Shohlar to‘rtinchi kitob 15:1-38

  • Yahudo shohi Ozariyo (1-7)

  • Isroilning so‘nggi shohlari: Zakariyo (8-12), Shallum (13-16), Manaxim (17-22), Pakaxiyo (23-26), Pekax (27-31)

  • Yahudo shohi Yo‘tom (32-38)

15  Isroil shohi Yorubom* hukmronligining 27- yili, Yahudo shohi Emoziyo+ o‘g‘li Ozariyo*+ shoh bo‘ldi+.  U taxtga o‘tirganida 16 yoshda edi va Quddusda 52 yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yoxoliyo bo‘lib, qudduslik edi.  Ozariyo otasi Emoziyo kabi, Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qilib yashadi+.  Biroq tepaliklar yo‘q qilinmadi+ va xalq o‘sha tepaliklarda qurbonliklar keltirib, ularni kuydirib tutatardi+.  Yahova shohni moxov kasaliga duchor qildi+ va u umrining oxirigacha sog‘aymadi. U alohida bir uyda yashadi+. Bu paytda esa uning o‘g‘li Yo‘tom+ saroydagi ishlarni boshqarib, xalqga hakamlik qildi+.  Ozariyoning+ hayoti va barcha qilgan ishlari haqida Yahudo shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan.  Ozariyo vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi+ va u Dovud shahrida, ota-bobolari yoniga dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Yo‘tom shoh bo‘ldi.  Yahudo shohi Ozariyo+ hukmronligining 38- yili, Yorubom o‘g‘li Zakariyo+ Samariyada Isroil ustidan shoh bo‘ldi va olti oy hukmronlik qildi.  U ota-bobolari kabi Yahovaning nazarida yomon ishlar qilib, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohlaridan qaytmadi+. 10  So‘ngra Yoboshning o‘g‘li Shallum unga qarshi fitna uyushtirdi va uni Yiblayomda+ o‘ldirib+, o‘rniga o‘zi taxtga o‘tirdi. 11  Zakariyoning hayoti Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 12  Yahovaning Yohuga: «Sendan keyingi to‘rtta avloding+ Isroil taxtida o‘tiradi»+,— deb aytgan so‘zi amalga oshdi. Hammasi aytilganiday bajo bo‘ldi. 13  Yobosh o‘g‘li Shallum, Yahudo shohi Uzziyo+ hukmronligining 39- yili shoh bo‘ldi va Samariyada bir oy hukmronlik qildi. 14  Keyin Gadi o‘g‘li Manaxim Tirzadan+ Samariyaga kelib, Yobosh o‘g‘li Shallumni+ o‘ldirdi va o‘rniga o‘zi taxtga o‘tirdi. 15  Shallumning hayoti va uyushtirgan fitnasi haqida Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 16  Manaxim Tirzadan kelib, Tifsaxni va o‘sha hududdagi barchani yo‘q qildi. Chunki unga shahar darvozalarini ochishmadi. Manaxim u yerni yakson qilib, homilador ayollarning qorinlarini yorib tashladi. 17  Yahudo shohi Ozariyo hukmronligining 39- yili, Gadi o‘g‘li Manaxim Isroil ustidan shoh bo‘ldi va Samariyada o‘n yil hukmronlik qildi. 18  U Yahovaning nazarida yomon ishlar qilishda davom etib, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohlaridan butun umr qaytmadi+. 19  Ossuriya shohi Pulu+ Isroil yurtiga bostirib keldi. Manaxim o‘z shohligini mustahkamlash niyatida Puluga 1 000 talant* kumush berdi+. 20  Manaxim bu kumushni Isroilning obro‘li va boy-badavlat kishilaridan yig‘ib oldi+. U har biridan 50 kumush shekeldan* yig‘ib, Ossuriya shohiga berdi. Keyin Ossuriya shohi yurtni tark etib, ortiga qaytib ketdi. 21  Manaximning+ hayoti va barcha qilgan ishlari haqida Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 22  Manaxim vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi. O‘rniga o‘g‘li Pakaxiyo shoh bo‘ldi. 23  Yahudo shohi Ozariyo hukmronligining 50- yili, Manaxim o‘g‘li Pakaxiyo Samariyada Isroil ustidan shoh bo‘ldi va ikki yil hukmronlik qildi. 24  U Yahovaning nazarida yomon ishlar qilishda davom etib, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohlaridan qaytmadi+. 25  Uning yordamchisi bo‘lmish Ramaliyoning o‘g‘li Pekax+ unga qarshi fitna uyushtirib, Argob va Orey bilan birgalikda uni Samariyadagi shoh saroyi minorasida o‘ldirdi. U bilan giladlik 50 ta kishi bor edi. Pakaxiyoni o‘ldirgach, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi. 26  Pakaxiyoning hayoti va barcha qilgan ishlari haqida Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 27  Yahudo shohi Ozariyo hukmronligining 52- yili, Ramaliyo o‘g‘li Pekax+ Samariyada Isroil ustidan shoh bo‘lib, 20 yil hukmronlik qildi. 28  U Yahovaning nazarida yomon ishlar qilishda davom etib, Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohlaridan qaytmadi+. 29  Isroil shohi Pekaxning davrida Ossuriya shohi Tiglatpalasar+ bostirib keldi. U Iyxon, Ovil-Bayt-Maxo+, Yonox, Kedesh+, Xazor, Gilad+ va Jalilani, ya’ni butun Naftali+ yurtini bosib oldi. Aholisini esa Ossuriyaga surgun qildi+. 30  Elox o‘g‘li Ho‘sheya+ Ramaliyo o‘g‘li Pekaxga qarshi fitna uyushtirib, uni o‘ldirdi-da, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi. Bu, Uzziyo o‘g‘li Yo‘tom+ hukmronligining 20- yili sodir bo‘ldi. 31  Pekaxning hayoti va barcha qilgan ishlari haqida Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 32  Isroil shohi Ramaliyo o‘g‘li Pekax hukmronligining ikkinchi yili, Yahudo shohi Uzziyo+ o‘g‘li Yo‘tom+ shoh bo‘ldi. 33  U shoh bo‘lganida 25 yoshda edi va Quddusda 16 yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yerusha bo‘lib, Zodo‘xning qizi edi+. 34  U otasi Uzziyo kabi Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qilishda davom etdi+. 35  Biroq tepaliklar yo‘q qilinmadi va xalq o‘sha tepaliklarda qurbonliklar keltirib, ularni kuydirib tutatardi+. Yo‘tom Tangri Yahova uyining yuqori darvozasini qurdi+. 36  Yo‘tomning hayoti va qilgan ishlari haqida Yahudo shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 37  O‘sha kunlarda, Yahova Suriya shohi Ratanni va Ramaliyo o‘g‘li Pekaxni+ Yahudoga qarshi jo‘nata boshladi+. 38  Yo‘tom olamdan o‘tib, ota-bobolariga qo‘shildi va Dovud shahrida, ota-bobolari yoniga dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Oxoz shoh bo‘ldi.

Izohlar

Ya’ni Yorubom II.
Ma’nosi «Yahova yordam berdi». 1Shh 15:13; 2Sl 26:1–23; Isha 6:1 va Zk 14:5 da Uzziyo deb nomlangan.
Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.