Shohlar uchinchi kitob 9:1-28

  • Yahova Sulaymonga yana zohir bo‘ladi (1-9)

  • Sulaymonning shoh Xiramga bergan sovg‘asi (10-14)

  • Sulaymonning boshqa loyihalari (15-28)

9  Sulaymon Yahovaga atalgan uyni hamda o‘z saroyini qurib bitkazdi+ va niyat qilgan hamma narsani amalga oshirdi+.  Yahova Givonda Sulaymonga zohir bo‘lganiday+, ikkinchi marta unga zohir bo‘ldi.  Yahova unga shunday dedi: «Sening ibodatingni va iltifot ko‘rsatishimni so‘rab yolvorganingni eshitdim. Sen qurgan bu uyni Men muqaddas qildim, toki shu yerda ismim mangu tursin+. Ko‘zlarim va qalbim hamisha o‘sha yerda bo‘ladi+.  Otang Dovud kabi sen ham oldimda sofdillik+ va to‘g‘rilik+ ila yurib+, Men senga buyurgan barcha narsani bajarsang+, qonun-qoida va hukmlarimga bo‘ysunsang+,  Isroil ustidan shohlik taxtingni abadiy mustahkam qilaman. Chunki otang Dovudga: “Nasling toabad Isroil taxtida o‘tiradi”+,— deb va’da bergandim.  Agar sizlar va o‘g‘illaringiz Mendan yuz o‘girib, sizlarga bergan amr va farmonlarimga rioya etmay, boshqa xudolarga xizmat qilib, ularga sajda qilsangiz+,  Isroil xalqini Men ularga bergan yurtdan yo‘q qilib+, O‘z ismim bilan muqaddas qilgan uyni ko‘z o‘ngimdan uloqtiraman+. Barcha xalqlar isroilliklarni mazax qilib, ustlaridan kulishadi+.  Bu uy xarobaga aylanadi+. Uning yonidan o‘tadigan har bir kishi hayratdan dong qotadi va hushtak chalib: “Nega Yahova bu yurtni, bu uyni bunday ko‘yga solgan ekan-a?!”+ — deb aytadi.  Unga: “Ular ota-bobolarini Misrdan olib chiqqan Tangrisi Yahovani tashlab, boshqa xudolarga yuz burishgani va ularga xizmat qilishgani uchun bu sodir bo‘ldi. Mana shu sababli, Yahova bu hamma falokatlarni ularning boshiga solgan”+,— deyishadi». 10  Sulaymon Yahovaning uyi bilan o‘z saroyini 20 yil ichida qurib bitkazdi+. 11  Tir shohi Xiram+ Sulaymonning istagiga binoan, unga kedr yog‘ochi, qora archa yog‘ochi va oltin yetkazib berdi+. Shoh Sulaymon Xiramga Jalila yurtidan 20 ta shahar berdi. 12  So‘ng Xiram Tirdan chiqib, Sulaymon unga bergan shaharlarni ko‘rishga bordi, lekin ular unga yoqmadi. 13  Shunda u: «Birodarim, menga qanday shaharlarni berdingiz?» — dedi. Bu shaharlar bugungi kungacha Kavul yurti* deb ataladi. 14  Xiram esa shoh Sulaymonga 120 talant* oltin yubordi+. 15  Shoh Sulaymon Yahovaga atalgan uyni+, o‘z saroyi, Millo*+, Quddus devori, Xazor+, Maxido‘+ va Gezerni+ qurish uchun yollanma ishchilarni to‘pladi+. 16  (Misr fir’avni Gezerni bosib olib, uni yondirgan, shahar aholisi kan’onliklarni+ esa qirib tashlagan edi. U qizini Sulaymonga uzatganda, o‘sha shaharni sep qilib bergan edi+.) 17  Sulaymon quyidagi shaharlarni tikladi: Gezer, Quyi Bayt-Xo‘ron+, 18  Baalat+ va Isroil yurtidagi sahroda joylashgan Tamarni. 19  Shuningdek, o‘zining ombor shaharlarini, arava hamda otliqlar uchun mo‘ljallangan shaharlarni qurdi+. Bundan tashqari Quddusda, Livanda va boshqaruvi ostidagi butun yurtda o‘zi istagan barcha narsani bunyod etdi. 20  Isroil xalqi orasida amoriylar, xetiylar, pariziylar, xiviylar va yobusiylardan+ qolib ketgan+, 21  isroilliklar to‘liq yo‘q qilib yubora olmagan ularning avlodlariga kelsak, Sulaymon ularni qul qilib og‘ir mehnat qilishga majbur etdi. Bugungi kungacha ular qul bo‘lib kelishyapti+. 22  Ammo Sulaymon isroilliklarning hech birini qul qilmadi+. Ular uning jangchilari, xizmatkorlari, beklari, yordamchilari, aravakash va otliqlarining boshchilari bo‘lishdi. 23  Sulaymonning yumushlarini va ishchilarini boshqaradigan 550 ta bosh nazoratchisi bor edi+. 24  Fir’avnning qizi+ Dovud shahridan+ Sulaymon u uchun qurgan uyga keldi. Sulaymon o‘shanda Milloni+ ham bunyod etdi. 25  Sulaymon Yahova uchun qurgan qurbongohda+ har yili uch marta+ kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini keltirardi. Buning ustiga, Yahovaning oldidagi qurbongohda qurbonlikni kuydirib tutatardi. Shunday qilib, Sulaymon uyni qurib bitkazdi+. 26  Shoh Sulaymon Edom yurtida+, Qizil dengiz sohilida joylashgan Eletning yonida, Ezyo‘n-Geberda+ kemalar qurdi. 27  Xiram kemalarda o‘z xizmatchilarini, ya’ni tajribali dengizchilarni Sulaymonning xizmatchilariga qo‘shib yubordi+. 28  Ular Ofirga+ yo‘l olishdi, u yerdan esa shoh Sulaymonga 420 talant oltin keltirishdi.

Izohlar

Boshqa variant «hech narsaga yaroqsiz yer».
Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Ibroniycha ma’nosi «tuproq uyumi».