Shohlar uchinchi kitob 19:1-21
19 Axab+ Izabelga+ Ilyosning barcha qilgan ishlari hamda payg‘ambarlarning hammasini qilichdan o‘tkazgani+ haqida aytib berdi.
2 Shunda Izabel xabarchi orqali Ilyosga: «Agar ertaga shu paytda sen o‘ldirgan payg‘ambarlarning kunini boshingga solmasam, xudolar meni qattiq jazolasin!» — dedi.
3 Ilyosni qo‘rquv bosib, jonini saqlash uchun qochib ketdi+. U Yahudoda+ joylashgan Bershevaga+ yetib kelgach, xizmatkorini o‘sha yerda qoldirdi.
4 O‘zi esa sahroda bir kun yo‘l yurib, bir butaning tagiga kelib o‘tirdi. Ilyos o‘ziga o‘lim tilab: «Bo‘ldi, yetar! Ey Yahova, jonimni ola qol+. Axir ota-bobolarimdan nima ortiq joyim bor?!» — deb aytdi.
5 So‘ng Ilyos butaning tagida yotib uxlab qoldi. Biroq to‘satdan farishta uni turtib+: «Tur, ovqatlanib ol»+,— dedi.
6 Ilyos ko‘zini ochib, bosh tomonida qizib turgan toshlar ustida kulcha bilan ko‘zada suv turganini ko‘rdi. U yeb-ichib, yana yotdi.
7 Yahovaning farishtasi ikkinchi bor kelib, Ilyosni turtdi-da: «Tur, ovqatlanib ol. Yo‘qsa, uzoq yo‘l yurishga holing bo‘lmaydi»,— dedi.
8 Ilyos turib yeb-ichdi va kuchga to‘lib, haq Xudoning tog‘i Xorevgacha 40 kecha-yu 40 kunduz yo‘l yurdi+.
9 U Xorev tog‘idagi bir g‘orga kirib+, tunab qoldi. O‘sha yerda Yahova undan: «Bu yerda nima qilyapsan, Ilyos?» — deb so‘radi.
10 Javoban u: «Ey, Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova! Men Senga g‘ayrat bilan xizmat qilib keldim+. Isroil xalqi bo‘lsa Sening ahdingni+ unutib, qurbongohlaringni buzib tashladi, payg‘ambarlaringni esa qilichdan o‘tkazdi+. Yolg‘iz men qochib qutuldim. Hozir ular mening jonimni olish payida yuribdi»+,— dedi.
11 Ammo unga: «Tashqariga chiqib, tog‘da, Yahovaning oldida tur»,— deya buyurildi. Yahova Ilyosning yonidan o‘tib ketayotganda+, Yahovaning oldida kuchli shamol ko‘tarildi va tog‘larni larzaga keltirib, qoyalarni parchaladi+. Biroq Yahova shamol ichida emas edi. Shamol tingach, zilzila bo‘ldi+, lekin Yahova zilzilada ham emas edi.
12 Zilziladan so‘ng olov paydo bo‘ldi+. Ammo Yahova olov ichida emas edi. Olovdan keyin mayin, ohista ovoz keldi+.
13 Ilyos ovozni eshitgan zahoti, yuzini kamzuli bilan yopib+, tashqariga chiqdi-da, g‘orning og‘zida turdi. Shunda u: «Bu yerda nima qilyapsan, Ilyos?» — degan ovozni eshitdi.
14 Javoban u: «Ey, Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova! Men Senga g‘ayrat bilan xizmat qilib keldim. Isroil xalqi bo‘lsa Sening ahdingni+ unutib, qurbongohlaringni buzib tashladi, payg‘ambarlaringni esa qilichdan o‘tkazdi. Yolg‘iz men qochib qutuldim. Hozir ular mening jonimni olish payida yuribdi»+,— deb aytdi.
15 Yahova unga shunday dedi: «Damashq sahrosiga qaytib bor. U yerga yetib kelgach, Xazayilni+ Suriya ustidan shoh etib tayinla*.
16 Nimshining nevarasi Yohuni+ Isroilning shohi qilib, Ovil-Maxladan bo‘lgan Shofot o‘g‘li Elishayni* esa o‘rningga payg‘ambar etib tayinla+.
17 Xazayilning qilichidan qochib qutulgan+ kishini Yohu o‘ldiradi+. Yohuning qilichidan qochib qutulgan odamni Elishay o‘ldiradi+.
18 Isroilda Baalga sajda qilmagan+ va uni o‘pmagan+ 7 000 kishi qoldi»+.
19 Ilyos u yerdan yo‘lga chiqdi va Shofot o‘g‘li Elishayni yerni shudgor qilayotgan holda uchratdi. Uning oldida 12 juft ho‘kiz bor bo‘lib, u 12- juftning orqasida ketayotgandi. Ilyos Elishayning yoniga borib, kamzulini+ uning ustiga tashladi.
20 Elishay ho‘kizlarini qoldirib, Ilyosning orqasidan yetib oldi-da, unga: «Ota-onamni o‘pib, xayrlashib kelishimga ijozat bering. Keyin orqangizdan boraman»,— dedi. Ilyos unga: «Mayli, borib kel»,— deb aytdi.
21 Elishay qaytib kelgach, bir juft ho‘kizini so‘ydi-da, omoch-bo‘yinturuqlarni yoqdi va go‘shtini pishirib, odamlarga tarqatdi va ular yeyishdi. So‘ngra u borib, Ilyosga ergashdi va unga xizmat qila boshladi+.