo‘ladi.
12 Garchi sizlarga yozadigan ko‘p gaplarim bor bo‘lsa-da, lekin siyoh bilan qog‘ozga yozishni istamadim. Zero quvonchga to‘lishingiz uchun oldingizga borib yuzma-yuz gaplashish niyatidaman.
13 Alloh tanlab olgan opangizning bolalari sizlarga salom yo‘llashyapti.
Izohlar
^ Bu so‘z biror ayolni yoki birinchi asrdagi birorta jamoatni anglatishi mumkin.