Shohlar to‘rtinchi kitob 13:1-25
13 Yahudo shohi Oxaziyo+ o‘g‘li Yo‘sh+ hukmronligining 23- yili, Yohuning+ o‘g‘li Yohuxoz Samariyada Isroil ustidan shoh bo‘ldi va 17 yil hukmronlik qildi.
2 U Yahovaning nazarida yomon ishlar qilishda davom etib, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohlaridan ayrilmadi+. Yohuxoz bu yo‘ldan qaytmadi.
3 Shu bois, Isroilga nisbatan Yahovaning g‘azabi+ alanga olib+, ularni qayta-qayta Suriya shohi Xazayil+ hamda o‘g‘li Banhadadning+ qo‘liga topshirdi.
4 Yohuxoz vaqt o‘tib, Yahovadan iltifot ko‘rsatishini so‘rab yolvordi va Yahova uni eshitdi. Sababi, U Suriya shohi Isroilga o‘tkazayotgan zulmni ko‘rgan edi+.
5 Yahova Isroilni Suriyaning iskanjasidan ozod etish uchun bir najotkorni yubordi+ va isroilliklar ilgarigiday o‘z uylarida* yashay boshlashdi.
6 (Ammo ular Isroilni gunohga botirgan Yorubom xonadonining gunohlaridan qaytishmadi+. Ular gunoh qilishda davom etishdi va Samariyada muqaddas ustunlar+ yo‘q qilinmadi.)
7 Yohuxoz 50 ta otliq, 10 ta arava hamda 10 000 ta piyoda askarlari bilan qolgan edi. Chunki ularni Suriya shohi donni yanchganday yanchib tashlagan edi+.
8 Yohuxozning hayoti, erishgan yutuqlari va amalga oshirgan ishlari haqida Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan.
9 Keyin Yohuxoz vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi va uni Samariyada dafn etishdi+. O‘rniga o‘g‘li Yo‘sh shoh bo‘ldi.
10 Yahudo shohi Yo‘sh hukmronligining 37- yili, Yohuxoz o‘g‘li Yo‘sh+ Samariyada Isroil ustidan shoh bo‘lib, 16 yil hukmronlik qildi.
11 U Yahovaning nazarida yomon ishlar qilishda davom etdi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohlaridan qaytmadi+. Bu gunohlarni qilishda davom etdi.
12 Yo‘shning hayoti, erishgan yutuqlari, amalga oshirgan ishlari va Yahudo shohi Emoziyo bilan qilgan jangi+ haqida Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan.
13 Keyin Yo‘sh vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi va o‘rniga Yorubom*+ taxtga o‘tirdi. Yo‘sh Samariyada, Isroil shohlari yoniga dafn etildi+.
14 Elishay+ kasalga chalinib, o‘lim to‘shagida yotgan edi. Isroil shohi Yo‘sh uning oldiga kelib: «Ota, otajon! Isroilning aravasi-yu otliqlari!»+ — deya yig‘lay boshladi.
15 Elishay unga: «Kamon bilan o‘qlarni ol»,— dedi. Yo‘sh kamon bilan o‘qlarni oldi.
16 U Isroil shohiga: «Kamonni qo‘lingga ol»,— dedi. U kamonni qo‘liga olgach, Elishay qo‘llarini shohning qo‘llari ustiga qo‘ydi.
17 Elishay: «Sharq tomondagi derazani och!» — dedi. U ochganida, Elishay unga: «Ot!» — dedi va u shunday qildi. U shohga: «Bu — Yahovaning g‘alaba o‘qi, Suriyaga qarshi otilgan o‘qi! Sen Ofoqda+ Suriyani mag‘lub etmaguningcha qirasan»,— deb aytdi.
18 Keyin unga: «O‘qlarni ol»,— dedi. Isroil shohi o‘qlarni olgach, Elishay unga: «O‘qlarni yerga ur»,— dedi. U o‘qlarni olib, uch marta yerga urdi-da, to‘xtab qoldi.
19 Haq Xudoning odami bundan jahli chiqib, dedi: «Sen yerga besh yoki olti marta urishing kerak edi! Shunda Suriya ustidan mutlaq g‘alaba qozongan bo‘larding. Endi bo‘lsa Suriyani uch marta yengasan, xolos»+.
20 Bundan so‘ng Elishay olamdan o‘tib, dafn etildi. Har yilning boshida* bu yurtga mo‘abliklarning bosqinchilar to‘dasi+ kelardi.
21 Kunlarning birida, odamlar bir kishini dafn etishayotganida, bosqinchilar to‘dasini ko‘rib qolishdi. Ular o‘sha zahotiyoq murdani Elishay dafn etilgan joyga tashlab, qochib ketishdi. Uning jasadi Elishayning suyaklariga tegishi bilan, u tirilib+, oyoqga turdi.
22 Yohuxoz hukmronlik qilgan davrda Suriya shohi Xazayil+ Isroilga jabr-zulm o‘tkazib keldi+.
23 Biroq Yahova Ibrohim+, Is’hoq+ va Yoqub+ bilan qilgan ahdiga ko‘ra ularga iltifot va rahm-shafqat ko‘rsatib+, g‘amxo‘rlik qildi. Ularni yo‘q qilib tashlashni istamadi va bugunga qadar ularni O‘z huzuridan quvib chiqarmadi.
24 Suriya shohi Xazayilning vafotidan keyin, o‘rniga o‘g‘li Banhadad shoh bo‘ldi.
25 Yo‘sh otasi Yohuxozdan Xazayil jangda tortib olgan yerlarni Banhadaddan qaytarib oldi. U Xazayil o‘g‘li Banhadadni uch marta mag‘lub etib+, Isroil shaharlarini qaytadan qo‘lga kiritdi.
Izohlar
^ Ya’ni tinchlik va xavfsizlikda.
^ Ya’ni Yorubom II.
^ So‘zma-so‘z «yil boshlanganda», chamasi bahorda.