Shohlar uchinchi kitob 4:1-34

  • Sulaymon saroyidagi martabali kishilar (1-19)

  • Sulaymon davridagi farovonlik (20-28)

    • Xalq xotirjam yashaydi (25)

  • Sulaymonning donoligi va hikmatli so‘zlari (29-34)

4  Shoh Sulaymon butun Isroil ustidan shohlik qilayotgan edi+.  Uning qo‘l ostidagi martabali kishilar quyidagilar edi: Zodo‘x+ o‘g‘li Ozariyo — ruhoniy,  Shisho o‘g‘illari Elixorut bilan Oxiyo — kotib+, Oxilud o‘g‘li Yohushafat — tarixnavis+,  Yohayido o‘g‘li Binayo+ — lashkarboshi, Zodo‘x bilan Abuatar+ — ruhoniy,  Natan+ o‘g‘li Ozariyo — nazoratchilar boshlig‘i, Natan o‘g‘li Zabud esa ruhoniy hamda shohning do‘sti* edi+.  Oxisar — saroy boshqaruvchisi, Abdax o‘g‘li Odoniram+ — yollanma ishchilar+ boshlig‘i edi.  Sulaymonning butun Isroil ustidan boshqaradigan 12 ta nazoratchisi bo‘lib, ular shoh va uning xonadonini oziq-ovqat bilan ta’minlab turardi. Ulardan har biri yiliga bir oy davomida oziq-ovqat yetkazib berishga mas’ul edi+.  Ularning ismlari quyidagicha edi: Efrayim tog‘li hududida nazoratchi — Xur,  Moxaz, Shalbim+, Bayt-Shamash va Elo‘n-Bayt-Xanonda nazoratchi — Daxor o‘g‘li, 10  Arbo‘tda Xesed o‘g‘li (So‘xo‘ va butun Xafer yeri uning qaramog‘ida edi), 11  Butun Do‘r qiyaliklarida nazoratchi — Abunadov o‘g‘li (u Sulaymonning qizi To‘fatga uylangan edi), 12  Tanax va Maxido‘da+, Yizril etagida joylashgan Zoraton yonidagi butun Bayt-Shiyonda+ va Bayt-Shiyondan Ovil-Maxlagacha bo‘lgan yerlarda hamda Yoxmayom+ hududida nazoratchi — Oxilud o‘g‘li Bano edi. 13  Ramo‘t-Giladda+ nazoratchi — Geber o‘g‘li (Manashe o‘g‘li Yovirning+ Giladdagi+ chodirli qishloqlari va Bashandagi+ Argob hududi+ uning qaramog‘ida bo‘lib, ushbu hududda devor bilan o‘ralgan, misdan qilingan surma zulfinli 60 ta katta shahar bor edi), 14  Moxanayimda+ Iddo o‘g‘li Oxinadov, 15  Naftali hududida Oximas (u Sulaymonning qizi Bosimatga uylangan edi), 16  Osher hududi va Bolo‘t shahrida nazoratchi — Xushay o‘g‘li Bano, 17  Issaxor hududida Yohushafat o‘g‘li Paruvax, 18  Benyamin hududida+ Shimey+ o‘g‘li Ela, 19  Gilad o‘lkasi+, ya’ni amoriylar shohi Sixo‘n+ bilan Bashan shohi O‘g+ boshqargan yurtda nazoratchi — Uri o‘g‘li Geber edi. Yurtdagi ushbu barcha nazoratchilar ustidan bosh etib bitta nazoratchi tayinlangan edi. 20  Dengiz sohilidagi qumday ko‘p bo‘lgan Yahudo va Isroil xalqi+ yeb-ichib, xursandchilik bilan yashardi+. 21  Sulaymon Furot daryosidan+ filistimliklar yurtigacha va Misr chegarasigacha bo‘lgan barcha shohliklar ustidan boshqarardi. Bu yer aholisi Sulaymonga butun umri davomida xizmat qilib, soliq to‘lardi+. 22  Sulaymon xonadonining kundalik oziq-ovqati quyidagini tashkil etardi: 30 kor* oliy navli un, 60 kor oddiy un, 23  o‘nta bo‘rdoqi ho‘kiz, yaylovda boqilgan 20 ta ho‘kiz, 100 ta qo‘y, bundan tashqari bug‘ular, g‘izollar, eliklar va semiz kakkular. 24  Sulaymon Furot daryosining+ g‘arbidagi Tifsaxdan G‘azogacha+ bo‘lgan hudud hamda shu tomondagi barcha shohliklar ustidan boshqarardi. Unga tegishli hududlarning barida tinchlik hukm surardi+. 25  Sulaymon shohlik qilgan davrda Dandan Bershevaga qadar istiqomat qiladigan Yahudo va Isroil xalqi tinchlik-xotirjamlikda yashab, har qaysisi o‘z uzumzori va anjir daraxti tagida o‘tirardi. 26  Sulaymonning 12 000 ta oti* va aravalarga qo‘shiladigan otlari uchun 4 000 ta* otxona bo‘lmalari bor edi+. 27  Nazoratchilarning har biri o‘z navbati kelgan oyda shoh Sulaymon va uning dasturxonidan taom yeydiganlarni oziq-ovqat bilan ta’minlab turardi va hamma narsa yetarli bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilardi+. 28  Shuningdek, nazoratchilardan har biri kerakli joylarga aravaga qo‘shiladigan otlar va boshqa otlar uchun arpa va somon yetkazib turardi. 29  Alloh Sulaymonga cheksiz donolik, aql-idrok va dengiz sohilidagi qumday behad fahm-farosat* ato etdi+. 30  Sulaymonning donoligi butun Sharq xalqlari hamda Misr xalqining donoligidan ustun edi+. 31  U har qanday insondan, zerahiy Etxandan+, Moxulning o‘g‘illari Xaman+, Qolko‘l+ va Dardaxdan ham donoroq bo‘lib, atrofdagi barcha xalqlar orasida dong taratgan edi+. 32  Sulaymon 3 000 ta hikmatli so‘z aytib+, 1 005 ta qo‘shiq bastalagan+. 33  U, o‘simliklar — devorga yopishib o‘sadigan issop*+ hamda Livandagi* kedr daraxtlari, shuningdek, hayvonlar+, qushlar*+, o‘rmalab yuruvchilar*+ va baliqlar haqida gapirgan. 34  Sulaymonning donoligini tinglash uchun barcha xalqlardan odamlar, shuningdek, uning donoligi haqida eshitgan shohlar ham Sulaymonning huzuriga kelardi+.

Izohlar

Yoki «maslahatchisi».
Bir kor=220 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Yoki «otlig‘i».
Ayrim qo‘lyozmalar va o‘xshash oyatlarda ushbu son keltirilgan. Boshqa qo‘lyozmalarda esa 40 000 ta deyilgan.
Yoki «fahm-farosatga to‘la yurak».
Yoki «Lubnondagi».
Yoki «qanotli jonivorlar».
Sudralib yuruvchilar va hasharotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.