Shohlar to‘rtinchi kitob 11:1-21

  • Otaliyo taxtni qo‘lga kiritadi (1-3)

  • Yo‘sh yashirincha shoh etib tayinlanadi (4-12)

  • Otaliyo o‘ldiriladi (13-16)

  • Yohayidoning islohotlari (17-21)

11  Oxaziyoning onasi Otaliyo+ o‘g‘li o‘lganini ko‘rib+, butun shoh avlodini qirib tashlashga+ bel bog‘ladi.  Ammo shoh Yohuramning qizi, Oxaziyoning singlisi Yohusheva+ o‘limga mahkum etilgan shahzodalardan biri bo‘lmish Oxaziyoning o‘g‘li Yo‘shni o‘g‘irlab, uni enagasi bilan ichkaridagi yotoqxonaga yashirdi. Shu tariqa, ular Yo‘shni Otaliyodan yashirib, uni omon saqlab qolishdi.  Otaliyo hukmronlik qilgan davrda, Yo‘sh enagasi bilan birga Yahovaning uyida olti yil davomida yashirinib yurdi.  Yettinchi yili Yohayido Yahovaning uyiga xariyollik soqchilar va saroy qo‘riqchilari+ yuzboshilarini chaqirtirdi. Yohayido ular bilan Yahovaning uyida bitim tuzib, qasam ichdirdi, so‘ngra shohning o‘g‘lini ularga ko‘rsatdi+.  Yohayido ularga quyidagicha topshiriq berdi: «Sizlar uch qismga bo‘lininglar. Birinchi qism Shabbat kuni shoh saroyida navbatchilik qilib, uni qo‘riqlasin+.  Ikkinchi qism Asos darvozasida, uchinchi qism esa saroy soqchilarining ortidagi darvoza oldida tursin. Shu yo‘sin, shoh saroyini galma-gal qo‘riqlanglar.  Shabbat kuni navbatchilik qiladigan ikkita guruh shohni himoyalash uchun Yahovaning uyini astoydil qo‘riqlasin.  Har biringiz qo‘llaringizga qurol olib, shohning atrofini o‘rab olinglar. Safingizni yorib kirmoqchi bo‘lgan har kimni o‘ldiringlar. Shoh qayerga bormasin, uning yonida bo‘linglar».  Yuzboshilar+ ruhoniy Yohayido buyurganiday qilishdi. Ular Shabbat kuni navbatchi bo‘lgan va navbatchilikni tugatgan odamlarini olib, ruhoniy Yohayidoning+ oldiga borishdi. 10  Ruhoniy Yahovaning uyida turgan shoh Dovudga tegishli nayza va dumaloq qalqonlarni yuzboshilarga berdi. 11  Shunda qo‘llariga qurol ushlagan saroy soqchilari+ uyning o‘ng tomonidan chap tomonigacha, qurbongoh+ bilan uyning yonida, shohning atrofida saf tortishdi. 12  Keyin Yohayido shahzodani+ olib chiqib, boshiga toj kiydirdi-da, Tavrot kitobini+ uning boshiga qo‘ydi. Shu tariqa, uni shoh etib moylashdi va qarsak chalib: «Shoh hazratlarining umrlari uzoq bo‘lsin!»+ — deyishdi. 13  Otaliyo yugurayotgan odamlarning shovqinini eshitishi bilanoq, Yahovaning uyidagi xalq oldiga keldi+. 14  U, odatga ko‘ra shoh ustun oldida turganini ko‘rdi+. Lashkarboshilar bilan karnaychilar+ shohning yonida edi. Butun yurt aholisi esa quvonar va karnay chalardi. Buni ko‘rgan Otaliyo egnidagi kiyimini yirtib: «Xoinlik! Xoinlik!» — deb baqirdi. 15  Lekin ruhoniy Yohayido qo‘shin ustidan tayinlangan yuzboshilarga+: «Uni orangizdan olib chiqinglar! Kim uning ortidan ergashsa, qilichdan o‘tkazinglar!» — dedi. So‘ng davom etib: «Uni Yahovaning uyida o‘ldirmanglar»,— deb buyurdi. 16  Ular Otaliyoni ushlab, shoh saroyiga+ otlar kiradigan joyga olib kelib o‘ldirishdi. 17  Keyin Yohayido, bundan buyon ham ular Yahovaning xalqi bo‘lib qolishi uchun, shoh bilan xalq va Yahova o‘rtasida ahd tuzdi+. Shuningdek, shoh bilan xalq o‘rtasida bitim tuzdi+. 18  Bundan so‘ng butun yurt aholisi Baal ibodatxonasiga kirib, uning qurbongohlarini vayron qildi-da+, tasvirlarini parchalab tashladi+. Baal ruhoniysi Mattanni esa qurbongohlar oldida o‘ldirdi+. Keyin ruhoniy Yohayido Yahovaning uyiga nazoratchilar tayinladi+. 19  Bundan tashqari, u Yahovaning uyidan chiqqan shohni saroyga kuzatib borish uchun yuzboshilar+, xariyollik soqchilar, saroy qo‘riqchilari+ va butun yurt aholisini yig‘di. Ular saroy qo‘riqchisining darvozasi orqali shoh saroyiga kelishdi. So‘ngra Yo‘sh shoh taxtiga o‘tirdi+. 20  Butun yurt aholisi shod-xurram bo‘ldi, shaharda esa tinchlik o‘rnatildi. Chunki ular Otaliyoni shoh saroyi yonida qilichdan o‘tkazishdi. 21  Yo‘sh+ taxtga o‘tirganda, yetti yoshda edi+.

Izohlar